139
-
tashkilot haqidagi.
Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud:
-
Aktiv razvedka hujumlari.
Aktiv razvedka
hujumlari asosan
portlarni va operaеsion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning
uchun, hujumchi maxsus dasturiy vositalardan foydalangan holda, turli
paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus dasturiy vosita
router va
tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzillarni to‘plashga yordam
beradi.
Passiv razvedka hujumlari.
Passiv razvedka hujumlari trafik orqali
axborotni to‘plashga harakat qiladi. Buning
uchun hujumchi sniffer deb
nomlanuvchi dasturiy vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi
ko‘plab vositalardan foydalanishi mumkin.
Kirish hujumlari.
Mo‘ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot
to‘planganidan so‘ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan
holda tarmoqqa kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki
tarmoqni
boshqarishga harakat qiladi. Bu turdagi hujumlar kirish hujumlari deb
ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo‘pol kuch hujumi, imtiyozni
orttirish, o‘rtada turgan odam hujumi va
boshqalarni misol sifatida
keltirish mumkin.
Parolga qaratilgan hujumlar.
Parolga qaratilgan hujumlar
nishondagi kompyuter tizimi uchun nazoratni qo‘lga kiritish yoki
ruxsatsiz foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Parolga qaratilgan
hujumlar maxfiy kattaliklarni o‘g‘irlashni maqsad qiladi. Buning uchun
turli usul va vositalardan foydalaniladi. Keng tarqalgan hujumlarga
quyidagilar misol bo‘la oladi:
-
lug‘atga asoslangan hujum;
-
qo‘pol kuch hujumi yoki barcha variantlarni to‘liq tanlash
hujumi;
-
gibrid hujum (lug‘atga va qo‘pol kuch hujumlariga asoslangan);
-
Rainbow jadvali hujumlari (oldindan hisoblangan
keng tarqalgan
parollarning xesh qiymatlari saqlanuvchi jadvallar).
O‘rtada turgan odam hujumi.
O‘rtada turgan odam (Man in the
middle attack, MITM) hujumida hujumchi o‘rnatilgan aloqaga suqilib
kiradi va aloqani uzadi. Bunda nafaqat tomonlar o‘rtasida
almashinadigan ma’lumotlarga, balki, soxta xabarlarni ham yuborish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. MITM hujumi yordamida hujumchi real vaqt
rejimidagi aloqani, so‘zlashuvlarni yoki ma’lumotlar almashinuv
jarayonini boshqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: