Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə135/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

MED1UMTEXT 16 777 215 dan ortiq bo'lmagan simvollami
saqlashi mumkin.
LONGTEXT 4 294 967 295 dan ortiq bo'lmagan simvollami
saqlashi mumkin.
Ko'pinchaTEXT tipi qo'llanadi, lekin ma’lumotlar 65 536 simvol- dan oshmasligiga ishonmasangiz, LONGTEXT tipidan foydalaning.
B in a r т а ’l u m o t la r
Binar ma’lumotlar TEXT formatidagi ma’lumotlaming o'zi, lekin ularda izlashda simvollar registri hisobga olinadi.
TINYBLOB — 255 dan oshmagan simvollami saqlashi mumkin. BLOB 65 535 dan oshmagan simvollami saqlashi mumkin
MEDIUMBLOB — 16 777 215 dan oshmagan simvollami saqlashi mumkin.
LONGBLOB —4 294 967 295 dan oshmagan simvollami saqlashi mumkin.
BLOD — agar o'matilgan ulanish bilan ishlaganda darhol qayta kodlash imkoniyati o'matilgan bo'lsa, ma’lumotlar avtomatik qayta kodlanmaydi.
S a n a va v a q t
MySQL sana va vaqtni har xil formatlarda saqlash uchun mo'ljal­ langan maydonlaming bir necha tiplarini qo'llaydi.
DATE GGGG-M M -DD formatdagi sana. TIME - CHCH:MM:SS formatdagi vaqt.


DATETIME - GGGG-MM-DDCHCH:MM:SS formatdagi sana va vaqt.
TIMESTAM — timestamp formatdagi sana va vaqt. Lekin maydon qiymatini olishda u timestamp formatida emas, GGG-MM-DDCHCH- MM-SS formatda aks etadi, bu esa PHP dan undan foydalanish qiy­ matini ancha kamaytiradi.
M a ’lu m o t la r b a za s in i y a ra t is h M y S Q L ( C R E A T E D A T A B A S E )
Ma’lumotlar bazasi CREATE DATABASE buyrug'i yordamida yara- tiladi.
Buyruq sintaksisi:
CREATE DATABASE database_name
database_name ma’lumotlar bazasiga beriladigan nom.
Keyingi misolda DB_test ma’lumotlar bazasini yaratamiz: CREATE DATABASE DB_test
PHP da ma’lumotlar bazasini yaratish:
$sql=»CREATE DATABASE DB_test>>; mysql_query($sql);
M y S Q L m a ’lu m o t la r b a z a s in i o 'c h ir is h ( D R O P D A T A B A S E )
Ma’lumotlar bazasini o'chirish uchun DROP DATABASE buyru- g'idan foydalaniladi.
Sintaksis:
DROP DATABASE d a ta b a s e _ n a m e
Bu yerda
database_name -o'chirish kerak bo'lgan ma’lumotlar bazasi nomi.
Quyidagi misolda DB_test ma’lumotlar bazasi o'chiriladi: DROP DATABASE DB_test
PHP da ma’lumotlar bazasini o'chirish:
$sql=»DROP DATABASE DB_test»; mysql_query($sql);
USE
Jadvallar bilan ishlash uchun MySQL ga qaysi baza bilan ishlash haqida ma’lumot berish kerak. Bu USE buyrug'i yordamida amalga oshi­ riladi:
USE DB_name;
Bu erda DB name — tanlangan ma’lumotlar bazasi nomi. Yaratil­ gan DB_test bazasini tanlaymiz:
mysql> CREATE DATABASE DB_test; Database changed;
M y S Q L m a ’l u m o t la r b a z a s id a j a d v a l y a ra t is h ( C R E A T E T A B L E )
Jadval yaratish CREATE TABLE buyrug'i orqali amalga oshiriladi.


CREATE TABLE table_name(column_namel type, column_name2 type,...)
table_name yangi jadval nomi;
column_name -yaratilayotgan jadval ustunlari (maydonlari) nom­
lari.
type ustun tipi.
D o‘stlaringiz telefon raqamlari jadvalini yaratish kerak bo'lsin.
Jadval uch ustundan iborat bo‘ladi: do'stingiz ismi-sharifi, adres va telefoni
CREATE TABLE tel_numb(fio text, address text, tel text)
PHP da bu quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
$sql=»CREATE TABLE teI_numb(fio text, address text, tel text)»; mysql_query($sql);
Ma’lumotlar turlariga mos ustunlar bilan bajarish mumkin bo'lgan (yoki taqiqlangan) operatsiyalarni ko'rsatuvchi modifikatorlami ulash mumkin.
n o t n u l l maydon noma’lum qiymatga ega bo'la olmasligini, ya’ni jadvalga yangi yozuv qo'shishda maydon kerakligini (agar ko'zda tutil­ gan qiymat berilmagan bo'lsa) albatta inisializatsiya qilinishi ko'rsatadi. Masalan, bizning telefonlar jadvalimizda do'stimiz ismi-sharifi (maydon fio) va telefoni (maydon tel) maydonlari noma’lum qiymatga
ega bo'la olmasligini ko'rsatish kerak:
CREATE TABLE tel_numb(fio text NOT NULL, address text, tel text NOT NULL)
p r im a ry key maydon birlamchi kalitligini, ya’ni ilova qilish mumkin bo'lgan yozuv identifikatori ekanligini aks ettiradi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text, address text, tel text, PRIMARY KEY (fio))
a u t o jn c r e m e n t — maydonga yangi yozuv qo'shishda maydon unikal qiymat qabul qiladi va jadvalda hech qachon bir xil raqamli maydon­ lar mavjud bo'lmaydi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text AUTO_INCREMENT, address text, tel text)
d e fa u lt maydon uchun ko'zda tutilgan qiymatni aniqlaydi. Agar joylanayotgan yozuvda bu maydon uchun qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, shu qiymat kiritiladi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text, address text DEFAULT ’Ne ukazan', tel text)
S H O W b u y ru q la r


Ma’lumotlar bazasi muvaffaqiyatli yaratilganini tekshirish uchun, kompyuteringizda qanday ma’lumotlar bazasi mavjudligini ko'rsatuv­ chi SHOW DATABASES buyrug'ini bajarish mumkin.
raysql> SHOW DATABASES;
Hamma jadvallar muvaffaqiyatli yaratilganiga ishonch hosil qilish uchun SHOW TABLES buyrug'ini bajaramiz..
Tanlangan jadval hamma ustunlari ro'yxatini quyidagi so'rov yorda­ mida chiqarish mumkin:
mysql> SHOW FIELDS FROM tel_numb;
DESCRIBE
DESCRIBE buyrug'i yaratilgan jadvallar strukturasini ko'rsatadi va quyidagi sintaksisga ega:
DESCRIBE table_name
Bu yerda tablejname strukturasi so'ralayotgan jadval.
D E S C R IB E buyrug'i SQL standartiga kirmaydi va MySQL ichki buyrug'idir.
Keling, quyidagi SQL so'rovni bajarib, forums jadvali struktu­ rasini ko'ramiz:
mysql> DESCRIBE tel_numb;
M y S Q L M a ’lu m o t la r b a za s id a n j a d v a ln i o 'c h ir is h ( D R O P T A B L E ) Jadvalni uchirish uchun DROP TABLE buyrug'idan foydalaniladi DROP TABLE table_name
ta b le _ n a m e o'chirilayotgan jadval nomi.
DROP TABLE tel_numb
PHP da bu quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
$sqI=»DROP TABLE telnumb»; mysql_query($sql);
Jadval xossalarini o'zgartirish: jadvalni qayta nomlash ( A L T E R T A B L E R E N A M E )
Jadvalga yangi nom berish quyidagi konstruksiya yordamida amalga
oshirilishi mumkin:
ALTER TABLE ta b le n a m e _ o ld RENAME ta b le _ n a m e _ n e w

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin