Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə31/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini reja- lashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalami olib boruvchi dasturlar;
— taijimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang'ich matnni ko'rsa- tilgan tilga tarjima qilishga moijallangan dasturlar;
— skaner yordamida o'qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o'zgartiruvchi dasturiy vositalar;
— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydala­ nuvchi orasidagi o'zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va tahrir qilish, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshilarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va hokazolami bajaradi.


3 .2 . Dasturlash texnologiyasi va uning uskunaviy vositalari
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlaming nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlami qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli disklaming paydo boiishi, ma’lumotlar tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlami to‘rt yo'nalish-
ga bo'lish mumkin:


— ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo'nalish kompyuterda o'yinlami (shaxmat, shashka va h.k.), avtomatik taijima qilishni va boshqalami amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug'ullanadi;
— bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo'nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlaming yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlari ma’lum va kichik sohalaming eksperti sifatida tan olinishi va qoilanishi mumkin;
— EHMlaming yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo'nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muam­ molarini o'rganadi;
— intellektual robotlar. Bu yo'nalish oldindan belgilangan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug'ullanadi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quwatli hamda qulay vositalami tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case texnologiyalar kiradi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin