Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə93/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Tasvirning bosma shakldagi o'lchami (Размер печати)
Adobe Photoshop dasturi tasviming printerda chop qilingandagi ko'rinishini chop qilmasdan awal ekranda ko'rish imkonini beradi. Buning uchui) Menyular satrida Изображение menyusi tarkibidagi Размер изображения buyrug'ini tanlanadi. Ammo tasviming ekrandagi ko'rinishi bilan chop etilgandagi o'lchamlari hamma vaqt ham aynan mos tushavermaydi. Tasvir kattaliklari 0,2% dan 16 000%gacha miqdor o'rtasidagi sonlar bilan belgilanadi.
Navigator darchasi bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvimi bir necha marta kattalashtirishga to'g'ri keladi. Tas­ virga kiritilgan o'zgartirishlar sifatli chiqishi uchun amal Навигатор darchasida bajariladi. Навигатор darchasi, asosan, tasvir o'lchamlarini o'zgartirish va tasvimi boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar Навига­ тор darchasi Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgan chog'da ek­ randa mavjud bo'lmasa, uni faollashtirish uchun menyular satrida Окно menyusidagi Показать Навигатор buyrug'ini tanlang.
Action darchasi bilan ishlash
Action darchasi Adobe Photoshop dasturida ishlashni yanada tez- lashtiradi va bir necha tasvir ustida bajariladigan bir xil amallami har safar takrorlashga zaruriyat qoldirmaydi. Adobe Photoshop dasturi- dagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko'p miqdordagi tasvimi tahrir qilishingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so'ng Record tugmasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab, Adobe Photoshop dasturi Sizning tasvir ustida bajargan barcha amallarin- gizni kompyuter xotirasiga ketma-ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan so'ng Action darchasidagi Stop tugmasi bosiladi. Adobe Photoshop dasturi sizning barcha amallaringizni tar- tibli ravishda Action darchasida joylashtiradi. Ushbu amallami boshqa tasvirlarga qo'llash uchun yangi tasvir ochilgandan so'ng Action darchasidagi Выполнение buyrug'ini ishga tushirish lozim. Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda yangi ochilgan tasvirda ham Siz amalga oshirgan amallami hech bir o'zgarishlarsiz bajaradi.



Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin