Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə95/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

TIFF (Tagged Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qo'llaniladi. Lekin TIFF fomiatidagi fayllar kompyuter xotira­ sida ko'p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu format­ dagi tasvirlar bilan ishlashda dastuming ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin.


GIF (Graphics Interchamge Format — grafikni ayirboshlash for­ mati) — ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvir- lanadi. Ular, asosan, Internet tizimida keng qo'llaniladi.
Ranglar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ish­ lash uchun to'rtta asbob ajratilgan:
Основной цвет. Ushbu asbobda qanday rang ko'rsatilgan boisa, Ковш, Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va, shuningdek, Alt klavishi bilan birgalikda qo'llanganda Палец asboblari uchun o'sha rang asosiy hisoblanadi. Основной цвет asbobidagi rang Пипетка yoki ushbu asbob ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o'zgartiriladi.
Цвет фона. Ko'rsatilgan rang Ластик asbobi bilan ishlaganda qo'llaniladi. Цвет фона asbobidagi rang Основной цвет asbobida rangni o'zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo'lsa, bunda ham xuddi o'sha amalni bajarish lozim yoki Pipetka asbobi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
Переключение цветов. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o'rin almashadi.
Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish asosiy rang va fon rangini standart ranglar — qora va oq rangga almashtiradi.
Ranglarni tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham foydalanish mumkin.
RGB (Red, Green, Blue-qizil, ko'k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli 16 million rangning barchasini monitorda aks ettiradi. RGB ranglar majmuasi bilan ish- langan barcha tasvirlami xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchra- maydi.
CMYK — tabiatda mavjud boigan ranglar majmuasi. Quyosh nurlari inson ko'zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o'zida mujas- samlashtirgan. Quyosh nurlari biror jismga tushganda, inson ko'zlari uning ta’siri ostida jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning o't o'chirish burchaklariga osib qo'yilgan o't o'chirgich- lar to'q ko'k va zangori ranglar bilan bo'yalgan bo'lishiga qaramay, bizning ko'zimizga to'q qizil rangda ko'rinadi. Ranglarning bir-biriga qo'shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
С — havorang;


М — binafsharang; Y — sariq rang;
К — qora rang.
Bosma mashinalar va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan ranglaming kombinatsiyasidan foydalangan holda toia tasvirni ifodalaydi. RGB ranglar majmuasida oq rang uchala rangning maksimal ara- lashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi oiaroq olinadi. CMYK ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish uchun buning aksini bajarish lozim.- Ya’ni to‘rt rangning minimal qo'shilishidan oq rang hosil bo'ladi. Qora rang esa alohida
kanalda mavjud.
RGB ranglar majmuyi keng koiamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ulaming ko'p qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvimi chop ctganda monitordagidan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko'plab mutaxas­ sislar tasvimi chop etishdan awal uni CMYK sistemasiga o'tkaza- dilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklami tug'diradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri — kompyuter juda sekin ishlashi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan bo'lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo'shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga mo'ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB sistemasida ishlaydi. Shuning uchun, yaxshisi, tasvimi chop etishdan awal CMYK sistemasiga o'tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallami poyoniga yetkazib, menyular satrida ИЖОБРАЖЕНИЕ — Настройка tarkibidagi SMYK buyrug'ini tanlang.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin