Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə129/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

MBBS alohida olingan modullardan tashkil topgan.
MB boshqarish bloki disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuv­ chi dasturi va sistemaning so'rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi.
Fayl menedjeri ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o'rtasidagi bogianishni boshqaradi.
Guery-protsessor ingliz tilida yozilgan guery so'rovlarni MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga o'tkazadi.
Prekompilyator DML(Data Manipulation Language) ma’lu- motlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo'lib, u quyidagi ope- ratsiyalarga javob beradi:
1. MBdan maiumotlami ajratib olish;
2. MBga maiumotlami kiritish;
3. MBdan maiumotlami olib tashlash;
4. MBni modifikatsiya qilish (o'zgartirish).
Kompilyator DDL(Data Definition Language) MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ко'pincha jadval shaklida bo'ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBSlar asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi eng ommalashgan dasturiy vo- sitalarga ega, bu dasturmy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MBlar


bilan ishlashga moijallangan Microsoft Access dasturi boiib, u Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal boigan hujjatlar tayyorlashda yordam beradi.
Microsoft Office ning o‘zbek tilidagi varianti yo'qligi, uning faqat ingliz va rus tilida yaratilgan versiyalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimiz tufayli mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha versiyasiga tayanib yozilgan. Microsoft Access dasturi ham relyatsion modellar asosiga qurilgan boiib, unda tashkil qilinadigan MBlar jadval ko‘rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon maiumotlami tashkil etishning oddiy birligi boiib, maiumotning alohida, boiinmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi. Yozuv mantiqiy bogiangan rekvizitlarga mos keluvchi maydon-
lar yigindisi. Yozuvning tuzilishi o‘z tarkibiga mos har bir oddiy ma’- lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi.
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi boiib, quyida­ gi parametrlar bilan ifodalanadi:
uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib, baytlarda oichanadi);
nomi (maydonning o‘ziga xos alohida xususiyati);
подпись imzo (ustun sarlavhasi haqida maiumot).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga boiinadi:
1. Matnli maydon.
2. Sonli maydon.
3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon.
4. Mantiqiy maydon (1 yoki 0; ha yoki yo'q; rost yoki yolg‘on kabi mantiqiy birliklar bilan ifodalanadi).
5. Pul birliklarida ifodalangan maydon (raqamlar pul birliklari bilan birgalikda ifodalanadi).
6 . OLE maydoni (shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar vavideo-
yozuvlar shaklida ifodalanadi).
7. MEMO maydoni — matn uzunligi 256 simvoldan uzun boigan maydonda faqat matnning qayerdaligini ifodalovchi ko‘rsatkich turadi. Bu holda har bir maydonda 65 535 simvol saqlanishi mumkin.
8 . Schyotchik (hisoblagich) maydoni — maydonda turgan ifoda av­ tomatik ravishda sanalib o‘zgaradi.
Endi, keng foydalanuvchilar ommasi uchun moijallangan va eng qulay boigan relyatsion MBni tashkil qilish haqida biroz to‘xtalib o ‘tamiz.


9.2. SQL tili.
Webga mo'ljallangan ma’lumotlar ombori


Ma’lumotlar bazasi dunyosi tobora yagona boiib bor-
/ I moqda. Bu jarayon har xil kompyuter muhitlarida faoliyat I I ko‘rsatuvchi axborot tizimlarini hosil qilishda qo'llanuvchi k-— yagona standart til yaratishni talab qildi. Buyruqlar to'pla- mini bilgan foydalanuvchilarga standart til, ular shaxsiy kompyuter tarmoq ishchi stansiyasida yoki katta EHM da ishlashidan qat'i nazar, maiumot yaratish, izlash va uzatishga imkon beradi.
SQL (Structured Query Language, odatda «sikvel» deyiladi), ma’nosi — Tarkiblangan so'rovlar tili. Bu relyatsion Ma’lumotlar bazalarida ishlashga imkon beradigan tildir. Bu til ifodalarining xu­ susiyati shundan iboratki, ular M aium otlam i qayta ishlash protse- duralariga emas, natijalariga yo‘naltirilgandir. SQL o ‘zi m aium ot- lar qayerda joylashgani, indekslar qandayligini va, hatto, amallami qanday izchillikda qoilasa boiishini aniqlaydi; bu tafsilotlarni ma’­ lumotlar bazasiga so‘rovlarda ko'rsatish kerak emas.
SQL tili IBM kompaniyasida MBBT DB2 yaratish jarayonida ishlab chiqilgan va keng koiamda RISC protsessorli mashinalarda UNIX tizimlar asosida hamda meynfreymlarda, superkompyuterlar asosida qurilgan katta hisoblash tizimlarida qoilanilgan. Shu bilan birga, u mustaqil boimasdan, PL/SQL va Transact-SQL kabi ichki dasturlash tillariga inkapsulyatsiya qilinadi. 1986-yilda, ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining rasmiy standartini ishlab chiqdi, 1992- yilda bu standart kengaytirildi. Butun til 30 ga yaqin operatorlarga ega boiib, ba’zi versiyalarida sal ko'proq, ba’zilarida sal kamroqdir. Har qanday MB har xil obyektlarga, ya’ni jadvallar, protseduralar, funksiyalar, tasawurlar, ketma-ketliklar va hokazolarga ega.
«Kliyent-Server» texnologiyasiga ko'ra, foydalanuvchi EHM (Kliyent) lar so'rovlari maxsus Ma’lumotlar serverlarida (Server) qayta ishlanadi, foydalanuvchi EHM larga faqat so'rovni qayta ishlash natijalari qaytariladi.
Tabiiyki, Server bilan muloqot qilish uchun yagona til kerak va bunday til sifatida SQL tanlangan. Shuning uchun hamma zamonaviy relyatsion MBBT versiyalarida (DB2, Oracle, Ingres, Informix, Sybase, Progress, Rdb) va, hattoki, norelyatsion MBBT versiyalarida (masa­ lan, Adabas) «Klient-Server» texnologiyasi va SQL tilidan foydalani­ ladi.


SQL tilida ma’lumotlami jadval ko'rinishda tasvirlashga yo'naltiril­ gan amallar konsepsiyasi ko'p bo'lmagan (30 dan kam) ifodalardan iborat kompakt til yaratishga imkon berdi.
Ikki xil: Interaktiv va Joylashtirilgan SQL mavjud. Ko'p hollarda ikkala forma bir xil ishlaydi, lekin ikki xil foydalaniladi.
Interaktiv SQL Ma’lumotlar bazasining o'zida faoliyat ko'rsatadi va buyurtmachi foydalanishi uchun chiqish hosil qilishda ishlatiladi. SQLning bu formasida siz buyruq kiritsangiz, u darrov bajariladi va darhol natijani(agar u mavjud bo'lsa) ko'rishingiz mumkin.
Joylashtirilgan SQL boshqa tilda yaratilgan dasturga joylashtirilgan SQL buyruqlardan iborat.
SQLning interaktiv va joylashtirilgan formalarida ko'p sonli guruhlar yoki subboiimlar mavjud. Ular ANSI tomonidan e’tiborga olingan va konseptual darajada foydali, lekin ko'pchilik SQL dasturlar ulami alohida qayta ishlamaydi, shuning uchun ular aslida SQL buyruqlarining funksional kategoriyalaridir.
DDL (Ma’lumotlami Ta’riflash Tili) — ANSI da sxemani ta’riflash tili, obyektlami (jadvallar, indekslar, tasawurlar va hokazo) yaratuvchi buyruqlardan iborat.
DSL (Ma’lumotlarni O'zgartirish Tili) — bu jadvallarda qanday qiymatlar saqlanishini istalgan daqiqada aniqlovchi buyruqlar majmuasi.
DCL (Ma’lumotlami Boshqarish Tili) foydalanuvchiga maium obyektlar ustida maium ta’sir o'tkazishga ruxsat berish yoki bermas- likni aniqlovchi vositalardan iborat.
SQL Standarti ANSI tomonidan aniqlangan va hozir ИСО (Stan- dartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot) tomonidan qabul qilingan. Lekin kommersial Ma’lumotlar bazalari dasturlari ANSI ni ogohlan- tirmasdan SQL ni kengaytiradilar, ya’ni o'zlari foydali deb hisoblagan har xil xossalami qo'shadilar.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin