Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə128/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga boiinadilar:
foydalanuvchi-dastur tuzuvchi,
sistemali dastur tuzuvchi,
ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBS uchun yozgan dasturiga javob beradi, sistemali dastur tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBS quyidagicha tavsiflanadi:
• Ispolnimost — Bajarilishlik, foydalanuvchi so'roviga hoziijavoblik bilan muloqotga kirishish.
• Minimalnaya povtoryayemost — Minimal takrorlanishlik. MBda- gi maiumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda maiumot­
lami izlash susayadi.
Yaxlitlik — axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bogiiqlikni asragan holda bo'lishi ayni muddao.
• Bezopasnost — Xavfsizlik. MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli
himoya qilingan bo'lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina maiumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin.
• Migratsiya ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan
tez ishlatib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni eng ko'p ishlatiladigan maiumotlarga murojaat qilish qulay boiadigan tarzda tashkil qilish kerak.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo'yicha tavsiflanadi:
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining tipi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
3. Butunlikning cheklanganligi.


Bu xususiyatlami e'tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi model - lari quyidagi turlarga boiinadi:
Daraxtsimon (iyerarxik) modellar.
Tarmoqli (to‘rli) modellar.
Relyatsion modellar.
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar bazasi modella- rining faqat yuqorida qayd qilingan modeli mavjud, deyish noto'g'ri. Chunki bulardan tashqari yana ma’lumotlar bazasining binar munosa­ batlar modeli, ER — modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlab ta’kidlangan 3 turdagi mo­ dellar ko'proq qoilanib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Daraxtsimon (iyerarxik) modelda obyektlar yozuvlar ko‘rinishida ifodalanadi.
Iyerarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bogiangan boisa, un­ day ma’lumotlar tarmoqli (to‘rli) modelda ifodalangan, deyiladi. Tarmoqli modellarda ham obyektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Obyektlaming o'zaro aloqalari yozuv­ lar o'rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion modellarda esa obyektlar va ularning o'zaro aloqalari ikki o'lchovli jadval ko'rinishida tasvirlanadi. Maiumotlarning bunday ko'rinishda tasvirlanishi obyektlaming o'zaro aloqalari yaqqol tasvirlanishiga asos bo'ladi.
MBBS arxitekturasi.
MBBS lokal (ikki bo'g'inli) yoki taqsimlangan (ko'p bo'g'inli) arxitekturaga ega bo'lishi mumkin. 71-rasmda lokal arxitekturali MBBS keltirilgan boiib, unda MB, MB ning lokal serveri va MBBS ning (mijoz) dasturi bitta kompyuterga o'rnatiladi. Bunda MB ning lokal serveri mijoz dasturdan olingan so'rovlarni MB ustida bajaradi va nati­ jani mijoz dasturga uzatadi. Shuni aytish lozimki, mijoz dasturi va MB ning lokal serveri maium kompyuter texnologiyalari (ADO, VDE va h.k.) asosida bogiangandir. 72-rasmda esa taqsimlangan (uch bo'g'inli) MBBS ning arxitekturasi keltirilgan bo'lib, bunda MB va MB ning SQL serveri, ilovalar serverlari, Borland Socket Server yoki Apache hamda mijoz dasturlar tarmoqdagi turli kompyuterlarga o'matilgan boiadi. Bunda mijoz dasturlar tegishli ilovalar serverlariga Borland Socket Server yoki Apache orqali murojaat etadilar.Odatda, lokal va taqsimlangan MBBS lar mavjud bo'lib, lokal MBBS strukturasi 71-rasmdagidek bo'ladi.


Г \


K J
MB
\ J


Mijoz dasturi yadrosi Mijoz dasturi interfeysi
71-rasm. Lokal arxitekturali MBBS
TADOConnection sinfiga tegishli obyekt MBning lokal server va u orqali mos ravishda ma’lumotlar bazasi bilan bogianadi. Bunda MBning lokal serveri bilan bog'lanish drayveri va MBning joylashgan o'm i ko'rsatiladi hamda natijada TADOConnection sinfiga tegishli obyekt uchun ADOConnection. Connected:=true sharti bajariladi.
TADOTable sinfiga tegishli obyekt TADOConnection orqali MB ning jadvali bilan bogianadi. Natijada, TADOTable sinfiga tegishli obyekt tanlangan jadvalning strukturasini qabul qiladi. Agarda TADOTable sinfiga tegishli obyekt faollashtirilsa, ya’ni ADOTable. Active:=true yoki ADOTable. Open metodi bajarilsa, MB ning jadva- lidagi barcha yozuvlar ADOTable ga yoziladi.
TDataSource sinfiga tegishli obyekt TADOTable sinfiga tegishli obyektda saqlanuvchi maiumotlami vizuallashtirish uchun xizmat qiladi, ya’ni DataSource obyekti orkali VCL kutubxonasining Datacontrols boiimiga tegishli vizual obyektlar bilan ADOTable da joylashgan maiumotlami bogiaydi. Masalan, Datacontrols boiimiga tegishli DBG RID vizual obyektining Dataset xususiyati DataSource ga teng, deb olish kerak.
Tegishli ilovalar serverlari Borland Socket Server yoki Apache to­ monidan ro'yxatga olinadi va ularga mos ravishda portlar ajratiladi. Bun­ da berilgan mijoz dasturdan kelayotgan so'rovni mos portga joylashti­ rish, agar so'rovlar bir vaqtda ro'y bersa, ulami tartiblash vazifasi Borland Socket Server yoki Apache serverlariga yuklatilgandir. Mos so'rovni qabul qilib olgan ilova serveri bu so'rovni SQL serverga uzatadi va ushbu server, o‘z navbatida, bu so'rovni MB ustida bajarib natijani ilova serveriga, u esa o'z navbatida, Borland Socket Server orqali mos


mijoz dasturga uzatadi. Ushbu bog‘lanishlar zamonaviy kompyuter texnologiyalari, xususan Datasnop texnologiyasi asosida bajarilgan. Ko'p bo'g'inli dasturlar ikki bo'g'inli dasturlarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Masalan, ko'p bo'g'inli dasturlarda SQL serverlarga tushadigan og'irlik bir qancha kam, MB himoyalash vositalari esa ancha mukammaldir.
Quyida taqsimlangan MBBS ning strukturasi keltirilgan


72-rasm. Taqsimlangan MBBS strukturasi


Bunda ilovalar serverining yadrosini TRemote Data Module sinfiga tegishli novizual forma tashkil etadi. Ushbu formaga TADOConnection, TADOQuery va TDatasetprovider sinflariga tegishli obyektlar joylashtiriladi. TADOConnection sinfining vazifasi yuqorida keltirilgan. Shu bilan birga, TADOQuery sinfiga tegishli obyekt TADOTable kabi xususiyatlarga ega bo'lib, unda TADOTable dan farqli ravishda, mijoz


tomonidan yuborilgan so'rovning shartlariga mos keluvchi yozuvlar saqlanadi. TDatasetprovider sinfiga tegishli obyekt TADOQuery da saqlanuvchi m aium otlam i mijoz dasturi tomonidan o ‘rnatilgan TClientdataset obyekti bilan bogiash uchun ishlatiladi.
Mijoz dastuming yadrosi TData Module sinfiga tegishli obyektdan tashkil topgan boiib, unda TClientdataset va TdataSource obyektlari joylashtiriladi. Bunda TClientdataset sinfiga tegishli obyekt TDatasetprovider obyekti orqali TADOQuery bilan bogianadi. Yuqorida aytilganidek, DataSource obyekti orqali VCL kutubxonasining Datacontrols boiimiga tegishli vizual obyektlar bilan TClientdataset sinfiga tegishli obyektda joylashgan ma’lumotlar bogianadi.
Shuni ta ’kidlash joizk i, agar T C lientdataset ga m os TDatasetprovider tomonidan maxsus imkoniyatlar (yozuvlarni o'zgartirish, tahrirlash, o'chirish va hokazo) berilgan boim asa, foydalanuvchi vizual ravishda TClientdataset obyektidagi ma’lumotlar bilan passiv ravishda ishlaydi. Bu esa taqsimlangan MBBSning samaraliligi va ishonchliligining yaqqol dalildir.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin