Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə133/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Misol:
Select Name, sum(Los) from factory
where Salary>avr(Salary);
Bunday hollarda kompyuter xabar beradi:
set function not allowed here va avr funksiyasiga ishora qiladi. Darajaga ko'tarish va absolyut qiymatini hisoblash uchun SQR quyi­
dagi funksiyalami nazarda tutadi.
6 . POWER (m,n) funksiya «m» sonini «n» darajaga ko'taradi.
7. SQRT(N) «n» sonidan kvadrat ildiz hisoblaydi.
8 . ABS(n) «n» ning absolyut qiymatini hisoblaydi;
b ) s a t r li fu n k s iy a la r . Bu funksiyalarning argumenti satrdan iborat bo'ladi. Sonli funksiyalardan farq qilgan holda, satrlilar butun ustun bilan emas, balki faqat aniq matn matnli miqdor bilan bog'langan.
Satrli funksiyaning ishi natijasi yoki son yoxud satrli miqdor bo'ladi.
Bizningcha, satrli funksiyalarning barchasini keltirish maqsadga muvofiq boimas edi. Chunki ular kamdan kam qo'llanadi.
9. LOWER (char) — dastlab bosh harflar bilan berilgan char satrli iborasi kichik harflar bilan bosiladi.
Misol:
select LOWER ('factory’)'lower' from can; Bosmaga chiqariiganda quyidagi hosil bo'ladi: lower


factory;
10. UPPER (char) satrli ibora bosmaga bosh harflar bilan bosiladi.
11. LENGTH (char) satrli miqdorda belgilar (simvol) yig'indisi­ ni hisoblaydi.
Misol:
select Name, length (Name) from factory;
where LOS>=14
Natijada ekranda quyidagilar hosil bo'ladi:
Name Length (Name)
Rustam B. 9
Erkin J. 8
Barot B. 8
Belgilarni hisoblashda mashina oraliq va nuqtalami hisobga oladi.
12. SUBSTR (char.m[,n)) — «n» uzunlikdagi «m» li pozitsiya (o'rin) dan boshlab o'zgaruvchanni bosib chiqaradi. Agar «n» tushirib qoldi- rilsa, satrli o'zgaruvchan «m»li pozitsiyadan boshlab oxirigacha bosib chiqariladi.
Misol:
select substr ('factory1, 3, 4') 'substring' from can;
Bosmaga quyidagi chiqadi:
subring ctor
13. TO CHAR (n[,fmt])
Berilgan funksiya «number» turini «char» turiga o'zgartiradi. fmt — son bo'lishi kerak. Agar fmt tushib qolgan bo'lsa, mashina satrli o'zgaruvchanning formatidan foydalanadi.
Misol:
to char (234567, '$ 78,4567') 'char' from can;
Natijada ekranda quyidagilar hosil bo'ladi:
char
$ 23,4567.
M a’lumotlarni tartibga solish. Awalgi bo'limlarda ma’lumotlar bazasidan xabar olish usullari ko'rsatilgan edi. Quyida natijalami tartiblash usullari beriladi. Natijalami xillarga ajratishda SQL da quyidagi operatorlar nazarda tutilgan.
GROUPBY operatori ma’lumotlami guruhga ajratishga imkoniyat yaratadi:


a) agar sonli ma’lumot bo'lsa, o'sish tartibida;
b) agar ma’lumot bo'lsa, alifbo tartibida.
Quyidagi ikki misol ma’lumotlarni (yuqoridagicha) guruhlarga ajra­ tish usullarini tasvirlaydi:
select Los, Name from factory
group by Los, Name;
Natijada quyidagi jadvalga ega bo'linadi:
Los Name
1 Jane S.
4 Edvin E.
4 Maria G.
5 Bianca A.
va h.k.
Jadvalda ma’lumotlarni guruhlarga ajratish LOS va NAME parametr- lari bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda kompyuter ma’lumotlami LOS parametri bo'yicha guruhga ajratadi, chunki u birinchi bo'lib ko'rsatil­ gan. Agar ikki satrda LOS parametrlari mos tushsa, bunday holda ma’lumotlarni guruhga ajratish NAME parametri bo'yicha amalga oshiriladi.
Misol:
select Name, Los from factory
group by Name, Los; Natijada:
Name Los
Barot B. 21
Bianca A. 5
Clint E. 5
Dolly S. 14
va h.k.
Bu misolda ma’lumotlarni tartiblash satrli o'zgaruvchan NAME bo'yicha alifbo tartibida amalga oshiriladi.
AVR, SUM , MAX, C O U N T turidagi sonli funksiyalarni GROUPBY dan keyin qo'llash mumkin emasligini e'tiborga olish zurur, chunki ular yagona natija beradi va GROUPBY o'z mazmunini yo'qotadi. GROUPBY operatori WHERE shartini qo'llashga imkon yaratadi.
Masalan:
select Name, Salary from factory
where Salary>=2350


group by Name;
Natijada quyidagilarga ega bo'lamiz:
Name Salary
Clint E. 2400
Joan A. 2550
Paulina T. 2400
Robert R. 2470
Rustam B. 2700.
Berilgan misolda mashina awal Salary>=2350 shartiga bo'ysungan ma’lumotlarni tanlaydi, so'ngra ma’lumotlami alifbo tartibida guruh­ larga kiritadi.
Having operatori aniq bir shart bo'yicha tanlangan ma’lumotlar- ning faqat bir qismini tartiblash imkonini beradi.
Having sharti doimo group by bilan birga qo'llaniladi va Select operatoridagi Where sharti kabi bir xil ahamiyat kasb etadi.
Misol:
select Name, Los, Dept from factory
group by Dept, Los, Name having Los >8,5.
Kompyuter «factory» ning ma’lumotlarini, shu bilan birga faqat Los>8,5 shartiga monand ma’lumotlami guruhga ajratadi. Bunda guruh­ ga ajratish quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Awal Dept nomi bilan bo'lgan ustunlar ajratiladi. Agar Deptda bir xil nomlar holati bo'lib qolsa, guruhga ajratish Los sonli o'zgaruvchan bo'yicha amalga oshiriladi. Dept va Los ning birinchi ikkita natijasi mos tushgan holdagina guruhga ajratish Name parametri bo'yicha amalga oshiriladi


9.3. My SQL tili asoslari


Quyida qanday qilib mijoz dasturi MySQL ga ulanishini ko'rib chiqamiz. Bu dastur yordamida MySQL-serverga ula­ nish, SQL-so'rovlarni bajarish va shu so'rovlar natijalarini ko'rib chiqish mumkin. Bu qismni o'rganish uchun komp- yuteringizda utilita MySQL o'matilgan va MySQL serveri
bilan bog'langan bo'lishi kerak.
MySQL serveriga MySQL dasturi yordamida bog'lanish uchun foy­ dalanuvchi nomini va, odatda, parol kiritish lozim. Agar server va mijoz har xil mashinalarda joylashgan bo'lsa, MySQL serveri ishga tushirilgan xost nomini ko'rsatish lozim:


shell> mysql -h host -u user -p
Shundan so'ng ekranda Enter password: so'rovi paydo bo'ladi va siz o'z parolingizni kiritishingiz kerak bo'ladi. Agar ulanish to'g'ri amalga oshgan bo'lsa, ekranda quyidagi ma’lumot va buyruq satri belgisi pay­ do bo'ladi: MySQL>:
Welcome to the MySQL monitor. Commands end with ; or \g. Your MySQL connection id is 459 to server version:
Type ’help’ for help. mysql >
MySQL> belgisining paydo bo'lishi MySQL dasturi ishga tayyorli- gini bildiradi.
Serverdan istagan paytda QUIT buyrug'ini terib, uzilish mumkin:
mysql> QUIT
Be
Izoh: odatda MySQL lokal mashinaga yangi o'matilgan bo'lsa, mu­ rojaat parol va xost kiritilmasdan, buyruq qatoriga MySQL buyrug'i kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi. Serverga ulangandan so'ng buyruqlar sintaksisini o'rganish uchun bir necha sodda so'rovlar berishingiz mumkin. Hali hech qanday ma’lumotlar bazasi tanlanmagani uchun quyida keltirilgan so'rovlar umumiy xarakterga ega bo'ladi.
Quyida serverdan versiyasi va vaqtini so'raydigan sodda buyrug'i keltiramiz:
mysql> SELECT VERSION(), CURRENT_DATE;
MySQL ning bu so’rovga javobi quyidagi jadvaldan iboratning bu so'rovga javobi quyidagi jadvaldan iborat:
+ ----------------------- + ----------------------------------+
Iversion() Icurrent_date |
+ ----------------------- + --------------------------------- +
1 row in set (0 . 0 2 sec)
Bu so'rovni bajarish misolida MySQL bilan ishlashning asosiy xusu­ siyatlarini ko'rish mumkin:
serverga yuborilayotgan buyruq, odatda, SQL-ifodadan iborat bo'lib, ketidan nuqtali vergul keladi. Bu qoidadan chekinish ham bor, masalan, QUIT buyrug'idan so'ng nuqta vergul qo'yilmaydi;
MySQL so'rov natijasini jadval shaklida chiqaradi;
so'rov natijalaridan iborat jadvalni chiqargandan so'ng, MySQL qaytarilgan satrlar soni va so'rov bajarish vaqtini ko'rsatadi. Bu qulay, chunki u server unumdorligini va so'rov bajarish samaradorligini baholashga imkon beradi;


so'rov natijalari va bajarilish vaqtini chiqargandan so'ng, MySQL yangi MySQL> satrni chiqaradi, bu esa yangi buyruqlami bajarishga tayyorligini ko'rsatadi.
MySQL buyruqlari registrga bog'liq emas, shuning uchun quyidagi so'rovlar bir xildir:
mysql> select version(), current_date;
mysql> SELECT VERSION(), CURRENT_DATE;
mysql> Select Version(), Surrent_DATE;
MySQL bir satrga bir necha buyruqlami joylashtirishga imkon beradi, lekin ular har biri nuqtali veigul bilan tugashi kerak. Masalan:
mysql> SELECT VERSION(); SELECT NOW();

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin