Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə78/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o'z nomi va ishchi guruhiga ega bo'lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo'natish).
INTERNET
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3 turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN — Local Area Network) — bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar);
mintaqaviy kompyuter tarmog'i — bir-biridan ancha uzoqda joy­ lashgan kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bolaydi. U katta shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonent- lami o'z ichiga olishi mumkin;
global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi kptarmoqli iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
Hozirgi kunda dunyoda ko'plab kompyuter tarmoqlari ishlab tu- ribdi. Dastlabki kompyuter tarmog'i — ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network) AQSHning mudofaa vazirligi tomoni­ dan 1969-yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik boshqa KTlar bilan birlashtirilib, INTERNETning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. INTERNET — international network — yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'i. Internet xiz- mati «internet provayderlari» yordamida aloqa kanallari telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foy­ dalanish orqali amalga oshiriladi. Hozir Intemetga dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridagi milhonlab kompyuterlar ulangan. Har oyda tarmoq miqdori 7—10% ga ortib bormoqda. Intemetdan foydalanuv-


chilaming soni 2002-yil sentabriga kelib 605,6 mln.ga yetdi. Eng ko'p foydalanuvchilar Yevropada — 190,91 mln.kishi. Lekin so‘nggi paytda Osiyo — Tinch okean regioni mamlakatlarida foydalanuvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Hozir ular 187,24 mln. kishini tashkil qiladi. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq alohida tarmoqlami bog'- laydi. Ular turli zamonaviy axborotlami taklif etib kelmoqdalar. Masalan, Nyu-York fond biijasi aksiyalari kotirovkasini Massachusets texnologiya institutida ko‘rib chiqish mumkin. Usenet sistemasi yorda­ mida global muammolami bahslashib, muhokama qilish mumkin. Yahoo yoki Yandex izlash sistemasi orqali Sizga kerakli axborot tez va soz topiladi. Masalan, oddiy tovarlar narxidan boshlab, teatr repertuarigacha axborot olish mumkin. Internet tarmog'i orqali bugungi kunda kundalik ro'zg'or xaridlari amalga oshirilmoqda.
Elektron nashr, kutubxona sistemalari esa juda ommaviylashib ketdi. Ular yirik kutubxona va nashriyotlami o'zaro bog'laydi. Biroq elektron pochta eng ko'p ommalashdi. Bu sistema bir zumda dunyoning xohlagan burchagiga xabar yetkaza oladi.
Intranet — internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol- lari asosida tashkil etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'i.


6 .3 . WWWda axborotlarga kirish, izlash, WWWga axborotlami joylashtirish.
IRC, ICQ (Internetda muloqot)
Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:
WWW grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko'rish va topish;
telnet kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp fayllarni uzatish;
e-mail xabarlami uzatish;
usenet elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher matnli hujjatlarni ko'rish va topish.
WWW — Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar ombori kutubxonaga aylanib qoldi


va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati — bu Intemetning ko‘p tarmoqli xizmatlaridan biridir.
World Wide Web — Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan millionlab elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar (пространство Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-страницы) deb yuritiladi. Web-sahifalaming ma’lum mavzuga birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki Web-sayt yoxud oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib boshqa­ rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi robotlami masofadan
turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. Shu narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki,
«server» deganda maxsus ajratilgan kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta’minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Inter­ netda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazi- fasini bajarishi mumkin.
Pochtali serverlar mijozlardan ma’lumotlar oladi va ulami adresli serverlarga zanjir bo'ylab uzatadi. Ular adresli serverlar bilan aloqa bog'laganda avtomatik ravishda ma’lumotlar adresli kompyuterga uzatiladi.
Pochta xizmati SMTP va POP3 ko'rinishidagi ikkita amaliy pro- tokolga asoslangan. Birinchi protokol yordamida axborot kompyuter- dan serverga uzatiladi, ikkinchisi orqali qabul qilinadi. Kliyentning har xil ko'rinishdagi elektron pochtali dasturlari mavjud. Masalan,


Windows98 operasion sistemasida ishlaydigan Microsoft Outlook Express va bundan kuchliroq bo'lgan Microsoft Outlook 2000 elektron pochta xizmati hamda boshqa ish yuritish vositalariga ega bo'lgan dasturlar ham mavjud.
Tarqatish ro‘yxatlari (Spiski rassilki) (Mail List). Odatda, elek­ tron pochta ikkita hamkoming o'zaro aloqasini ta’minlovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Agar xabar uzatilayotgan hamkor bo'lmasa, u holda ma’lumotlar oqimining adresi tarqatish ro'yxatiga kiritiladi. Bu maxsus mavzuli serverlar bo'lib, ular aniq bir mavzu bo'yicha ma’lumotlarni yig'adi va obunachilarga ushbu ma’lumotlami elektron aloqa xizmatining xabari tariqasida jo'natadi.
Tarqatish ro'yxatining mavzusi ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Masa­ lan, chet tilini o'rganish, ilmiy-texnik sharh, hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari haqidagi ma’lumotlar.
Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qayta jo'natilmaydi. Har kuni dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan. Hozirgi vaqtda dunyoda yangiliklar mavzularining 50000 ga yaqin guruhi mavjud. Yangiliklar guruhidan foydalanishning asosiy ma’nosi shundaki, butun dunyo bo'yicha shu sohaga taalluqli mutaxassislarga murojaat qilib savol berish va kerakli javobni yoki maslahatni olish mumkin. Bu yerda, albatta, shu narsaga e'tibor berish lozimki, berilayotgan savolning mazmuni telekonfe- rensiyaning mavzusiga taalluqli bo'lishi kerak. Ko'pgina yuqori malakali mutaxassislar (konstruktorlar, muhandislar, olimlar, vrachlar, peda- goglar, huquqshunoslar, yozuvchilar, dasturlovchilar va boshqalar) doimiy ravishda o'zlariga taalluqli telekonferensiya mavzularini ko'rib boradilar. Bunday ko'rinishda ma’lumotlami olish ma’lumotlar mo- nitoringini tashkil qilish deyiladi. Yangiliklar guruhidagi katta hajm-



Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin