Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə79/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

dagi xabarlar monitoringini tashkil qilish masalani murakkablashtirib yuboradi. Shu sababli ayrim guruhlarda keraksiz ma’lumotlami, ya’ni telekonferensiyaga aloqasi bo'lmagan ma’lumotlarni tushirib qoldirish imkoniyati mavjud. Bunday konferensiyalami moderatsiyalanuvchan deb yuritiladi. Moderator sifatida mas’ul kishi yoki ma’lum bir kalit so'zlar bilan filtr qiladigan maxsus dastur ishlatilatishi mumkin. Bu holni avtomatli moderatsiya (автоматическая модерация) deyiladi. Telekonferensiyalar xizmati bilan ishlash uchun mijozlarga mo'ljal­ langan maxsus dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Outlook Express telekonferensiyalar xizmati bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur bilan ishlash uchun elektron aloqa xizmati kabi uning kerakli parametrlarini yuklash va yangiliklar guruhi (группа новостей)
serveri bilan o'zaro aloqani ta’minlash kerak.
Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish va uzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu- motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga zaruriyat tug'iladi.
FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda arxiv ko'rinishidagi ma’lumotlar saqlanadi.
FTP protokoli server va mijozlar o'rtasidagi ikkita TCP qo'shil- malar (соединения) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda, kommersiyali serverlar va chegaralangan serverlar o'zlarida qayd etilgan kliyentlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bogiiq parolni kiritishni talab qiladi. Ammo o'n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko'rinishda o'zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so'zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi.
IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay­ nida bir nechta kishilami o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ayrim hollarda IRC xizmatini chat- konferensiya yoki oddiy chat deb ham aytadilar. Telekoferensiyalardan farqli o'laroq, chat-konferensiyalarda muloqot bitta aloqa kanali doirasida amalga oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi mumkin. IRC servisini qoilab-quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay­ digan bir qancha imtiyozli mijozli dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan biri mIRC.exe dasturidir.


ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda) ulangan kishi­ ning IP-tarmoqdagi adresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga zaruriyat tug'ilgan. Bu xizmatdan foydalanish uchun uning markaziy serverida qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer UIN (Universal Internet Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu holda ICQ xizmat Intemet-peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi bilgan holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na- tish mumkin.
FTR (File Tgansfeg Rgotosol — fayllami uzatish qaydnomasi) qaydnoma ma’lumotlar almashish xizmatidir. Bu xizmat orqali har bir foydalanuvchi o'z kompyuterida mavjud FTR dasturdan foyda­ lanib, uzoqdagi FTR server kompyuteriga ulanishi, fayllami uzatishi yoki o'z kompyuteriga fayllami qabul qilib olishi mumkin. FTR orqali faqat matnli emas, balki ikkili fayllami (matnli bo'lmagan ixtiyoriy faylni) ham jo'natish va qabul qilib olish mumkin. Hatto uzoqdagi kompyuterga anonumouz (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTR serveriga (ruxsat berilgan fayllarga) yozib qo'yish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTR-serveming maxsus incoming katalogiga yoziladi. O'z navbatida, FTR server mijoz server texnologiyasida ishlaydigan tizimdir.
Ilgari FTR dasturlari faqat UNIX da tuzilgan bo'lsa, hozir IVM RS kompyuterlarining MS Windows muhitida ham bemalol ishlay oladi. Bu esa uning qulay interfeysidan foydalanish mumkin, deganidir. Xost kompyuter katalog va fayllari bilan grafik interfeysida foydalanganda go'yoki o'z katalog va fayllari bilan ishlayotgandek his qilinadi va mijoz kompyuteridan odatdagidek fayllar yozib olinadi. FTR mijoz dasturlardan foydalanib uzoqdagi kompyuter bilan bogianayotganda, awalo, unda ro'yxatdan o'tish lozim. Agar tizim administratori foydalanuvchi sifafida sizni ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsa, bunda hech qanday muammo tboimaydi va sizga berilgan huquq (administrator o'matgan) doirasida undan bemalol, hatto, lozim bo'lsa, server resurslaridan ham foydalanaverasiz.
Anonim(nomsiz) FTR server. Anonim FTR server tarmoq re- surslarining ko'p tarqalgan ko'rinishlaridandir. Bunday serverlar ixtiyoriy foydalanuvchini xost kompyuteri, hatto u unda ro'yxat­ dan o'tmagan bo'lsa ham, kirishga ruxsat beradi. Bunda foydalanuvchi nomi sifatida anonumous so'zi va so'ngra ixtiyoriy


parol kiritiladi. Ko'p hollarda foydalanuvchi paroli sifatida uning elektron pochta manzili kiritiladi. Anonim FTR serverlar Internet aloqalarida dastur mahsulotlari va boshqa ma’lumotlarni ayirbosh- lashda muhim rol o'ynaydi. Bunday serverlar dunyo bo'yicha joylashgan bo'lib, unda o'zingizni amalda qiziqtirgan barcha dasturlar va fayllarni topishingiz mumkin. Bunda ularning aksariyati bepul beriladi (dastur va ma’lumotlar bepul emasligini eslang). FTR serverlarda fayllarni, resurslami aniqlash masalasi (albatta, siz uning manzilini awaldan bilmasangiz) ancha murakkab. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri FTR serverlardagi fayllar nomlari turli amaliyot tizimlarida har xil belgilanishi, FTR ser­ verlarda tashqaridan kirishi lozim bo'lgan fayllar ro'yxati mavjud emasligi va boshqalardir.
Dunyo bo'yicha domenlar ro'yxatini FTR va Gorher serverlar orqali olish mumkin. Ularning manzillari nis.merit.edu. Internet sonnesetitu (Internet hamjamiyati), fayllari esa nets.bu.sountru, world.list.txt nomlariga ega. Shuning uchun FTR serverlarga katalog va fayllarda joylashgan ma’lumotlarni README (meni o'qi) yoki Index (ko'rsatkich) nomli fayllar orqali izlansa, masala ancha oson ko'chadi. Chunki bu fayllarda FTR-server va undagi kataloglar haqida ma’lumotlar joylashgan boiadi. Shuning uchun vaqtni ko'p sarfla- maslik maqsadida awalo bu fayllami (INDEX README) yozib olib o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanuvchida server haqida turli savollar tug'ilsa, unda o'z server administratoriga rosmaster nomi bilan murojaat qilinadi. Masalan, markaziy ma’lumotlar tizimi joylashgan manzil vs.intemic.net nomga rosmaster@vs.lnternis.net bilan elektron poch- taga murojaat qilinadi.
Fayllar bilan ishlash. FTR da fayllar bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:
Ascii uzatiladigan fayllarga matn sifatida ishlov berilsin; binnaru — uzatiladigan fayllarga ikkili fayl sifatida ishlov berilsin; sr asii fayllar bilan ishlashda belgilami o'chirish holatini
o'zgartirish;
hash ma’lum qism maiumot uzatilganligi belgisini ko'rsatish (odatda, «#» paydo boiadi);
romt! — guruh fayllami uzatishda foydalanuvchiga so'rovni ko'rsa­ tish yoki ko'rsatmaslik;
Status o'matilgan opsiyalaming holatini ko'rsatish; user tizimga kirishini so'ramoq (nom va parol);


vegose foydalanuvchiga keng axborotlami berish yoki bermaslik holatini o'rnatish.
Fayllarni nusxalash. FTR da fayllami nusxalash quyidagi buyruq­ lar yordamida amalga oshiriladi:
get uzoqlashgan kompyuterdan lokal kompyuterga nusxa olish;
Recv Set uchun sinonim;
Rut lokal kompyuterdan uzoqlashgan kompyuterga nusxa olish;
Send Put uchun sinonim;

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin