Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə24/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Texnologik boshqaruvda shaxsiy kompyuterlar. Bu sohada shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning asosiy muammosi — qurilma mikroprotsessorlar va ShKdan foydalanish sohalarining bo‘linishidir. Tadqiqotlar va real amaliyot shuni ko'rsatadiki, amalga oshirilayotgan vazifalarda o‘zgarishga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, ShKni qo‘llash ham texnik, ham iqtisodiy jihatdan ancha samaralidir. Mikroprotsessorlar ShK va ShK tarmoqlari bazasida amalga oshirilgan texnologik boshqarishning arxitektura tizimini to‘laligicha boshqarish obyektining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi va standartlashtirilishi mumkin emas.


ShKning texnologik boshqarishda qo'llanishini ko'rib chiqishda o'lchovlar va tasvirlar bilan bog'liq qo'llanmalarning butun bir guruhini ajratib ko'rsatish mumkin. ShK — ishlab chiqarishning prinsipial yangi vositalari: moslashgan tizimlar va o'lchov kompleks- larining axborot o'zagiga aylandi.
Shaxsiy kompyuter asosida nazorat-o'lchov apparatining yara­ tilishi korxonalarda ShKni qo'llashning yangi bir sohasi sanaladi. Uning yordamida mahsulotni to'g'ridan to'g'ri ishlab chiqarish liniyasida tekshirib ko'rish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda ShKni yuqori sifatli o'lchash va sinash tizimiga aylantirish imkonini beruvchi dasturiy ta ’m inotni ishlab chiqish yo'lga qo'yilgan. Bunday jihozlangan ShK asosiy funksiyasidan (axborotni qayta ishlash va taqdim etishdan) tashqari, eslab qoladigan raqamli ossillograf, vaqtinchalik signal ketma-ketligi generatorlari, ma’lumotlarni to'plash qurilmasi, ko'p maqsadli o'lchov qurilmalari sifatida foydalanilishi mumkin. ShK bozorida sanoatning turli tarmoqlarida foydalanishga mo'ljallangan dasturiy ta ’minot va ixtisoslashtirilgan plataning ko'plab turlari mavjud.
ShKni nazorat-o'lchov asbobi sifatida qo'llash hisoblash blokla- riga ega murakkab qurilmalar ishlab chiqarishdan ko'ra foydaliroqdir. Boshqaruv vazifalarini to'rtta kategoriyaga ajratish mumkin. Bular:
mexanizmlarni boshqarish; texnologik rejimlami boshqarish; taktik boshqarish (rejalami tanlash); vaziyatni boshqarish.
Amalga oshiriladigan funksiyalarda dinamika bo'lganida ShKni qo'llash o'zini oqlaydi. Quyi darajada (mexanizmlarni boshqarishda) ShKni qo'llash kamdan kam hollarda o'zini oqlaydi. Rejimni boshqarish darajasi nisbatan ko'proq o'zgarib turadi va shu bois bu o'rinda ShKni qo'llash maqsadga.muvofiqdir. Texnologik jarayonlarni boshqarishning aniq tizimlari ko'p protsessorli ShKdan iborat bo'lgan lokal hisoblash tarmoqlari asosida tashkil etiladi. ShKning ko'p protsessorliligi avariya holatlarida ish qobiliyatini saqlay olishni ta’minlaydi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin