Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə23/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlari

Texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlari (TJABT) ishlab chiqarish jarayonlarining (uzluksiz yoki diskret) xarakteriga bog'liq.




TJABT xarakterli uzluksiz ishlab chiqarish korxonalarida. Uzluk­ siz ishlab chiqarishning o‘zi (kimyo, neftni qayta ishlash, energetika) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming cheklangan nomenklaturasi, xomashyoning muayyan turlari, yuqori ixtisoslashgan qurilmalar o'rtasida moddiy oqimlar bo'yicha keskin aloqalar bilan izohlanadi. Bunda texnologik jarayon yuzlab va minglab nazorat qiluvchi parametrlar bilan xarakterlanadi. Jarayonning holati haqidagi axborot jismoniy (elektrik, optik, mexanik va boshqa signallar) xarakter kasb etadi. Signallar texnologik jarayonga kiritilgan maxsus datchiklarda qayd etiladi. EHM axborot yig'adi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi va real jarayonga mos keluvchi maxsus matematik modellar tizimi bo'yicha boshqariluvchi parametrlar qiymatini ishlab chiqadi. Bu qiyinatlar talab qilinadigan tasawurlarga aylanadi va ijrochi mexanizmlar orqali jarayon parametrlariga ta’sir ko'rsatadi. Jarayonni boshqarish aniqligi matematik modellar sifati bilan belgilanadi, ular, odatda, imitatsiya­ viy, ko'p parametrli bo'ladi. Shunisi ham muhimki, EHMdan bo­ shqarish jarayonning o'zi ketayotgan sur'atda, ya’ni real vaqt reji- mida amalga oshirilishi lozim. Bunda datchiklar, o'zgaruvchilar, ijrochi mexanizmlaming apparatura sifatidagi yuqori ishonchliligi ta’minla- nishi darkor. TJABTlar qo'llanilish samarasi yuqori bo'lgan tizimlar- dir. Zero, ish rejimlarini optimallashtirish talab qilinayotgan sifatli mahsulot olish imkonini beradi. Bunda mehnat, material va energetika sarfi kamaygani holda qurilmalar samaradorligi oshib boradi.
TJABT diskret xususiyatga ega ishlab chiqarish korxonalarida. Diskret xususiyatga ega ishlab chiqarish korxonalari xomashyoning katta nomenklaturasi, qurilmalaming turli-tuman holda joylashtirili- shi, mahsulot ishlab chiqarishning ko'p operatsiyaviyligi bilan ajralib turadi. Bunda mahsulot ishlashga sarflanadigan vaqt ishlab chiqarish siklining 5—10% ni tashkil etadi. Qolgan vaqtni tashish, qayta sozlash, ishga tayyorgarlik ko'rish, chiqindilami olib chiqish va hokazolar band etadi.
Diskret ishlab chiqarish uchun hisoblash texnikasidan foydala- nishning quyidagi variantlari mavjud. Dastlabki, eng oddiy variantda faqat raqamli dasturiy boshqaruvi (RDB) bo'lgan stanoklarda mahsulotlarga ishlov berish jarayonigina avtomatlashtiriladi. Bunda asbobni almashtirish, detallami yechib olish kabi jarayonlar avto- matlashtirilmagan.
Diskret ishlab chiqarishda statsionar yoki ko'chma ishlardan (KI) keng foydalaniladi. KI bir qancha erkin darajali ijrochi qurilma


(m anipulator) va dasturiy boshqarishning qayta dasturlashtirilgan qurilmasiga ega. TJABT turli operatsiyalarni (payvandlash, bo‘yash, yuk ortish, yuk tushirish, tashish va hokazolami) avtomatlashtirishda qo‘llaniladi.
Erkin nomenklatura mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ular xarakteristikasi ahamiyatining belgilangan doiralarida avtonom ishlaydigan, EHM orqali boshqariladigan texnologik qurilmalardan foydalaniladi. Uni moslashuvchan ishlab chiqarish modeli (MIM) deyiladi.
M1M sanoat ishlari bilan jamuljamlikda avtonom ishlaydigan va EHM tomonidan kompleks boshqariladigan robot-texnik kompleksni (RTK) hosil qiladi.
EHM majmuyidan muayyan izchillikdagi texnologik operatsiyalarni bajaruvchi moslashgan avtomatlashgan liniya (MAL), shuningdek, texnologik qurilmalar izchilligi o'zgarishi bo'yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan moslashgan avtomatlashgan uchastka (MAU) yig‘ilishi mumkin.
Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashning oliy darajasi moslash­ gan ishlab chiqarish tizimi (MIT) — RDB, RTK, MIM bilan qurilmalar majmuyi va ularni ta’minlash tizimi bo‘lib, avtomatlash­ gan transport-om borxona tizim i, asbob jihatdan ta ’minlash avtomatlashgan tizimi, avtomatlashgan nazorat va chiqindilami bar- taraf etish tizimini o‘z ichiga oladi.
Hisoblash texnikasini sinovlar o'tkazish jarayonlariga tatbiq etish sinovlar o‘tkazishning avtomatlashgan tizimini (SO‘AT) yaratishga olib keladi, ularning vazifasi matnli dasturlar va signallami berish, sinovlar vaqtida obeyktning holati haqida axborot yig'ish, sinovlar natijalarini tahlii etish va qayta ishlash hamda yakuniy xulosa chiqa- rishdan iboratdir.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin