Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə36/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Mantiqiy tip. Object Pascal dasturlash tilida Boolean mantiqiy tipi bo'lib, u True (rost) va False (yolg‘on) qiymatlariga ega.
0 ‘zgaruvchilar. 0 ‘zgaruvchilar nima ekanligini tushunish dastur- lashda katta ahamiyatga ega. 0 ‘zgaruvchini ma’lumot qiymatlarini, misol uchun, sonlarni o‘zida saqlay oladigan qurilmaga o‘xshatish mumkin. Dastur bajarilayotgan vaqtda bu qurilma qiymatlari o‘zga- rishi yoki boshqa qurilma qiymatlarini qabul qilishi mumkin.
0 ‘zgaruvchi bu kompyuter xotirasidagi (yacheyka) maydondir. Dasturda qatnashadigan har bir o‘zgaruvchiga alohida nom beri- lishi shart. 0 ‘zgaruvchini nomlashda lotin alfaviti, son va bir nechta ishchi simvollardan foydalaniladi. 0 ‘zgaruvchining birinchi harfi lotincha
5 - 65


bo'lishi kerak. 0 ‘zgaruvchini e’lon qilishda yoki undan foydalanishda bo‘sh joy (Space) belgisini qo‘yish mumkin emas. Undan tashqari, Object Pascal buyruqlarini ham o'zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas (Begin, End, Private, For,...).
Object Pascal dasturlash tilida har bir o‘zgaruvchi e'lon qilinishi shart. Bu yerda nafaqat o‘zgaruvchi borligi eslatiladi, balki u o‘zga- ruvchi uchun tip ham beriladi.
< 0 ‘zgaruvchi nomi>:;
< 0 ‘zgaruvchi nomi> — E’lon qilingan o‘zgaruvchi nomi
— Object Pascal dasturlash tilining tiplaridan biri. Misol uchun:
A: Real; B:Real; Llnteger.
Ko‘rsatilgan misolda ikkita Real tipli, bitta Integer tipli o‘zgaruvchi e’lon qilingan.
Bir xil tipli bir nechta o‘zgaruvchilarni e ion qilish uchun ulaming orasiga vergul (,) qo‘yib yoziladi, 0‘zgaruvchilar tugaganida ikki nuqta (:) qo‘yiladi va tip nomi beriladi. Masalan:
a,b,c:Real; xl,x2:Real.
Konstantalar. Object Pascal dasturlash tilida konstantalarning ko‘rinishi ikki xil bo‘lib, ular oddiy va nomlangan turlarga bo‘linadi.
Oddiy konstanta — bu butun, haqiqiy, satrli, simvolli yoki mantiqiy ifoda boiishi mumkin.
Dastur matnida sonli konstantalar matematikada qanday yozilsa, shunday yoziladi.
Masalan:
123;
0,0;
-524,03.
Satrli va simvolli konstantalar apostrof (‘’) ichiga olib yoziladi.
Masalan:
‘Object Pascal dasturlash tili’.
Buyruqlar. 0 ‘tish operatori (Goto). Odatda, dastur o‘z ishini yozilgan operatorlar ketma-ketligi bo'yicha amalga oshiradi. Operator- laming tabiiy bajarilish ketma-ketligini buzish uchun shartsiz o‘tish operatoridan foydalaniladi. Dastumi boshqarishni bir operatordan boshqasiga uzatish uchun boshqarilish uzatiladigan operator oldiga


belgi (metka) qo‘yilishi kerak. Boshqarishni shartsiz uzatish operatori quyidagi shaklda yoziladi:
goto ,
bu holda boshqarish ko'rsatilgan metkali operatorga uzatiladi. Yuqorida aytganimizdek, dasturda qatnashgan barcha metkalar das­ tuming metkalar boiimida e'lon qilinishi kerak.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin