Semantikjihataxborotlam i o'rganishda axborotning m ohiyatini
ochish va uning elem entlarining m azm uniy aham iyati o'rtasidagi m unosabatlami ko'rsatish imkonini beradi.
U shbu jihat axborot qismlari o'rtasidagi bog'liqliklarni ko'rib chiqadi. M azkur darajada axborot majmuyining tashkil bo'lish qonu niyatlari (rekvizitlardan ko'rsatkichlar, ko'rsatkichlardan hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning miqdoriy bahosi m a’lum darajada axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yo'nalishini ham da ulam i qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi.
Xullas, axborotni turli jihatlardan o'rganish ulam ing tartibi va tarkibini, paydo bo'lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifmi (to'liqligi, ishonchliligi, eskirmaganligi, aniqligini) aniqlash, shuningdek, axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.