Texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 105,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü105,73 Kb.
#209129
1   2   3   4   5   6   7   8
bio

Bioinformatika tuzilishi 
Strukturaviy bioinformatika oqsillarning fazoviy tuzilishini bashorat qilish uchun algoritmlar va 
dasturlarni ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. Strukturaviy bioinformatikada tadqiqot mavzulari:

Makromolekulyarlarning rentgen difraksion tahlili (XRD).

XRD maʼlumotlaridan tuzilgan makromolekulyar modelning sifat koʻrsatkichlari

Makromolekulaning sirtini hisoblash algoritmlari

Oqsil molekulasining gidrofobik yadrosini topish algoritmlari

Oqsillarning strukturaviy domenlarini topish algoritmlari

Oqsil tuzilmalarining fazoviy moslashuvi



SCOP va CATH domenlarining strukturaviy tasniflari

Molekulyar dinamika
Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa 
chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib bo’ldi. Vaholanki bir necha o’n yillar avval 
biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki 
biologiya va informatika fanlarining ham o’zaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada 
bioinformatika fani yuzaga kelgan.
Bioinformatika
bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni 
ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan 
sayin ushbu yo’nalishga oid biologik ma’lumotlar ko’lami ortib boraveradi. Bu esa ushbu 
ma’lumotlarni qo’lda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog 
axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik ko’rsatkichlarni kompyuter unga 
yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning 
aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Bioinformatika qayerda qo’llaniladi? 
Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan 
fanlar yoki yo’nalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. Shu bois agar biolog o’z 
navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bo’lsa, mehnat bozorida 
unga bo’lgan ehtiyojning yuqori bo’lishiga va o’z navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga 
sabab bo’ladi. Ayni vaqtda 
farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika, 
ekologiya, filogenetika, genetika
kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga 
bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hattoki klassik fanlardan hisoblangan 
sistematika, 
zoologiya, botanika 
fanlari ham so’nggi o’n yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda. 
Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 105,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin