The economy of enterprise


II BOB. KORXONA – MUSTAQIL XO’JALIK YuRITUVChI BOZOR



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə14/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
The economy of enterprise

II BOB. KORXONA – MUSTAQIL XO’JALIK YuRITUVChI BOZOR
SUB’EKTI



    1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o’rni va roli

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.


Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.

Примечание [OM3]:
O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 300 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko’rsatkichlarini birinchi o’rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Shu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya’ni kichik va o’rta korxona hamda mikrofirmalarga keng yo’l ochib berishda yirik korxonalarning o’rni va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo’lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag’batlantirish hamda do’stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o’rta va kichik korxonalarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo’jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog’i va sohasida hal qilishning yo’llari o’xshash bo’lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Har bir

alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur.


O’zbekistonda ko’plab kichik, o’rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o’z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - er, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma’lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo’jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo’lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samardorligining pasayishiga, xo’jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin