The economy of enterprise


Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə15/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
The economy of enterprise

Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari

Zamonaviy korxona-mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o’zigagina tegishli bo’lmaydi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.


Biroq ushbu belgilardan qat’i nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi va hokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag’lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. Nizom jamg’armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasi ko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin:

    • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

    • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;




    • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

    • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun birinchi o’rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo’ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to’laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar.


Korxona o’ziga xos bo’lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo’ladi;
uchinchidan, korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to’rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o’z nomiga ega bo’lib, unda korxonaning tashkiliy- huquqiy shakli o’z aksini topadi.
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo’ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo’ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko’zga ko’rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o’zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko’rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag’lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Ichki muhitning o’zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo’ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko’rsatiladi, ya’ni to’g’ri yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash faoliyati yuzaga keladi.

Korxonalarning tashqi muxit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg’ining o’z vaqtida etkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi.


Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste’molchilari, xom ashyo va boshqa material etkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o’rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talablarini aniqlash;

  • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

  • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

  • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

  • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko’rsatish va hokazolarni boshqarish.

Albatta, zamonaviy korxonalarning ko’p qirrali faoliyati yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to’ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o’tilganlardan qat’i nazar, xo’jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

  • korxona egasining daromad olishi;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

  • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

  • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;

  • mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish;

  • sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;

  • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

  • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;




  • soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to’lovlarni amalga oshirish ;

  • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun- qoidalarga rioya qilish.

Bu funktsiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funktsiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin