Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo’lgan korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog’-moy kombinati, yog’ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda tayyorlov zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda normaga solinadi.
Mavsumiy zahiralarasosan uchta sababga ko’ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni etkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o’rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo’lgan vaqtga asosan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralarini yaratishda aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo’lib xizmat qiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish.Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativini aniqlash korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat bo’limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko’rsatshi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativi miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, ya’ni tannarx. 3.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor
mahsulot chiqishigacha bo’lgan ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi. Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu erda:
Тич.ц
tт ехн tконт р tт ранс tт ан
ttexn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operatsiyalarga sarflanuvchi vaqti; ttan - operatsiyalar oralig’idagi vaqt (tanaffuslar);
ttrans – transportda tashish vaqti;
tkontr - mahsulotni yig’ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti.
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma mablag’larning o’sishi xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda ishlab chiqarish tsikli yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish normativini hisoblashda ishlab chiqarish tsikli kunlarda belgilanadi hamda bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Tich.ts - ishlab chiqarish tsikli davomiyligi, kunlarda; Kxo’ - xarajatlarning o’sish koeffitsienti.
Xarajatlarning o’sish koeffitsienti asosiy materiallar (Ma) to’liq qiymatda olinuvchi kattalik sifatida hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari (Mich) butun ishlab chiqarish tsikli mobaynida bir xil suratda o’sib boradi hamda 50% qiymatda hisobga olinadi:
Knz = (Ma + 0,5Mich) : S
Bu erda:
S - mahsulot birligining rejadagi tannarxi.
Agar keyingi xarajatlar (Mich) bir xil surat bilan o’zgarmasa, u holda o’sish koeffitsienti quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kx.o’ = (Ma + k·Syaf + k·Sbut +0,5Mich) : S
Bu erda:
k, k – yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni mos ravishda pasaytiruvchi koeffitsientlari;
Syaf - yarim tayyor mahsulotlar qiymati; Sbut - butlovchi qismlar qiymati.
Pasaytiruvchi koeffitsientlar yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarga ishlov berilgan kunlarning ishlab chiqarish tsikli davomiyligiga nisbatini ifodalaydi. Masalan, agar ishlab chiqarish tsikli 20 kun bo’lib, butlovchi qismlar 8 kun davomida ishlab chiqarishda bo’lgan bo’lsa, pasaytiruvchi koeffitsient 0,4 (8:20) ga teng bo’ladi.