The importance of using logical methods in forming the basic competence of students


oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari



Yüklə 320,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix16.05.2023
ölçüsü320,84 Kb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari guruhi ta’lim jarayonida 
pedagogik ragʻbatlantirish orqali oʻquvchilarning yangi oʻquv materialini egallashlarida ishtiyoq va 
faollikni ta’minlaydi. Mazkur metodlar oʻquvchilarning bilishga boʻlgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, 
yangi bilimlarni egallashga boʻlgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, oʻz-oʻzini nazorat qilish va 
boshqarish, baholash koʻnikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, ta’limning 
ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, oʻquvchilarda ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib toptiradi. 
Oʻqitishda oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari guruhiga oʻqishga 
boʻlgan qiziqishni orttirish, didaktik oʻyin, oʻquv munozaralari, oʻquvchilarning tahsil olishdagi 
burch va ma’suliyatini shakllantirish metodlari mansub boʻlib, ular quyidagi:
Oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish metodlari oʻquvchilarda ijobiy hissiyotni vujudga 
keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish effekti, bilish quvonchini vujudga 
keltirish, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va tanbeh berish uslubi. Didaktik oʻyin metodi oʻyin 
syujetini tanlash, oʻyin vaziyatlarini vujudga keltirish, oʻquv-bilishga oid oʻyinlarni tanlash, 
oʻquvchilarni ragʻbatlantirish uslubi. Oʻquv munozaralari metodi oʻquv bahslarini keltirib 
chiqaradigan vaziyatni yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish, oʻquvchilarni muvaffaqiyatlarga 
yoʻllash, oʻquvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni toʻgʻrilash, oʻquvchilarni 
ragʻbatlantirish uslubi. Oʻquvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodi 
ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, oʻqishning shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, 
oʻquv talablarini qoʻyish, oʻqitishda ragʻbatlantirish va tanbeh berish kabi uslublarni 
mujassamlashtiradi. 
Oʻqitishdagi nazorat va oʻz-oʻzini nazorat metodlari. Nazorat ta’lim jarayonining ajralmas 
qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazamligi va izchilligi oʻquvchilarning faol aqliy mehnat 
qilishga undaydi, ularda ma’suliyat, burch, diqqat, xotira, oʻz-oʻzini nazorat qilish va baholash 
koʻnikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Nazoratning toʻliqliligi, haqqoniyligi, keng 
koʻlamliligi, muntazamliligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, tarbiyaviy
rivojlantiruvchi va oʻquvchilarga tafovutlab yondashish kabi funksiyalarini amalga oshirish imkonini 
beradi. Bu metodlar guruhiga ogʻzaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida 
nazorat, oʻz-oʻzini nazorat, oʻzaro nazorat varagʻi va testlar yordamida nazorat metodlari misol 
boʻladi. Ogʻzaki va yozma nazorat metodlari oʻquvchilarning bilimlarni mantiqiy izchil bayon 
qilishga oʻrgatish, nutqni oʻstirish, oʻquvchilar javobidagi tipik xatoliklarni aniqlash va unga barham 
berish. 



Yüklə 320,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin