The importance of using logical methods in forming the basic competence of students


Journal of Social Research in Uzbekistan



Yüklə 320,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix16.05.2023
ölçüsü320,84 Kb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Journal of Social Research in Uzbekistan 
 
ISSN: 2181-2721 
https://topjournals.uz/index.php/jsru
 
23 
Laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari oʻquv va amaliy koʻnikmalarni 
aniqlash, oʻquvchilarning oʻquv jihozlari va asboblar bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlash, bajarilgan 
topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, ish mazmuniga bogʻliq holda ob’ektlar va asboblarni 
toʻgʻri tanlash, ishni yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning toʻgʻriligini 
aniqlash. 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari oʻquv materiali yuzasidan qisqa reja, savollar tuzish, 
asosiy gʻoyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish va ularni namunaga muvofiq 
tekshirib koʻrish, taqqoslash, olingan natijalarning toʻgʻriligini tekshirish. 
Oʻzaro nazorat varagʻi yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha 
nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi, 
oʻquvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi.
Testlar yordamida nazorat metodlari oʻrganilgan bob, mavzu boʻyicha nazorat testlarini tuzish, 
test savollari va javoblarning metodik jihatdan toʻgʻriligi, mantiqiy ketma-ketligi, oʻquvchilar 
bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng koʻlamliligi. 
XULOSA 
Barcha metodlar kabi oʻqitishdagi nazorat va oʻz-oʻzini nazorat metodlarining ham ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta’limiy vazifasini oʻqituvchi barcha 
oʻquvchilarni oʻz oʻrtogʻining javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni toʻgʻrilashga, 
tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jara 
oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi. 
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning oʻquvchilarni ragʻbatlantirishni ta’minlash, tahsil olishdagi 
ma’suliyat va burchni tarkib toptirish, hissiyotni shakllanishida namoyon boʻladi. Nazoratning 
rivojlantiruvchi funksiyasi oʻquvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, oʻz-oʻzini nazorat 
qilish va baholash koʻnikmalarini egallashlarida koʻzga tashlanadi. О‘quvchilarda, ijodiy fikr yuritish 
kо‘nikmalarni rivojlantirishda о‘qituvchi yuqorida qayd etilgan metodlardan foydalanib, shuningdek, 
mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini 
shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari ijodiy faoliyat 
tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat 
usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, 
sintezlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni 
egallagan bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan 
xususiyatlarni biologiya fanlarini o‘zlashtirish davomida olingan nazariy bilimlarni hayotga tadbiq 
eta olish kompetensiyalar shakillanib boradilar. 

Yüklə 320,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin