The role of innovative technologies in the formation of innovative culture of future primary school teachers



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü27,3 Kb.
#104323
  1   2
U.Masharioova Jurnalga maqola 2023 (2)


BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INNOVATSION MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI


РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ


THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF INNOVATIVE CULTURE OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS


Masharipova Umida Abduvoxidovna,
pedagogika fanlari bo‘yicha PhD,
Boshlang‘ich ta’limda ona tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Машарипова Умида Абдувохидовна
кандидат педагогических наук,
Доцент кафедры родного языка и методики его преподавания в начальных классах
Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами


Masharipova Umida Abduvohidovna
candidate of pedagogical sciences,
Associate Professor of the Department of the Native Language and Methods of its Teaching in Primary School
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami


Annotatsiya. Maqolada pedagoglarning innovatsion faoliyatga tayyorligining ko‘rsatkichlari, pedagogik innovatsiyalarga tayyorlikning ma’lumotli, sinovli (qidiruv) va ijodiy darajalari, innovatsion texnologiyalarning asoslovchi, mazmunli va jarayonli komponentlar, innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorlik darajalari, innovatsion faoliyatga nisbatan tizimli yondashuvning asosiy tamoyillari, bo‘lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash bosqichlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: innovatsion faoliyat, innovatsiyalarni o‘zlashtirish, motivatsiya, noadditivlik tamoyili, sinergiya tamoyili, paydo bo‘lishi tamoyili, multiplikativlik tamoyili, tarkibiylik tamoyili, kognitiv yo‘naltirilgan texnologiyalar, faoliyatga yo‘naltirilgan texnologiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar.
Аннотация. В статье рассмотрены показатели готовности педагогов к инновационной деятельности, информационный, пробный (поисковый) и творческий уровни готовности к педагогическим нововведениям, мотивационный, содержательный и процессуальный компоненты инновационных технологий, уровни готовности к использованию инновационных технологий, основные принципы системный подход к инновационной деятельности, выделены будущие этапы подготовки педагогов к инновационной деятельности.
Ключевые слова: инновационная деятельность, освоение инноваций, мотивация, принцип неаддитивности, принцип синергичности, принцип эмерджентности, принцип мультипликативности, принцип структурности, когнитивно-ориентированные технологии, деятельностно-ориентированные технологии, личностно-ориентированные технологии.
Annotation. The article considers indicators of teachers' readiness for innovative activities, information, trial (search) and creative levels of readiness for pedagogical innovations, motivational, content and procedural components of innovative technologies, levels of readiness for the use of innovative technologies, basic principles of a systematic approach to innovative activities, future stages of preparation of teachers for innovative activity.
Key words: innovation activity, development of innovations, motivation, principle of non-additivity, principle of synergy, principle of emergence, principle of multiplicity, principle of structure, cognitive-oriented technologies, activity-oriented technologies, personality-oriented technologies.

Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatning yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohasini izchil va barqaror rivojlantirish davr talabidir. Oliy ta’limda yetuk ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli innovatsion parametrlarini shakllantirish, oliy ta’limda sifatli faoliyatni tashkil etish hamda sifat jihatidan yangi innovatsion bosqichga ko‘tarish, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish dolzarb hisoblanadi.


Innovatsion jarayonlarni idrok etish, yillar davomida shakllangan pedagogik faoliyat stereotiplarini yetarli darajada barbod qiluvchi pedagogik fikrlashni qayta qurish, ya’ni tegishli ichki tayyorgarlikni (motivatsiyani) talab qiladi.
Innovatsiyalarni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi yangilik va uni yaratishni tushunishga bo‘lgan munosabat, o‘quv jarayonini tuzishda noan’anaviy yondashuv, o‘quvchilar va hamkasblar bilan pedagogik aloqada yuzaga keladigan muammoni ijodiy hal qilish qobiliyatga ega bo‘lishi lozim. Innovatsion ta’lim vazifalarini amalga oshirish va mustaqil ravishda belgilashga qodir bo‘lgan yangi turdagi pedagoglarni tayyorlash imkon qadar erta aniqlanishi kerak.
Hozirgi vaqtda pedagoglarning innovatsion faoliyatga tayyorligining quyidagi ko‘rsatkichlari mavjud:
1) shaxsiy pedagogik tajriba darajasida pedagogik yangiliklarni joriy etishga ongli ehtiyoj;
2) innovatsion pedagogik texnologiyalardan xabardorligi va innovatsion metodik ish usullarini bilish;
3) o‘zining ijodiy topshiriqlari, metodikalarini yaratish istagi, tajriba-sinov ishlarini bajarish;
4) qiyinchiliklarni yengishga tayyorlik;
5) pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish va yangilarini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjudligi, xususan, yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum bir sohada bilimlarni to‘plash ishlarini faollashtiradi hamda shaxsiy pedagogik innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati qiyinchiliklarni yengishga, faoliyatning yangi usullarini izlashga, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Ushbu ko‘rsatkichlar tadqiqotchilar uchun pedagogik innovatsiyalarga tayyorlik darajalarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: ma’lumotli, sinovli (qidiruv) va ijodiy.
Pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirishning ma’lumotli darajasida pedagoglar uchun xarakterli xususiyat umumiy nazariy yondashuvlar, innovatsion pedagoglarning muayyan ish uslublari, shuningdek, pedagogik texnologiyalarning xorijiy tajribalarini bilish hisoblanadi. Ba’zilar esa o‘z pedagogik faoliyatlarida bunday tizimlarning elementlaridan foydalanadilar.
Innovatsiyalarni o‘zlashtirishning qidiruv (sinovli) darajasidagi pedagoglar o‘z faoliyatlarida ilg‘or texnologiya va ta’lim-tarbiya metodlarini joriy etishga harakat qilmoqdalar. So‘zda emas, amalda yangi usulda ishlashga intilish, tajriba qilish, muvaffaqiyat va xatolar haqida tajriba almashish istagi shu pedagoglarga xos xususiyat hisoblanadi.
Pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirishning ijodiy darajasidagi pedagoglar ta’limning zamonaviy vazifalarini bajarishda ularning rolini chuqur tushunadilar, ta’lim va tarbiyaga ilmiy va innovatsion yondashuvlar haqida keng va mazmunli bilimga ega, zamonaviy ilg‘or metodikalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtiradilar va ularni yaratishda ishtirok etadilar. Ular uchun innovatsion jarayonga individual ijodiy hissa qo‘shish xos xususiyatdir.
Innovatsiya sub’ekti sifatida pedagogning vaziyat tayyorgarligi o‘quv jarayoni ishtirokchilari tashabbusi bilan (ota-onalar, bolalar, hamkasblar, rahbariyat) yuzaga keladigan nostandart vazifalarni tez va maqsadli ravishda hal qilish imkoniyatini beradi. Tajribali pedagoglar bunday muammolarni doimiy ravishda hal qiladilar va o‘z tajribalariga, pedagogik sezgi va bilimlariga ishonadilar.
Ijodiy innovatsion tayyorgarlik ilg‘or g‘oyalar va eng yangi metodikaga asoslangan pedagogik jarayonning asosidir.
O‘qituvchining mutlaqo individual bo‘lgan mualliflik yangiliklariga tayyorligi yangi pedagogik muammolar, vazifalar va metodikalarni izlash, ishlab chiqish va rivojlantirishga qaratilgan pedagogik fikrlashga muhtojdir.
Yuqorida aytilganlarga muvofiq, ko‘plab tadqiqotchilar o‘qituvchilarning boshlang‘ich sinf pedagogik jarayonida innovatsion texnologiyalardan asoslovchi, mazmunli va jarayonli komponentlarning kombinatsiyasi sifatida foydalanishga tayyorligini ta’kidlaydilar.
Asoslovchi komponentning mezoni innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan munosabatdir. Ushbu komponentning ishlashi quyidagicha:
- innovatsion texnologiyalardan foydalanishga ijobiy munosabat;
- ijobiy natijalarni kutish;
- innovatsion texnologiyalarga qiziqish;
- ijodiy faoliyatga tayyorlik.
Mazmunli komponentning mezoni innovatsion texnologiyalarni bilishdir. Ushbu komponentning ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: pedagog faoliyatining ob’ekti sifatida yaxlit pedagogik jarayonni bilish; innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari sohasidagi bilimlar; ta’lim tizimidagi yangi g‘oyalar va yangiliklar haqida doimiy ravishda ma’lumot izlash.
Jarayonli komponentning mezoni: innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash qobiliyati va ko‘nikmalari. Quyidagi ko‘rsatkichlar ega:
- innovatsion texnologiyalardan amaliyotda foydalanish;
- innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish.
O‘qituvchilarning innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorligining yuqori darajasida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga ijobiy munosabat, ijobiy natijalarni kutish; innovatsion texnologiyalarga qiziqish; ijodiy faoliyatga tayyorligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ular pedagogik faoliyatning ob’ekti sifatida innovatsion texnologiyalardan foydalanadilar, metodika sohasidagi bilimlarga ega hamda muntazam ravishda ta’lim tizimidagi yangi g‘oyalar va innovatsiyalar haqida ma’lumot izlashdalar. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llaydilar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtiradilar.
O‘qituvchilarning innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorligining o‘rtacha darajasi innovatsion texnologiyalardan foydalanishga ijobiy munosabat; ijobiy natijalarni kutish; yaxlit pedagogik jarayonni pedagog faoliyatining ob’ekti sifatida bilish; amaliyotda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ammo innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirmaslik; innovatsion texnologiyalarga qiziqishning yo‘qligi; ijodiy faoliyatga tayyormasligi; innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasi bo‘yicha bilimga ega emasligi bilan farqlanadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorlik darajasi past o‘qituvchi:
- innovatsion texnologiyalardan foydalanishga ijobiy munosabat bildiradi;
- ijobiy natijalar kutmaydi;
- innovatsion texnologiyalarga qiziqmaydi;
- ijodiy faoliyatga tayyor emas;
pedagog faoliyatining ob’ekti sifatida yaxlit pedagogik jarayoni to‘g‘risida yetarli bilimga ega;
- innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini bilmaydi;
- ta’lim tizimidagi yangi g‘oyalar va innovatsiyalar haqida muntazam ravishda ma’lumot izlamaydi;
- innovatsion texnologiyalarni amalda qo‘llamaydi;
- innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirmaydi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, o‘qituvchilarning innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorligida motivatsiya juda muhim rol o‘ynaydi. Motivatsiya – insonning xulq-atvorini fiziologik va psixologik nazorat qilishning dinamik jarayoni, uning yo‘nalishi, tashkilotchiligi, faolligi va qat’iyligini aniqlovchi, insonning turli faoliyatlarda muvaffaqiyat qozonishga, mukammallikka intilishi, mehnatsevarligi bilan tavsiflanadi. Agar o‘qituvchi o‘z ishiga, ta’limdagi o‘zgarishlar va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo‘lsa, ya’ni u ijobiy motivatsiyaga ega bo‘lsa, unda o‘quv jarayonini takomillashtirishdagi keyingi harakatlari ijobiy va shunga mos ravishda yuqori natijalarga erishadi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion madaniyatini oshirish tizimli yondashuv tamoyillariga qat’iy rioya qilishga bog‘liq. Innovatsion faoliyatga nisbatan tizimli yondashuvning ba’zi asosiy tamoyillari quyidagicha turlanadi:
a) eng muxim tamoyil – yaxlitlikning tarkibiy qismlariga nisbatan ustuvorligi. Yaxlitlik sifatida innovatsion madaniyat uchun (uning asosiy xususiyati yangilik) uning qismlari eski, zamonaviy va yangi hisoblanadi. Bu eski, zamonaviy va yangilarning dinamik birligi elementlarning har biriga nisbatan birlamchi bo‘lib, umuman innovatsion kompleksning maqbul ishlashini ta’minlaydi;
b) noadditivlik tamoyili (tizim xususiyatlarini faqat uning tarkibiy elementlari xossalarining yig‘indisi sifatida qabul qilmaslik) inovatsiyaga nisbatan innovatsion ob’ektning bir qismi sifatida eski, zamonaviy va yangi xususiyatlarning o‘xshamasligida namoyon bo‘ladi, yaxlitlik sifatida ustunlik qiladi.
d) sinergiya tamoyili (tizim elementlarining bir yo‘nalishdagi harakati butun tizimning ishlash samaradorligini oshirish) muhim farqni (yangilikni) saqlagan holda eski, zamonaviy va yangilar maqsadlarining muvozanatini yagona innovatsion kompleksda qidirishni talab qiladi;
e) paydo bo‘lishi tamoyili (tizim maqsadlarini uning tarkibiy qismlari maqsadlari bilan to‘liq mos kelmasligi) innovatsion loyihani amalga oshirishda tizim va uning har bir tarkibiy qismi uchun maqsadlar daraxtini (parametrlar ierarxiyasi) qurishni talab qiladi;
f) multiplikativlik tamoyili, bu tizimdagi tarkibiy qismlarning ishlashiga ta’siri (ijobiy va salbiy) qo‘shilish emas, ko‘paytirish xususiyatiga ega ekanligini anglatadi;
g) tarkibiylik tamoyili innovatsiyaning maqbul tuzilmasi minimal tarkibiy qismlarga ega bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi; shu bilan birga, ushbu tarkibiy qismlar tayinlangan funksiyalarni to‘liq bajarishi va innovatsion madaniyatning dominant, ya’ni, uning yangiligini ta’minlaydigan, xususiyatlarini saqlab qolishi kerak;
h) tizimli innovatsiyalar tarkibi mobil bo‘lishi kerak, ya’ni, moslashuv tamoyilidan kelib chiqqan xolda, o‘zgaruvchan talablar va maqsadlarga osongina moslashadigan;
i) samarali innovatsion loyihalashtirish, shuningdek, bir nechta almashinadigan innovatsion versiyalarni ishlab chiqish zarur bo‘lgan muqobil tamoyilni amalga oshirishni talab qiladi.
j) nihoyat, uzluksizlik tamoyili mos keladigan innovatsion makonda eskisining samarali mavjud bo‘lishiga imkoniyat yaratishni va aksincha, saqlanayotgan eski sharoitda yangilarining samarali ishlashini talab qiladi.
Shunday qilib, ushbu asosiy tamoyillarga rioya qilish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxs va professional bo‘lib yetishish jarayonida innovatsion madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion madaniyatini rivojlantirish jarayoni barcha ishtirokchilarning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, natijada talab qilinadigan harakatlarni bajarishga tayyorligi namoyon bo‘ladi.. Ushbu jarayon tayyorlik mezonlari va darajalari bilan tavsiflanadi va o‘qitishning mazmuni, shakllari va usullarida amalga oshiriladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion madaniyatini rivojllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalari – zamonaviy shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarini ishlab chiqish, tarqatish va o‘quv jarayoniga joriy etish bilim olish faoliyatini faollashtirish, o‘quv jarayonini kuchaytirish, ta'lim xizmatlari buyurtmachilari hamda aholining ehtiyojlariga mos keladigan raqobatbardosh mutaxassisni tayyorlash muhim o‘rin egallaydi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari yangi axborot va ta’lim texnologiyalar majmuasi, o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or shakllari, o‘qitish metodlari, zamonaviy o‘quv vositalari va tizimlari, kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarga ega, innovatsion fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash uchun innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish demakdir.
Bularga quyidagilar kiradi:
- kognitiv yo‘naltirilgan texnologiyalar: dialogik o‘qitish usullari, seminar-munozaralar, muammoli o‘qitish, kognitiv o‘qitish, kognitiv xaritalar, instrumental va mantiqiy mashg‘ulotlar va hk.;
- faoliyatga yo‘naltirilgan texnologiyalar: loyihalashtirish metodlari va yo‘naltiruvchi matnlar, kontekstli o‘qitish, tashkiliy-faoliyat o‘yinlari, murakkab vazifalar, texnologik xaritalar, rolli-o‘yinlarni modellashtirish va hk.;
- shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar: interfaol va rolli o‘yinlar, rivojlanish treninglari, psixodiagnostika va boshqalar.
Innovatsiyalarga ijobiy munosabat, ularni takomillashtirishga talabalik davrida poydevor qo‘yiladi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir necha bosqichlarni ajratish mumkin:
Birinchi bosqich - bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy shaxsiyatini rivojlantirish, talabalarda ijodiy pedagogik muammolarni aniqlash, shakllantirish, tahlil qilish va hal qilish qobiliyatini shakllantirish, shuningdek ijodiy izlanishning umumiy texnologiyasini rivojlantirish: ilgari olingan bilim va ko‘nikmalarni yangi vaziyatga mustaqil o‘tkazish, muammoni tanish vaziyatda ko‘rish, ob’ektning yangi vazifasi, tuzilishini belgilovchi, alternativ yechim yoki uning usulini ko‘rish, muammoga nisbatan ilgari o‘rganilgan usullarni yangisida birlashtirish, ya’ni tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.
Ikkinchi bosqich - ilmiy bilish metodologiyasi asoslarini o‘rganish, pedagogik tadqiqotlar, innovatsion pedagogikaga kirish. Talabalar innovatsion pedagogikaning vujudga kelishining ijtimoiy va ilmiy shart-sharoitlari, uning asosiy tushunchalari bilan tanishadilar, maktabni tashkil etishning muqobil usullarini ijodiy izohlaydilar, muqobil maktab rivojlanishining asosiy manbalarini o‘rganadilar, turli xil innovatsion o‘quv muassasalari va boshqalar bilan tanishadilar.
Uchinchi bosqich - bu innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish. Ular mualliflik dasturlarini tuzish metodikasi, maktabdagi eksperimental ishlarning bosqichlari bilan tanishadilar, mualliflik dasturini yaratishda ishtirok etadilar, tahlil qilish va innovatsiyalarning keyingi rivojlanishi, uni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarini bashorat qilishadi.
To‘rtinchi bosqich - bu tajriba maydonchasida pedagogik jarayonga innovatsiyalarni kiritish, tuzatishni amalga oshirish, eksperiment natijalarini kuzatish, kasbiy faoliyatning introspeksiyasi. Ushbu bosqichda pedagogning innovatsion pozitsiyasi, yangilikka bo‘lgan qarashlari va munosabatlari tizimi shakllanadi.
Shunday qilib, pedagogning innovatsion texnologiyalardan foydalanishga tayyorligi boshlang‘ich sinfning pedagogik jarayoniga innovatsion texnologiyalarni amaliy tatbiq etilishining muhim shartlaridan biridir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion madaniyatini rivojlantirish muammosini nazariy tahlil natijalarini sarhisob qilsak, kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogning innovatsion madaniyatini rivojlantirish samaradorligini sezilarli ravishda oshirish imkoniyati mavjud deb taxmin qilishimiz mumkin.
- shaxsni innovatsion faoliyatga kiritish kasbiy tayyorgarlik jarayonida ma’lum bir muhitni yaratish, shaxsning ijodiy potensialini pedagogik faoliyat va madaniyat sub’ekti sifatida ochilishini ta’minlash orqali ro‘y beradi;
- umumiy va innovatsion madaniyatning organik kombinatsiyasi ta’minlanadi, bunda innovatsion madaniyat innovatsion pedagogik faoliyat sohasiga umumiy va kasbiy madaniyatni loyihalashtirish vazifasini bajaradi;
- universitetda didaktik shakllar, usullar va o‘quv qo‘llanmalar yordamida pedagogning innovatsion madaniyatini shakllantirish jarayonining operatsion-protsessual tomoni, innovatsion pedagogik faoliyat jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatining mavzusi va ijtimoiy mazmunini modellashtirishga qodir;
- innovatsion madaniyatni shakllantirishning pedagogik vositalarini tanlash talabalarning bo‘lg‘usi pedagogik innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi va nazariy va amaliy mashg‘ulotlar birligi asosida muayyan tizimga qurilgan.

Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin