THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
100
SOHIBQIRON AMIR TEMURNING YOSHLIK YILLARI
Urunov Shoxijahon Jamshidovich
BuxDPI “Ijtimoiy fanlar”kafedrasi 2-kurs talabasi
urunovshoxijahon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7151543
ANNOTATSIYA
Ushbu
maqolada buyuk ajdodimiz,insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli
shaxslardan biri bo‘lgan sohibqiron Amir Temurning yoshlik yillari,Amir Temur
shaxsi,uning hayoti haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.Amir Temur –
xalqimiz tarixidagi butun jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk
shaxs hisoblanadi.
Kalit so‘zlar : Amir Temur,barlos,Kesh,sohibqiron,mo‘g‘ul,Movarounnahr
ABSTRACT
This article provides brief information about the youth of our great ancestor,
one of the most determined people in the history of mankind, the owner Amir
Temur, the personality of Amir Temur and his life.Amir Temur is a great person
who made an incomparable contribution to the world civilization in the history
of our nation.
Keywords : Amir Temur, barlos, Kesh, owner,
Mongolian, Movarounnahr
KIRISH
Bugungi kunga kelib keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab bòlayotgan buyuk
saltanatlar barpo etgan,harbiy sohani san'at darajasiga ko‘targan,el-yurt shon-
sharafi yo‘lida har qanday
mashaqqatlarga bardosh berib,mardlik va jasorat
namunalarini ko‘rsatib kelgan sohibqiron bobomiz Amir Temur haqida ko‘p
fikrlarni eshitamiz.Ammo
Amir Temur bolaligi,yoshlik yillari to‘g‘risidagi
ma'lumotlar uncha ko‘p emas.Manbalarning ko‘pi ingliz tilidan o‘zbek tiliga
tarjima qilinayotgan bo‘lib,bu Amir Temur mavzusiga
qiziquvchilarning sonini
yildan yilga oshirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Amir Temur – buyuk davlat
arbobi,adolatli hukmdor,harbiy sarkarda hisoblanadi.Butun umrini "Rosti
rusti",ya'ni "Haq bo‘lsang najot topasan","Kuch–adolatda" singari insonparvarlik
ruhi bilan yo‘g‘rilgan shiorlarga suyangan holda siyosat yuritishda sarf qilgan
Temurbekning tabiat in'om
etgan aql-zakovat,qobiliyat va harbiy mahoratni
ishga solib,davlatni idora qilgan sa'y-harakatlari,ilgari
surgan fikrlari bugungi
avlod tomonidan har tomonlama chuqur asosda ilmiy o‘rganilmog‘i maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA