THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference
240
ularda bilim olishga boʻlgan qiziqishni oʻstirish, faollik, mustaqillik,
mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini oʻstirish hisoblanadi.
Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli oʻstirish kelgusida
fanlarni puxta oʻzlashtirishlariga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, boshlanhgʻich sinf
ona tili va oʻqish savodxonligi darslari oʻquvchilarni har tomonlama rivojlangan
ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda alohida oʻrin tutadi. O‘quvchilar bu
darslarda badiiy adabiyot olamiga kiradilar. Shu jarayonda o‘quvchilarni badiiy
asarni tahlil qilishga o‘rgatish juda muhim metodik vazifadir. Chunki
o‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq
tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi
vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida badiiy-estetik tafakkur tarbiyasi bilan bog‘liq adabiy
tushunchalarni shakllantirish tizimini metodik jihatdan takomillashtirish
masalasi dolzarblik kasb etadi.
Ma’lumki, ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining yetakchi xususiyati
oʻquvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli
olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga qaratiladi.
Oʻqish ta’limi boʻyicha oʻquvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida
dastur talablariga javob berib boʻlmaydi. Negaki matn tagzaminidagi tarbiyaviy
gʻoya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda,
har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni
anglab yetilganda oʻquvchi diqqatini oʻziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-
nazariy tushunchalarni oʻzlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish
orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida oʻqituvchi savollariga oʻquvchilarning oʻz soʻzlari bilan
javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini toʻgʻri baholashga yaqindan
yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz boʻlmasdan, qat’iy maqsad
asosida izchil berilishi oʻquvchilarning oʻqilgan matn mohiyatini chuqur anglab
yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
O‘quvchilarda adabiy tushunchalarni hosil qilishda ularning badiiy adabiyot
san’atning bir turi ekanini anglashlariga erishish lozim. Buning uchun badiiy
asarda tasvirlangan voqea-hodisalarning rasmda ranglar orqali ifodalanishini
namoyish qilish orqali badiiy adabiyot tasviriy san’at kabi san’at turi deb
tushuntirish mumkin. Har ikkisida hayotiy voqealar aks etishi, tasviriy san’atda
ranglar orqali, badiiy adabiyotda so‘zlar orqali tasvirlanishi haqida ma’lumot