Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences


THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix18.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#79572
1   2   3   4   5   6
TAFPS0652

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF 
PEDAGOGICAL SCIENCES
 
International scientific-online conference 
242 
kichraytirish, erkalash, ko‘chma ma’noli so‘zlarning badiiy xususiyatlarini 
aniqlash; she’riy nutqning band va misralardan tashkil topishiga doir 
tushunchalar ustida ishlanadi. Adabiy janrlarning farqi, asarning tarkibiy 
elementlari, asarda tasvirlangan voqea-hodisalar va adabiy qahramonlarning 
o‘zaro munosabatlarini aniqlashga o‘rgatiladi. 
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich amal qilinadigan 3-4-sinflarda asar 
qahramonlarining suvrati va siyratini kuzatish, tasvirlangan voqealarning hayot 
bilan bog‘liqligini anglashlariga erishish, yozuvchining asar qahramonlariga 
munosabati ustida ishlash; hikoya va tasvir haqida tushuncha; tabiat tasviri, 
qahramon tasviri ustida ishlash; asarni qismlarga ajratish va uning rejasi haqida 
ma’lumot berish; asardagi voqealarning rivojlanib borishini, sabab-natija 
bog‘lanishini aniqlash; o‘xshatish, jonlantirish, ibora haqida tushuncha hosil 
qilish; nasriy va she’riy nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish; she’riy 
nutqqa xos takror, mubolag‘a haqida amaliy tushuncha hosil qilish; she’riy 
nutqda so‘zlar tartibi, she’r tuzilishi – qofiya, band haqida umumiy tushuncha 
hosil qilish kabi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar tahlilida o‘quvchilarning yoshi, hayotiy 
tajribasi, saviyasi, tasavvur qila olish uquvi va asar bilan tanishish jarayonida 
hosil bo‘lgan ruhiy kayfiyati hisobga olinadi. Adabiy tushunchalarni o‘rganish 
o‘quvchilarning ichki hissiy kechinmalari bilan bog‘lanmasa, ularda adabiyotga 
bo‘lgan qiziqish susayadi. O‘quvchilarda estetik zavq uyg‘otish uchun o‘qituvchi 
adabiy tushunchalardan vosita sifatida foydalanishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar badiiy asar matnining tahlili 
jarayonida shakllantiriladi. Jumladan, she’r, qo‘shiq, ertak, topishmoq, maqol, 
tez aytish, hikoya (1-2-sinflar); rivoyat, masal, latifa, qofiya, misra, band, doston 
(3-sinf); sarlavha, obraz, jonlantirish, o‘xshatish, ibora, peyzaj, dialog, g‘oya (4-
sinf) kabi adabiy tushunchalar yuzasidan amaliy bilim hosil qilinadi. Mazkur
tushunchalar dastur talablariga ko‘ra 1-sinfdan boshlab badiiy asarning g‘oyaviy 
mazmuni va badiiy xususiyatlari bilan bog‘lab shakllantiriladi.
1-sinf o‘quvchilari ertak, masal, rivoyat, she’r, hikoya, maqol, topishmoq, tez 
aytish janrlariga mansub asarlarni o‘qiydilar va shu jarayonda ularni janriy 
xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlay boshlaydilar. O‘qituvchi bo‘lim 
yuzasidan o‘tkaziladigan takrorlash-umumlashtiruvchi darsda “Siz “O‘zbekiston 
– mening Vatanim“ bo‘limida qaysi she’r va hikoyalar bilan tanishdingiz? Vatan 
haqidagi maqollarni ayting?“ kabi savol-topshiriqlar bilan murojaat qiladi. 
Fasllarga doir bo‘limlar o‘rganilayotganda fasllarga bog‘liq topishmoqlar 
o‘quvchilarni atrofimizdagi olam bilan chuqurroq tanishtirishga yordam beradi. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin