Reduplikatsiya siklining takrorlanishi va DNK taqsimlanishi natijasida
zigota genomi
ko‘payadi
(reduplikatsiyalanadi). Sitotomiya natijasida yadroning bo‘linishi
hisobiga murtak bir
hujayralikdan
ko‘p hujayralikka
aylanadi.
Maydalanayotgan hujayralar orasida bo‘shliq —
blastotsel
paydo bo‘lib, maydalanish hisobiga
blastula
shakllanadi. Blastula ko‘p hujayrali pufaksimon murtak bo‘lib,
uning devori
blastoderma hayvon turiga xos ravishda bir qavatli yoki ko‘p qavatli hujayralar —
blastomerlardan
iborat.
Maydalanishda quyidagi jarayonlar yuzaga keladi:
1.
Zigota genotipining ko‘payishi;
2.
Murtak bir hujayralilikdan ko‘p hujayralikka aylanadi;
3.
Yadro va sitoplazma nisbati tiklana boshlaydi; 4. Sitoplazmatik segregatsiya jarayoni
jadallashadi;
5. Blastomerlarning mozaikasi o‘rnatiladi.
Maydalanishning tuxum hujayradagi sariqlik va yadroning joylashuviga bog'liqligi Saks-
Gertvich qoidasi deyiladi va bunda:
1.
Yadro har doim sitoplazmaning sariqlik bo‘lmagan joyining markazini egallaydi
2.
Uzun bo‘linish duki iplari sitoplazmaning sariqlik yo‘q joyidan o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: