Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan-naslga o‘tishi
geneologik usul yordamida
aniqlangan. Jumladan: qandli diabet, tug‘ma karlik,
gemofiliya, shizofreniya (og‘ir ruhiy
kasallik)ning ba’zi formalari. Faqat retsessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan
belgilanadigan irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik, ko‘z shox pardasining
ko‘rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik kabilar ham geneologik
usul yordamida nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan.
21-savol: Organizmlarning individual rivojlanishi - ontogenez haqida tushuncha.
Ontogenez
yunoncha so‘z bo‘lib,
“onto” — mavjudot, “genezis” — rivojlanish
degan
ma’noni anglatadi. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Har
bir organizmning rivojlanishi takomillashuvi, o‘sishi, ulg‘ayishi, qarishi va o‘limi bilan yakun
topadigan to‘liq hayot sikli — ontogenez hisoblanadi.Ontogenez
jinsiy hujayralar paydo
bo‘lib, urug‘lanishdan boshlanadi, zigota hosil bo‘lishi
bilan ontogenezning hamma
bosqichlarida mavjudot yashayotgan sharoitga mos ravishda irsiy axborot ta’sirining natijasi
sifatida ontogenez jarayoni amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: