Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

49-savol: Assimlatsiya bu….. 
Plastik almashinuv (anabolizm). Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning 
hosil bo‘lishi, ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil 
moddalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. Odam iste’mol qilinadigan bir kunlik 
ozuqaning energiyasi – 3000 kkalga teng keladi Bu o‘zlashtirilgan mahsulotlar hujayrada 
kechadigan sintezlanish reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. Hujayrada oqsillar, 
uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, o‘sayotgan hujayralarda 
assimilyatsiya reaksiyalari jadal boradi. Lekin to‘liq shakllanib bo‘lgan hujayralarda ham 
doimo sarf bo‘lgan organik moddalar o‘rniga yangilari sintezlanib turadi. Hujayrada 
boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sintez yoki qisqacha aytganda biosintez 
deb ataladi. Barcha biosintez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. Hujayrada
boradigan oqsil, uglevod, lipid va nuklein kislota kabilarning sintezlanishi plastik 
almashinuvga misoldir. Biosintez reaksiyalarining yig‘indisi plastik almashinuv yoki 
assimilyatsiya 
deb 
ataladi. 
Fermentlar 
yordamida 
oddiy 
kichik 
molekulali 
moddalardanmurakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar
monosaxaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil bo‘ladi. Azotli asoslari esa nukleotidlar 
hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy 
asetat kislotalardan murakkab yog‘ kislotalari paydo bo‘ladi. Ular glitserin moddasi bilan 
reaksiyaga kirishib yog‘larni va moylarni hosil qiladi. Biosintetik reaksiyalar har bir individ 
va turga xos bo‘lgan xususiyatlar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil – fermentlar 


yordamida hosil bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK tarkibidagi
nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida mazkur hujayraning 
genlar to‘plami genotip bilan bog‘liq. Hosil bo‘lgan moddalar o‘sish jarayonida hujayra va 
ularning organoidlarini hosil qilish hamda


sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi. Barcha sintez (hosil 
qiluvchi) reaksiyalari energiyani yutilishi orqali ro‘y beradi. Parchalanish reaksiyalarida esa 
aksincha, energiya ajralib chiqadi.

Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin