O’quv moduli o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Fan va texnikaviy taraqqiyot jadallashgan hozirgi davrda oliy ta’lim tizimining islohoti, oliy o’quv yurtlarida ta’lim sifatini yaxshilash, xususan, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonining sifatini va omilkorligini oshirishga, tayyorlanayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlarini, kasbiy mahoratini va ko’nikmalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan.
“Biofizika” klinik oldi moduli 1-kursda ta’lim olayotgan talabalarda o’qitiladi. Mazkur modul o’quv rejasida rejalashtirilgan umumtibbiy modullar: biologiya, anatomiya, gistologiya, fiziologiya, biologik kimyo bilan birgalikda o’qitilib, ularning mohiyatini tushunishda muhim va zarur omil bo’lib hizmat qiladi.
2. Modulni o’qitish davomida rejalashtirilgan natijalar 2.1. O’quv modulining maqsadi: bo’lajak mutaxassislarga organizmdagi a’zo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to’g’ri talqin qilish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organizm a’zo va to’qimalarida turli kasalliklarning paydo bo’lishi jarayonlari asosida biofizikaviy o’zgarishlarning birlamchiligini ko’rsatishdir. Inson organizmining a’zo, to’qima va tizimlarining molekulyar, hujayra va to’qimaviy biofizik xossa va xususiyatlarini tushunish, organizm holatini, kasalliklarning paydo bo’lish va rivojlanish mexanizmlarini va ularni bartaraf qilish – davolashning yangi usullarini yuqori texnologik saviyada yaratish uchun zarur bo’lgan zamonaviy fizikaviy bilimlarga ega bo’lishlarini ta’minlashdir.