Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari reja


Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladigan tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#103162
1   2   3   4
TIBBIY YО‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI

3. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladigan tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari
О‘zR JKning 96-moddasiga kо‘ra, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqan shaxslar jinoyat sodir etgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bо‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarni ham tayinlashi mumkin.
Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llashga aqli raso alkogolik, giyohvand yoki zaharvand shaxsning jinoyat sodir etishi asos bо‘lib xizmat qiladi. Majburiy davolash choralarini qо‘llash zarurati davolash choralarini qо‘llamasdan turib jazoning о‘zini tayinlash shaxsning jamiyatdagi axloq-odob qoidalarini buzmasligiga va yangi jinoyat sodir etmasligiga ishonchli kafolat bо‘lmasligi bilan bog‘liq. Jazoga qо‘shimcha ravishda majburiy davolash alkogolik, giyohvand yoki zaharvandda yengib bо‘lmas xususiyatga ega bо‘lgan hamda shaxsning ijtimoiy tanazzulga yuz tutishiga olib keladigan modda yoki narsani iste’mol qilishga ruhiy moyillik mavjud bо‘lgan hollarda ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Bunda majburiy davolash faqatgina surunkali alkogoliklarga, giyohvandlarga yoki zaharvandlarga nisbatangina qо‘llaniladi.
Aybdor shaxsning jinoyat sodir etish paytida alkogol, narkotik moddalar yoki psixotrop vositalar ta’sirida bо‘lganligi unga tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llash uchun asos bо‘la olmaydi. Tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikkina bunga asos bо‘lib xizmat qiladi.
Agar alkogolik, giyohvand yoki zaharvand ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bо‘lmagan jazoga majburiy davolash bilan birga hukm etilgan bо‘lsa, majburiy davolash tibbiy muassasalarda (psixonevrologik dispanserlarda) amalga oshiriladi. Aqli raso alkogolik, giyohvand yoki zaharvandlarni majburiy ravishda davolash muddati qonunda belgilanmagan bо‘lib, shifokorlarning bunday davolashga zarurat qolmaganligi haqidagi xulosasiga binoan, sud tomonidan tugatiladi. Lekin davolash muddati sud tayinlaydigan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bо‘lmagan jazo turining muddatidan oshmasligi lozim. Alkogol, narkotik moddalar, psixotrop vositalarga moyillikning yо‘qolganligi davolashni tugatish haqidagi masalani hal etishning asosiy mezoni bо‘lib hisoblanishi lozim.
Majburiy davolash shaxs qisqa muddat ozodlikdan mahrum qilingan hollarda amalga oshirilgani ma’qul. Majburiy davolashni, shifokor-narkologlarning fikriga kо‘ra, shaxs uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan hollarda qо‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki uzoq vaqt mobaynida jazoni ijro etish muassasalarida bо‘lish alkogol, narkotik moddalar, psixotrop vositalarni iste’mol qilish imkoniyatidan mahrum etadi. Shu holatning о‘ziyoq ijobiy natija beradi. Odatda alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolanish tayinlangan mahkumlar bunday davolanishning tezroq yakunlanishidan manfaatdor bо‘ladilar, chunki davolash bir qator cheklashlar bilan bog‘liqdir. Ammo belgilangan davolash muddatini о‘taganlikning о‘zi majburiy davolashning bekor qilinishi uchun yetarli emas. Uni bekor qilish uchun davolashga zarurat qolmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bо‘lishi talab etiladi.
Sud mahkumni alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlikdan majburiy davolashni tugatishda, jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tibbiy guvohlantirish dalolatnomasi hamda bunday davolashni tugatish lozimligini har tomonlama asoslab beruvchi boshqa hujjatlar bilan bergan taqdimnoma asosida ajrim chiqaradi. Binobarin, bunday davolashni tugatish uchun uning natijalarini tavsiflovchi tibbiy hamda mahkumning xulq-atvoridagi ijobiy о‘zgarishlardan dalolat beruvchi ijtimoiy-psixologik mezonlarni hisobga olish lozim.
Jinoyat kodeksining 96-moddasi 3-qismiga asosan, alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan bо‘lsa, ularni davolash jazoni о‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni о‘tab bо‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bо‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.



Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin