Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari reja



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#103162
  1   2   3   4
TIBBIY YО‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI


TIBBIY YО‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI
Reja :

  1. Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarining maqsadlari va ularni qо‘llashning umumiy asoslari

  2. Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarining turlari, ularni tayinlash, muddatini uzaytirish, о‘zgartirish va bekor qilish

  3. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladigan tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari 



  1. Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarining maqsadlari va ularni qо‘llashning umumiy asoslari

Jinoyat kodeksining 91-moddasiga binoan, tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxslarga nisbatan ularni davolash va yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishlarining oldini olish maqsadlarida qо‘llaniladi. Ushbu maqsadlarning belgilanishi shaxsning ruhiy holati ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilishiga olib kelgan omil ekanligi bilan bog‘liq. Bu esa uning jamiyat uchun xavfli ekanligi, unga nisbatan tibbiy davolash chorasini qо‘llash hamda davolash vaqtida ham, undan keyin ham yangi ijtimoiy xavfli kо‘rinishlarining oldini olish uchun boshqalardan ajratish zarurligidan dalolat beradi. Tibbiy yо‘sindagi majburlov choralari alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlikka duchor bо‘lganlarga nisbatan ham qо‘llanilishi mumkin. Aybdorda ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan ruhiy kasallikning mavjudligi bunday shaxslarni majburiy davolash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Ushbu xulosada shaxs alkogolizm; giyohvandlik yoki zaharvandlikka yо‘liqqanmi; u davolanishga muhtojmi; shaxsning bunday davolanishiga moneliklar yо‘qmi, degan savollarga javob bо‘lishi lozim. Jinoyat sodir etgan bunday shaxslarni davolash ayni vaqtda ularga nisbatan tayinlangan jazo maqsadiga erishish uchun zarur sharoitni yaratishdan iborat. Davolash mahkumlarda spirtli ichimliklar, narkotik moddalar va ularning xomashyolari, psixotrop hamda aql-idrok faoliyatiga ta’sir kо‘rsatuvchi boshqa moddalardan kelib chiqqan ruhiy va jismoniy tobelikni bartaraf etishi kerak.
Davolash jarayonida terapiyaning sinalgan usullarini qо‘llash ruhiy kasallarni, alkogollarni, giyohvandlarni yoki zaharvandlarni yoxud aqli noraso deb topilgan shaxslarni davolash uchun zarur bо‘lib, ularning ruhiy holatlarini о‘zgartirishga xizmat qiladi. Bu esa shaxsning ijtimoiy xavfliligi yо‘qolganligini tasdiqlash imkonini beradi.
Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llashning umumiy asoslari kо‘rsatilgan. Unda tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini uch toifadagi shaxslarga qо‘llashning umumiy asoslari belgilangan. Bular:
- jazoni aqli raso holatda sodir etgan, ammo hukm chiqarilguniga qadar ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida о‘z harakatining ahamiyatini anglamaslik va о‘z harakatlarini boshqara olmaslik holatida bо‘lgan shaxslar;
- jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm etilgan, ammo jazoni о‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida о‘z harakatining ahamiyatini anglamaslik va о‘z harakatlarini boshqara olmaslik holatida bо‘lgan shaxslar.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin