ORTTIRILGAN TOKSOPLAZMOZ
O'tkir toksoplazmoz — odatda, kasallikning generalizatsiyalangan og'ir turi bo'lib, o'tkir boshlanadi, hamda isitma, mumiy kuchli intoksikatsiya, jigar va taloqning kattalashuvi bilan namoyon bo'ladi. Ko'pchilik bemorlarda turli toshmalar xamda markaziy nerv sistemasining ensefalit, meningoensefalit singari og'ir jaroxatlanishi kuzatiladi. Kasallikning kechishi xar doim og'ir bo'lib, ba'zan o'lim bilan yakunlanadi. O'tkir toksoplaemoz ansefalitsiz o'tishi ham mumkin. Bunda kasallik tifsimon, yoki toshmali turda kechadi.
Surunkali toksoplazmoz ko'pchilik a'zolarning (nerv sistemasi, ko'z, miokard, muskullar va b.) jaroxatlanishi, subfebril harorat hamda surunkali intoksikatsiya belgilari bilan davomli va sust kechuvchi kasalliklar. Xastalik asta-sekin, umumiy quvvatsizlik, ishtahning pasayishi, uyquning buzilishi, tajanglik, yurak o'ynog'i, xotiraning pasayishi, bosh og'rig'i, yurak soxasida og'riq, mushaklar va bo'g'imlarda og'riq, ba'zan ko'rishning buzilishi kabi alomatlar bilan namoyon bo'lib boradi. Isitma oylab davom etishi yoki vaqti-vaqta bilan to'lqinsimon, apireksiya davri bilan almashib, ko'tarilib turishi mumkin. Tarqoq xam periferik (bo'yin, qo'ltiq osti, chov), ham ichki (mezenterial) limfa tugunlarining kattalashuvi juda ko'pchilik bemorlarda kuzatiladi. Bemorlarning yarmidan ko'pida jigar, aksariyatida taloq ham kattalashadi. Yurak-tomir sistemasining zararlanishi xam ko'pchilik bemorlarda kuzatiladi.
Surunkali toksoplazmozda nafas a'zolarining zararlanishi kuzatilmaydi. Ovqat xazm a'zolarining zararlanishi oshqozon sohasida biroz og'riq, ko'ngil aynashi, ishtaxaning pasayishi, qorin kepchishi, qabziyat kabi alomatlar namoyon bo'ladi. Aksariyat bemorlar ozib ketadi. Ko'pchilik bemorlarda nevrotik belgilar (ruxiyatning tez o'zgarishi, ish qobiliyatining pasayishi, tajanglik, o'zida har-xil xastaliklarni qidirish, ayniqsa o'sma kasalligi xaqida o'ylash va undan qo'rqish va b.) biroz namoyon bo'ladi. Ayrim bemorlarda esa kuchli isteriya tipidagi nevroz, dieyensefal o'zgarishlar, simptomatik tutqanoq singari og'ir holatlar kuzatilishi mumkin. Qon-tomir vegetativ o'zgarishlar barcha bemorlarda uchraydi.
Ko'plichik bemorlar ko'zida xorioretinit, uveit singari o'zgarishlar bo'lib, ular borgan sari uzoqni ko'rolmaydigan bo'lib boradilar. Endokrin bezlari faoliyatining buzilishi, oqibatida — hayz siklini buzilishi, shahvoniy ojizlik, buyrak usti bezining ikkilamchi yetishmovchiligi, ba'zan qalqonsimon faoliyatining susayishi singari alomatlar kuzatiladi. Periferik qonda — leykopeniya, nisbiy limfotsitoz bo'ladi. ECHT esa o'zgarmaydi.
Latent toksoplazmoz. Ayniqsa birlamchi latent kechishida, kasallikning biron-bir klinik belgisi namoyon bo'lmaydi. Ikkilamchi latent kechishida esa, kasallikning qoldiq belgilara (xorioretinitning eski o'chog'i, ohaklanish, limfa tugunlarini sklerotik o'zgarishi) aniqlanishi mumkin. Bu turda ko'pincha kasallikni zo'riqishi kuzatiladi.
Tug'ma toksoplazmoz. Nisbatan kam uchraydi. Bunga sabab tug'ma toksoplazmozning homilaga faqat platsenga orqali yuqishidir. Bu holat ayolga kasallik homila davrida yoki undan biroz oldin yuqqan taqdirdagina sodir bo'ladi. Homiladorlikning birinchn oylarida homilaning zararlanishi - barvaqt abort, bolaning o'lik to'g'ilishi yoki bolaning og'ir asoratlar (bosh, ko'z, oyoq-qo'llarning, jinsiy a'zolar sh.k. ning yo'qligi yoki chala rivojlanganligi) bilan tug'ilishiga olib keladi.
Tug'ma toksoplazmozni o'tkir turi odatda og'ir, generalizatsiyalashgan xolda kechib - kuchli intoksikatsiya, isitma, sariqlik jigar va taloqning kattalashuvi, terida toshma singari belgilar bilan namoyon bo'ladi. Ko'pchilik bemorlarda bu o'zgarishlar bilan birga og'ir ensefalit va ko'zlarning jarohatlanishi kuzatiladi.
Kasallikning surunkali turi esa avvaliga subfebryu isitma, miozit va limfoadenopatiya bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik kasallik alomatlari asta-sekin so'nib borib, faqat kechirilgan ensefalitning qoldiq belgilari (gidrouyefaliya, oligofreniya, simptomatik epilepsiya), shuningdek, ko'zning turli darajadagi jarrohat (hatto mikro- va anoftalmiya) belgilari saqlanib qoladi.
Tug'ma toksoplazmozning rezidual kechimi - kasallik belgilari faoliyatining asta-sekin so'nishi va ensefalitning qoldiq belgilarni (gidrotsefaliya, oligofreniya, epilepsiya va b.) saqlanishi bilan ifodalanadi. Ko'pchilik hollarda toksoplazmozni aniqlash ancha murakkab bo'lib, tashxis to'liq yig'ilgan anamnestik ma'lumotlarga, ko'z tubini ko'rish, bosh va mushaklarni rentgenologik tekshirishlar natijalariga asoslanadi.
Kasallik tashxisi asosan parazitologik tekshiruvga asoslanmog'i kerak. Ko'zg'atuvchi parazitlarni mikroskop ostida (bo'yalgan qon surtmasi, orqamiya suyuqligi, limfatik tugunlarda va murda kesmalarida) ko'rish mumkin. Homiladorlik patologiyasida toksoplazmozni aniqlash uchun yo'ldoshdan, homila oldi va pardasidan material olinadi.
Serologik reaksiyalardan sezgarlari — Sebin-Feldman bo'yog'i bilan o'tkaziladigan reaksiya, hamda bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (RNGA) va ferment analiz reaksiyasi (RFA) hisoblanadi, shuningdek, toksoplazmoz antigeni bilan o'tkaziladigan komplement bog'lash reaksiyasi (RSK) qo'llaniladi.
Allergik usullardan - toksoplazma bilan o'tkaziladagan teri-allergik sinamasidan foydalaniladi.
Davolash. O'tkir toksoplazmozni davolashda, bevosita trofozolarga faol tasir etuvchi etiotrop dorilar, jumladan xlorid (daraprim) yaxshi samara beradi. Uni 0.025 g dan sutkada 2-3 marta (bolalarga – 1 kg tana og'irligiga 0.5-1.0 mg hisobidan) 5-7 kun davomida sulg'fadimezin (sutkada 2-4 g dan 7- 10 kun) bilan birga beriladi.7-10 kun oralatib 3 ta kurs o'tkazilishi tavsiya etiladi. Yuqorida aytilgan dorilarniig birontasi kasalllikning surunkali turini davolashda to'liq samara bermaydi. Bunday hollarda davolash murakkab bo'lib, vitaminlar va nospetsifik desensibilizatsiyalovchi dorilar bilan bir vaqtda 5-7 kunlik ximioterapiya (delagil, tetrasiklin) kursini o'tkazish kerak bo'ladi.
Shu kurs davomida har kuni ulg'grafiolet nuri bilan umumiy nurlantirish o'tkaziladi. Klinik belgilari yaqqol namoyon bo'lgan va surunkali toksoplazmoz bilan xastalangan homilador ayollarda immunoterapiyaning profiliktik kursi o'tkaziladi. Xomilador ayollar uchun toksoplazmozni yangi yuqishi xaflidir. Bunday bemorlarga 1-2 kurs ximioterapiya o'tkaziladi.
A. Homilador va tug'gan ayollarga - Rovomitsin (speromitsin) bir kunda 3 g. dan 6 hafta davomida: B.Chaqaloqlarga - Rovomitsin - kunda 0.15 g dan 6 hafta davomida beriladi. Biroq kimyoviy dorilarni homiladorlikning birinchi 3 oy davomida berib bo'lmaydi, chunonchi ularning ko'pchiligi homilani jarohatlaydi.
Profilaktikasi. Uy hayvonlarini toksoplazmoz bilan kasallanishiga qarshi tadbirlar, mushuklar bilan kasallanishiga saqlanish , ootsistalar ifloslangan qul orqali yuqmasliga uchun shaxsiy gigiyenaga amal qilish, pishirlmagan qiyma va chala pishirilgan go'sht istemol qilishi taqiqlash kabi tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu qoidalarga ayniqsa homilador ayollar qatyiy amal qilmoqlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |