Tibbiyot institutlari qoshidagi


NAFAS YO'LI ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLAR



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə44/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

NAFAS YO'LI ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLAR

Bu guruhga mansub kasalliklarda qo'zg'otuvchi mikrob bemor organizmidan nafas yo'llari orqali chiqib, havo-tomchi yo'li bilan tarqaladi. Sog'lom odam organizmiga mikrob nafas yo'llari orqali tushadi. Gripp, qizamiq, qoramiq, suvchechak va boshqa kasalliklar it guruhga kiradi.



GRIPP

Gripp - keng tarqalgan xastalik bo'lib, o'tkir kechishi, yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, asab hamda yurak-tomir sistemasi faoliyatining buzilishi bilan kechadi. U yukumli kasalliklar ichida eng ko'p uchraydigan xastalik hisoblanadi.



Etiologayasi. Kasallik qo'zg'otuvchisi — virus. Uning A, A1 A2, V, S deb nomlanadigan turlari ma'lum. Ular bir-biridan antigen tuzilishiga ko'ra farq qiladi. Ayniqsa A turiga mansub viruslar vaqti-vaqti bilan tuzilishini o'zgartirib turadi. Unga xos ravishda virusning xususiyatlari ham o'zgaradi. Yangi xususiyatli virus paydo bo'lishi katta epidemiyalar va pandemiyaga sabab bo'ladi.

V va S turidagi viruslar kam uchraydi. Gripp viruslari tashqi muhitda unchalik turg'un emas. Kuyosh nurlari ta'sirida tez nobud bo'ladi. Xona sharoitida bir necha soatdan so'ng yuqish ehtimoli yo'koladi. Past harorat, ayniqsa 0°S dan past bo'lgan xaroratda virus uzoq saqlanadn. Keng qo'llanadigan dezinfeksiya vositalari: xloramin, xlorli ohak, formalin, kislota va ishqorlar ta'sirida gripp virusi tez nobud bo'ladi.



Epidemiologiyasi. Gripp barcha mamlakatlarda uchraydigan kasalliklar. Har 2-3 yilda gripp epidemiyalari takrorlanib turadi. Infeksiya manbai bemor hisoblanadi. Kasallikni "oyoqda o'tkazayotgan" — yengil turi bilan og'rigan bemorlar ham, yaqqol ifodalangan kasallik alomatlari mavjud bemorlar ham infeksiya manbai sifatida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus organizmdan juda ko'p ajraladi. Bemor aksirganida, to'talganida, gaplashganida virus havo zarrarchalari va so'lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Yaqin atrofdagi odamlarga virus nafas yo'llari orqali tushadi. Axolining zich bo'lishi gripp tarqalishini osonlashtiradi. Yuqish mexanizmi oson bo'lgani uchun gripp qisqa vaqt ichida bir mamlakatlardan boshqa yurtlarga, hatto bir necha kityaga tarqaladi. Shu yo'l bilan gripp epidemiyalari va pandemiyalari kelib chiqadi. Pandemiyalar, davrida o'n millionlab odamlar u bilan kasallanadi va ma'lum qismi grippdan nobud bo'ladi.

Aholining barcha tabaqalari bu kasallikka moyil. Gripp bolalar va keksa yoshdagilarda og'irroq kechadi. Nimjon, turli hastaliklarga chalingan odamlar grippga oson chalinadilar va kasallik ularda og'ir kechadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarga kasallik kam yuqadi.

Gripp bilan kasallanish shahar aholisi orasida kishloqdagilarga nisbatan ko'proq qayd qiladi. Kasallik epidemiyalari asosan qish oylarida ro'y beradi.

Grippdan so'ng hosil bo'ladigan immunitet unchalik turg'un emas. U 3 yildan uzoq saqlanadi. Ikkinchidan, virusning bir turiga qarshi hosil bo'lgan immunitet boshqa xususiyatli virus yuqishidan saqlamaydi.



Klinikasi. Grippning yashirin davri juda qisqa, U bir necha soatdan 1-2 kungacha. Kasallik turli og'irlikda kechishi mumkin. Ko'pincha o'rta og'irlikda kechgan hollari qayd etiladi. Odatda qisqa muddatli boshlang'ich — prodroma davri bo'ladi. Sog'lom yurgan odamning to'satdan mazasi qochadi: eti uvishadi, lohas bo'ladi, isitmasi ko'tarila boshlaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo'ladi. Isitma qisqa muddat ichida 39-400S gacha ko'tariladi. Bu davrda bemor junjikib, sovqotadi. O'ralib yotsa ham tanasi isimaydi. Harorat ko'tarilib bo'lgach, bemor tanasi qiziydi, betoqat bo'ladi. Qo'l-oyoq muskullari, suyaklar qaqshab og'riydi. Bel sohasida ham og'riq bo'ladi. Bosh qattiq og'riydi. Ayniqsa boshning peshona va chakka qismlarida og'riq, kuchli bo'ladi. Va'zan bosh aylanib, ko'z tinishi kuzatiladi Uyqu buziladi. Ko'z soqqalari ham og'riydi, qizarib ketadi. Ko'zni harakatlantirganda og'riq kuchayadi.

Kasallik og'ir kechgan hollarda kungil aynashi, qusish holatlari kuzatiladi. Ba'zan burun qonaydi, tufuk va siydik qon aralash bo'ladi.

Grippning dastlabki soatlarida tomoq quriydi, bir narsa tiqilayotgandek seziladi, nafas olish tezlashadi. Kasallikning 2-kunidan boshlab burun bitib qoladi. Sillani quritadigan quruq yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi.

Bemorni ko'zdan kechirganda yuz-ko'zlari qizargan bo'ladi. Yuz biroz kerikadi. Kasallikning 3-4 kunidan so'ng lab va burun atroflarida uchuq toshgan bo'lishi mumkin. Qo'l va tana terisi ko'pincha qizargan bo'ladi. Og'ir holatdagi bemorlarda esa aksiicha, teri oqaradi, ba'zan ko'kimtir tusga kiradi. Tomoqni ko'rganda u tekiz qizargan bo'ladi. Og'iz shilliq qavati biroz qavaradi. Yumshoq tanglayda, ba'zan mayda kon quyilishlar paydo bo'ladi.

Burun shilliq qavatida giperemiya kuzatiladi, qavargan bo'ladi. Burundan tez-tez tiniq suyuqlik ajralib turadi. O'pkani eshitib ko'rganda ba'zan quruq xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirilganda o'pkada bronxit alomatdari borligi ko'rinadi.

Tomir urishi tezlashada. Yurak tonlari eshitilishi sust bo'ladi. EKG da intoksikatsiya ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar aniqlanadi. Qonni tekshirganda leykopemiya, ECHT pasayishi xarakterli.

Gripp asoratsiz kechganda 3-5 kun ichida tana harorati pasayadi. Bemorning axvoli yaxshilana boshlayda. Ishtaxa paydo bo'ladi. 4-5 kundan so'ng yo'tal qamayib, balg'am ajraladi. Quvvati asta-sekin tiklanadi. 8-10 kundan so'ng bemor butunlay sog'ayib ketadi.

Keksalarda kasallik cho'zilib ketada. Ilgari mavjud hastaliklar: yurak, jigar, buyrak kasalliklari va boshqalar grippdan so'ng zo'rayadi. Grippdan o'lim ham asosan keksalar va bolalarda uchraydi.

Grippning o'zidan ham asoratlari og'ir. Meniktoensefalit grippning xavfli asoratlaridan hisoblanadi. Pnevmoniya esa eng ko'p asorati hisoblanadi. Periferik nervlariing shamollashi (nevrit, pleksit, radikulitlar), miokardit, piyelonefrit sh gaymorit kaba asoratlar ham uchrab turadi. Gripp asoratlari kasallikning o'tkir davrida yotish rejimiga rioya qilmagan, uni yurib "oyoq ustida" o'tkazgan bemorlarda ko'proq kuzatiladi.

Gripp boshqa resperator kasalliklardan shiddatli boshlanishi, intoketkatsiyaning kuchliliga, xaroratning qisqa muddatda ko'tarilib ketishi kabi klinik alomatlar bilan farq qiladi.



Tashhisi. Epidemiya davrida gripp diagnozini kasallikning klinik alomatlariga qarab qo'yish mumkin emas.

Laborator diagaostika maqsadida kasallikning dastlabki davrida bemor burni va tomog'idan surtma olib fiziologik eritmada laboratoriyaga yuboriladi. U yerda sinama olib, tovuq; tuqumiga ekish va ma'lum sharoitda o'stirib virusni topish mumkin. Erta tashxis qo'yish maqsadida lyuministent diagnostika usulidan foydalaniladi. Buning uchun tomoqdan olingan surtma maxsus jilo berilgan (fluoressirlangan) antitelo bilan aralashtiriladi. Uni lyuministent ostida ko'rilsa, antigen antitelo bilan qushilib, yadrosi yorqin rang beradi.

Gripp diagnostikasida serologik reaksiyalardan ham foydalaniladi. Gemagglutinatsiyani to'xtatish reaksiyasi (RTGA -reaksiya tormojeniya gemaglyutinatsii) va komplementni bog'lash reaksiyasi (KBR) shular jumlasidan. Bu reaksiyalarni qo'yish uchun bemorlardan 2 marta (kasallikning o'tkir davrida va oradan 10-14 kun o'tkazib) qon olinadi. Bunda keyingi olingan qonda reaksiya titra avvalgisidan kamida 4 marta ortishi kerak.

Davolash. Gripp bilan og'rigan har bir bemorni shifoxonaga yotqizib davolash shart emas. Gripp epidemiyasi davrida faqat kasallik og'ir holda kechayotgan bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Boshqa hollarda bemorlar uyida davolanadi. Bemor alohida xonaga yotqizib qo'yiladi. Kasallik avj olgan davrda bemor kamida 4-5 kun yotishi kerak. Bemor yetgan xona issiq xamda havosi tez-tez yangilatib turilishi zarur. Bemorga alohiada idish-tovoq, piyola ajratiladi. Ular har safar bemor foydalangandan so'ng yuvib, qaynoq suv bilan chayib yuboriladi. Bemorni parvarish qilayotganlar o'zlarini ehtiyot qilishlari uchun 4 qavatli dokadan tikilgan niqob tutib olishlari lozim. Uni xar 4 soatda almashtirib turiladi.

Grippni davolashda dastlabki kunlarda leykotsitar interferon foyda berishi mumkin. Gammaglobulin (3.0 ml dan) profilaktika maqsadida xam, og'ir hollarni davolashda ham ko'llanadi. Antibiotiklar asoratsiz kechayotgan grippni davolashda xech qanday naf bermaydi va tayinlanmaydi.

Davolash uchun simptomatik dorilar keng qo'llanadi. Og'riqni kamaytirish va isitmani tushirish maqsadida analgin, sitramon, amidopirin, aspirin, pentalgin kabi preparatlar buyuriladi. Ularni ovqatdan so'ng berish tavsiya etiladi. Zarur bo'lganda isitmani tushurish uchun peshonaga qisqa vaqt muz solingan xaltacha quyiladi. Yo'talni kamaytirishga terpingidrat, kodterpin, tusupreks kabi tabletkalar yoki altey damlamasiga eufillin qo'shib beriladi. Ko'krak qafasining orqa tomoniga xantal surtilgan qog'oz qo'yib turish yoki oyoqni xantal eritilgan issiq suvga 5-10 daqiqa solib o'tirish nafasni yengillashtarib, yo'talni xam biroz kamaytiradi.

Bemorga maxsus parhyez tayinlanmaydi. Lekin ishtaha pasayishini a'tiborga olib, ko'proq suyuq taomlar yeyishi tavsiya etiladi. Qaynatma va qovurma sho'rva, mastava, shirqovoq, ugra oshi, shirguruch, Shavla va boshqalar ham oson xazm bo'ladi. Bemor ko'proq suyuqliklar ichib turishi lozim. Shirchoy, limonli yoki murabbali choylar (aynqsa, malina va smorodina murabbolaridan) asal choy, xonadonda tayyorlangan kompotlarni iliq va issiq xolda tez-tez ichirib turish maqsadga muvofiq. Na'matak damlamasi xam yaxshi naf beradi. Uyqu oldidan qatiqqa qaynoq suv, biroz piyoz va muruch aralashgirib tayyorlangan qoqurum ichish yaxshi terlatadi, uykuni yaxshilaydi.

Bemor bor xonadonda vaqti-vaqti bilan isiriq, tutatib turish, oilada gripp tarqalishining oldani oladi.

Gripp asoratlari ro'y berganda, ularning' o'ziga xos davolash olib boriladi. Keksalar davolanganida yurak va o'pka faoliyatini yaxshilovchi dorilar (kordiamin, sulfokamfokain, korglyukon va boshqalar) qo'llanadi.



Oldini olish. Maxsus profilaktika maqsadida gripp mavsumi boshlanishidan oldin gripp vaksinasi bilan keng miqyosda emlash o'tkaziladi. Birinchi navbatda bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi. Vaksina maxsus sukmushkda eritilib, buringa tomiziladi. Grippning oldini olishda, grippga qarshi gammaglobulin (3.0 ml m/o) qo'llash, burunga interferon tomizish, oksolin moyidan surtish, remantadin ichish xam yordam beradi.

Gripp epidemiyasi vaqtida maktabgacha bolalar muassasalari, internatlar, shifoxonalarda karantin e'lon qilinadi. Tibbiyot xodimlari, savdo va boshqa axoliga xizmat ko'rsatuvchi soxa xodimlari doka niqob tutib ishlashlari kerak.

Kasallik alomatlari bo'lgan bemor shifokorni uyga chaqirtirishi va yotib davolanishi kerak. Gripp epidemiyasida bemorga bir yo'la 7 kunga mexnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Qish faslida ochiq joyda ishlaydigan xizmatchilar uchun vaqti-vaqti bilan isinib turadigan xonalar bo'lishi kerak.

Shaxsiy profilaktika sifatida badanni muntazam chiniqtirish lozim.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin