Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə46/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

Meningokokkli meningit o'tkir boshlanadi. Qisqa vaqt ichida isitma yuqori ko'rsatkichlarga yetadi, bemor sovqotadi. Qusish xarakterli hisoblanadi. U ovqat iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lmaydi. Bir necha soat ichida meningit (miya pardasining shamollaniish) alomatlari paydo bo'ladi. Bemor betoqat, jonsarak bo'ladi, alahlaydi. Boshi qattiq og'riyotganidan shikoyat qiladi. Og'irroq xollarda u xushidan ketadi, tirishishlar kuzatiladi. Bemor shu kasallikka xos majburiy holatni egallaydi. Uning boshi orqasiga tortib ketgan, oyoqlari buklanib, tizzasi qorniga tiralgan, ko'pincha ko'zlari yumuq bo'ladi. Meningitga xos bo'lgan ensa mushaklarining tarangligi, Kernig va Brudzinskiy alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Teri sezuvchanligi keskin ortadi. Hatto terini paypaslash ham og'riq qo'zg'otadi.

Og'irroq hollarda kalla-miya nervlari jarohatlanishi tufayli ko'zda g'ilaylik, yuz nervi falajiga xos alomatlar (og'iz qiyshayishi bir tomonlama pastki qovoq osilib turishi va x.k.) kuzatiladi.



Laboratoriya diagnostikasi maqsadida bakteriya tashuvchilik va nazofaringitni aniqlash uchun burun va tomoqdan sterillangan pilik bilan aloxida ravishda surtma olinadi. Uni qurib qolmasidan tezda laboratoriyaga yotqizishadi.

Meningitda laboratoriya diagnostikasi maqsadida orqa miyadan suyuqlik oqib tekshiriladi. Bu kasallikda orqa miya suyuqligi ignadan bosim orqali otilib yoki tez tomchilab chiqadi. Chiqayotgan suyuqlik tiniq bo'lmaydi, bazan yiringli bo'ladi. Shu suyuqlikdan sterillangan probirkaga olib, laboratoriyaga jo'natiladi. Laboratoriyada undan surtma tayyorlab mikroskop ostida meningokokklarni topishi mumkin.

Meningitda orqa miya suyuqligi tarkibida globulinlar miqdori ortib ketadi. Uni Pandi va Nonne-Apelt reaksiyalari vositasida aniqlanadi. Reaksiya natijasi, tekshirilayotgan suyuqlik qo'shilgan eritma rangi qanchalik loyqalashiga qarab 4 darajaga bo'linadi. Ular + belgisi bilan aniqlanadi. ++++ belgisi orqa miya suyuqligida globulinlar g'oyat ko'pligidan darak beradi.

Davolash. Meningokokkli infeksiya shubha qilingan bemor shifoxonaga yotqizib davolanadi. Davolash serqirra bo'lishi va imkoniyat boricha erta boshlanishi kerak.

Bakteriya tashuvchilik va meningokokkli nazofaringitni davolashda 5 kun davomida levomitsetin yoki ampitsillin kabi preparatlar ichishga beriladi. Nazofaringitni davolashda, shuningdek, tomoqni borat kislotasining 2% li yoki furatsillinning 0.02 % li eritmasi bilan chayish zarur. Fizioterapevtik vositalardan ham foydalaniladi.

Meningokokksemiya va meningitni davolashda asosiy vosit penitsillin hisoblanadi. U katta dozalarda va kuniga 6 marta (bolalarga 8 marta) yuboriladi. Bemorning har bir kilofam vazniga kuniga 200.000-300.000 TB gacha yuboriladi. Shu hisobdan olganda katta yoshdagilar kuniga 12-18 mln TB gacha penitsillin oladi. Dorini dastlab vena tomiri orqali ham yuborish mumkin. Davolash 5-8 kun davom etadi.

Penitsillin naf bermagan yoki u kamyob bo'lgan hollarda levomitsetin-suksinat tayin qilinadi. U har bir kg vazinga sutkada 50-100 mg dan har soatda muskul orasiga yuboriladi. Davodash kursi 6-8 kun.

Antibiotiklar bilan bir qatorda patogenetik davolash ham olib boriladi. Intoksikatsiya kamaytirish maqsadida Ringer -eritmasi, gemodez, glukoza eritmalari tomir orqali yuboriladi. Lekin organizmda ortiqcha suyuqlik yig'ilmasliga uchun o'z vaqtida siydikni haydovchi preparatlar qo'llab turiladi.

Bemorni tinchlantirish maqsadida promedol, aminazin, dimedrol (yoki pipolfen) aralashmasidan kuniga 2-3 mahal muskul orasiga yuboriladi. Boshqa dori-darmonlar zaruratga qarab tayinlanadi. Bemorni yahshi parzarish kilish lozim. Ovqat yuta olmaganida zond orqali sun'ny ovqatlantiriladi.

Shifoxonadan chiqib ketish oldidan bemorning burni va tomog'idan surtma olib bakteriya tashuvchilik bor-yuqligi aniqlanadi. Oldini olish. Tor va nam xonalarda odamlar g'uj bo'lib yashamasliklari kerak. Xonani tee-tez shamollatib turish lozim. Tomog'ida surunkali kasalligi bor odamlar vaqtida davolanib olishi maqsadga muvofiq. Maxsus profilaktika maqsadida meningokokk vaksinasini qullash mumkin. Uning epidemiologik samarasi yetarli emas.

QIZAMIQ

Qizamiq — umumiy intoksikatsiya, nafas yo'llari, ko'z, og'iz shilliq qavatlarining yallig'lanishi va terida dog'li toshma toshishi bilan kechadigan g'oyat yuqumli kasallik.

Qizamiq insoniyatga uzoq davrlardan ma'lum. U kichik yoshdagi bolalar orasida ko'p uchraydigan, og'ir kechadigan va o'lim hollarini yuqori bo'lgan kasallik hisoblanardi. Jumladan, Ovrupoda 1900-1910 yillar davomida qizamiqdan bir million bola nobud bo'lgani to'g'risida malumotlar bor. Yoshi, irqi, yashash joyi va ijtimoiy ahvolidan qatiy nazar, barcha kishilar qizamiqqa moyil hisblanadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - virus. U qavariq shaklda bo'lib, diametri 120-250 nm. Virus antigenlari to'qima hujayralarini jarohatlash (sitopatik tasir) hususiyatiga ega. Tibbiy sharoitda qizamiq virusi faqat odamlarda kasallik paydo kiladi. Laboratoriya sharoitida sun'iy ravishda faqat maymunlarga yuqtirish mumkin.

Tashqi muhitda qizamiq virusi ultrabinafsha nurlar ta'sirida tez nobud bo'ladi. Past labaroratda, ayniqsa muzlatilganda uzoq saqlanadi. Antibiotiklar qizamiq virusiga tasir qilmaydi. Interferon tasirida virus nobud bo'ladi.



Epidemiologayasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Bemor kasallik yashirin davrining oxiridan boshlab, butun orodroma davri mobaynida va terida toshma paydo bo'lganida so'ng 1-2 kungacha virusni atrofidagalarga ko'p tarqatadi. Keyinchalik bemorning infeksiya manbai sifatidagi ahamiyati kamayadi. Bemor kasallikning dastlabki davrlarida gaplashganida, yo'talganida va aksirganda so'lak zarrarchalari bilan atrofga ko'plab virus tarqatadi. Virus 10 metr masofagacha tarqalib, sog'lom odamlarga yuqishi mumkin.

Sog'lom kishi organizmiga virus nafas yo'llarn orqali tushadi, yani havotomchi yo'li bilan tarqaladi. Kupchiliq qizamiq bilan yoshligida kasallanishi sababli, katta yoshdagalarda u kam uchraydi. Bolalarni qizamiqqa qarshi yoppasiga emlash yo'lga qo'yilganidan beri, qizamiq emlanmay holgan katta yoshdagilar orasida ham uchrab turadi. Kasallikdan so'ng turg'un (butun umr saqlanadigan) immunitet hosil bo'ldi.

1967 yildan boshlab kichik yoshdagi bolalar respublikamizda qizamiqda qarshi yoppasiga emlana boshladi. Buning natijasida bolalar orasida qizamiq kasalligi keskin kamaydi.

Klinikasi. Qizamiq kasalligi kechishida davriylik yaqqol seziladi. Xastalik kechishi 4 davrga bo'linadi: yashirin davr, prodroma (katar) davri, toshma toshishi va toshish yo'qolishi davrlari.

Kasallikning yashirin davri o'rta hisobda 9-11 kun, ba'zan 3-4 haftagacha boradi. Gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr uzoqroq bo'ladi. Bu davrda ba'zan qisqa muddatli xarorat ko'tarilishi, tumov alomatlari, qovoq kerikishi, ishtaha yo'qolishi, serxarxashalik kabi alomatlar bo'lishi mumukin.

Prodroma davrida kasallikka xos bo'lgan alomatlar paydo bo'ladi. U odatda 3-4 kungacha davom etadi. Bu davr umuman intoksikatsiya va nafas yo'llarining yallig'lanish alomatlari bilan boshlanadi. Tana xarorati 38-39S gacha ko'tariladi. Bola lanj bo'ladi, ko'p yig'laydi. Ishtaxasi yo'qoladi, ko'z va og'iz shilliq qavatida kataral yallig'lanishi ro'y beradi. Burun bitib qoladi, ko'plab ba'zan tinimsiz ravishda suyuqlik oqib turadi. Bola ko'p aksiradi. Hiqildoq kekirdak va bronxlar yallig'lanishi tufayli quruq, qisqa yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi (xalq iborasida quv-quv yo'talish). Ovozi bo'g'ilib qoladi.

Ko'z konyunktivasi yallig'lanadi. U qizarib ketadi, qavaradi, tomirlari kengayadi. Ko'zdan yosh oqib turadi. Bemor yorug'likka karay olmayda. 1-2 kundan so'ng ko'z va burundan oqayotgan suyukdik yiring aralash bo'ladi.

Bemorning yuz-ko'zi, burun va lablari kerikadi. Prodromaning 2-3 kunida og'izda lunj shilliq qavatida mayda, oq rangli, nuqtasimon, biroz turtib turadigan toshmalar paydo bo'ladi. Bunday toshmalar qizamiqqa xos belgi hisoblanadi. Ularni Belskiy - Filatov Kuplik dog'lari deb ataladi. Ba'zan toshmalar juda ko'p bo'lib, og'iz shillik, qavatini butunlay qoplaydi. Bu toshmalar 2-3 kundan so'ng yo'qolib, o'rnida qizgish dog' qoladi.

Og'izda toshmalar paydo bo'lgan muddatda qattiq tanglay, murtaklar yuzasi za halqumning orqa devorida enantema - mayda, qizil rangli qon quyulishlar ham paydo bo'ladi.

Toshma toshish davri 3-4 kun davom etadi. Bu davrda isitma qaytadan ko'tariladi va 39-40 S ga boradi. Intoksikatsiya alomatlari ham kuchayadi. Bolaning ishtahasi yo'qoladi. Ko'zidan yiring aralash suyuqlik ko'p ajaralgani tufayli, uyqudan so'ng bola ko'pincha kuzini ocha olmaydi. Og'iz shilliq qavatidagi toshmalar qolmaydi. Yo'tal davom etadi, lekin biroz yumshayda.

Shu davrda qizamiqqa va juda xos bo'lgan teri toshmalari paydo bo'ladi. Toshma avval kuloq orqasi va burun ustida paydo bo'lib, 24 soat ichida bosh, bo'yin, yuz va kukrakning yuqori o'tadi. Ertasiga toshma butun tanaga, 3-kuni qul va oyoqarga tarqaladi. Toshma ostidagi teri rangi o'zgarmaydi.

Toshma dastlab mayda dog' shaklida paydo bo'ladi. Keyin u biroz kattalashib, teri yuzasidan ko'tarilib turadi (dog'li papula ). Ba'zan toshma juda ko'p bo'lib, tutashib ketadi va deyarli terini sog' joyi qolmaydi (tutash eritema). Toshma lolarang bo'ladi, yaltirab turadi, ba'zan teri qichishadi.

Toshma yo'qolishi davrida isitma tusha boshlaydi. Bolaning ahvoli yaxshilana boradi, kataral alomatlar kamayib, yo'qoladi. Tumov va yo'tal ham to'xtaydi. Aynan shu davrda teridagi toshmalar ham yo'qola boradi. Ular qaysi tartibda toshgan bo'lsa, shu tartibda yo'qoladi. Dastlab toshma rangi qo'ng'ir tus oladi va qavarig'i yo'qoladi (teri bilan tekis bo'lib qoladi). Bunday qo'ng'ir dog' terining tarang qilganda yoki bosib ko'rilganda yo'qolmaydi. U 1.5-3 xaftadan so'ng butunlay yo'qolib ketadi.

Teridagi toshmalar yo'qolish davrida kepaksimon po'st tashlash kuzatiladi. Bunday po'sloqchalar ayniqsa, yuz, bo'yin va tanadan ko'p to'kiladi. Kaft va tavonda xech qachon bo'lmaydi.

Ba'zan gammaglobulin olgan yoki qizamiqqa qarshi emlangan odamlarda ham qizamiq uchrab qoladi. Bunday xollarda kasallik qisqa muddatlarda va yengil o'tadi.

O'pka shamollashi qizamiq kasalligida eng ko'p uchraydigan asoratlardan xisoblanadi.



Tashxisi. Qizamiqda kasallikka xos alomatlarning aniq davriylik asosida paydo bo'lishi va yo'qolishi, toshmalarning ko'rinishi va epidemiologik ma'lumotlarga qarab tashxis qo'yish qiyin emas.

Laboratoriya diagnostikasi uchun ayrim shubxali hollarda juft qon zardobi olinib, RTGA serologik reaksiyasi qo'yladi. 7-10 kun oralatib olingan 2-zardobda antitelolar titri kamida 4 marta ortishi kerak.



Davolash. Qizamiqni davolash uchun maxsus dorilar yo'q. Hozirgi vaqtda kasallik unchali ko'l uchramagani sababli qizamiq bilan og'rigan barcha bemorlar shifoxonaga yopqizib davolanadi. Kasallik avj olgan davrda yotish rijimiga rioya qilish kerak. Terini iliq suvda xo'llangan latta bilan artib turiladi. Bolaning ko'zi kuniga bir necha marta iliq suv yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turiladi. Undan so'ng kuniga 2-3 marta 10 % li albutsid eritmasi yoki qizdirib sovutilgan baliq moyidan 1-2 marta tomizib turiladi.

Burun bitib qolganda 2% li efedrin eritmasidan kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan tomiziladi, keyin borat kislota aralashtirilgan vazelin surtiladi. Og'izni ovqatdan so'ng iliq suv yoki 2% li soda eritmasi bilan chayib turiladi.

Beriladigan taomlar ko'proq suyuq holda oson xazm bo'ladigan qilib pishiriladi. qatiq, suzma, sariyog' berib turiladi.

Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida tomirga gemodez, Reopoliglyukin tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda qisqa muddatga gormonal preparatlar (prednizolon, gidrokortizon) tayinlanadi. Vitamin A va V guruxga mansub vitaminlar, askorbin kislotasi buyuriladi.

O'pka shamollashi qo'shilganida ampitsillin, gentamitsin klaforan, sefamizin kabi antibiotiklar qo'llanadi.

Kasallikning oldini olish. Aniqlangan bemor darhol alohidalanadi. U bilan muloqotda bo'lgan, lekin qizamiqqa qarshi emlanmagan kishilar 17 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kun kuzatuvda bo'ladi, bog'chaga qabul kilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, emlanmagan bolalarga darhol 3 ml qizamikqa karshi gammaglobilindan muskul orasiga yuboriladi.

Maxsus profilaktika maqsadida emlash taqvimi asosida xamma bolalar qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanishi kerak. Respublikamizda mavjud taqvimga muvofiq har bir bola 9 va 16 oyligida qizamiqqa qarshi vaksina olishi lozim. Emlanishi lozim bo'lgan bolalarning 90 foizidan ortig'i emlangan taqdirdagina jamoa immuniteti yaxshi bo'ladi va kasallanish keskin kamayadi.



QORAMIQ

Qoramiq — virus qo'zg'atadigan, ma'lum darajada ifodalangan intoksikatsiya, ko'z va burun shilliq qavatlarining yallshilanishi, terida turli toshmalar paydo bo'lishi va tarqalgan limfadenit bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik.

O'tmishda qoramiqni qizamiqdan farq qilishmagan. 1881 yildan boshlab u aloxida kasallik deb hisoblanadi.

Egiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi virus bo'lib, u 1938 yilda kashf etilgan. Virus bemor tomog'idan kasallikning o'tkir davrida olingan surtmadan topilgan. Virusning diametri 60-70 nm. U tarkibida RNK tutgan yadro va uch qavatli lipoprotein qobiqqa ega.

Tashqi muhitda virus turg'un emas. Yorug'lik va issiqlik ta'sirida tez nobud bo'ladi. Muzlatilgan holda uzoq yillar saqlanib qoladi. Yog'larni erituvchi moddalar, efir, xloroform ta'sirida tez nobud bo'ladi. Virus homilador ayollarda yo'ldosh (platsenta) orqali xomilaga o'tishi va unda anomaliya ro'y berishi mumkin (homilaning fiziologik rivojlanishiga nisbatan kursatiladigan ta'sir teratogen ta'sir deyiladi).



Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. u kasallik yashirin davrining oxiri va o'tkir davrining birinchi xaftasida virusni atrofga ko'p tarqatadi. Virus bemor gapirganida, yo'talganida va aksirganida havo va so'lak parchalari bilan atrofga ko'plab tarqaladi. Sog'lom kishi organizmiga havo yo'llari orqali tushadi. Lekin kasallikning yuqib qolish ehtimoli qizamiqdagidan ancha past. Odam zich yashaydigai, havosi kam almashadigan xonalar sharoitida kasallik oson tarqaladi.

Qoramiq barcha yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Asosan maktabgacha va maktab yoshdagi bolalar kasallanadi. Tug'ish yoshdagi ayollar homiladorlikning dastlabki muddatlarida qoramiq bilan kasallansa, virus albatta homilaga o'tadi. Bunday holda ko'pincha bola majrux bo'lib tug'iladi. Uning ko'zi et bilan qoplangan, kulog'i kar va yurak nuqsoni (porogi) bo'ladi. Ular virus tarqatuvchi katta manba xisoblanada. Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ldi.



Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 2-3 hafta. Bu davrning oxirlariga borib quloq orqasi, bo'yin va ensa sohasidagi limfa bezlari kattalashadi.

Kasallik kechishida, shuningdek, prodroma, toshma toshish va tuzalish davrlari farqalanadi. Prodroma davri qizamiqchalik yaqqol ifodalangan bo'lmaydi. Biroq noxushlik, lanj bo'lish, 37.2-37.5 S gacha isitma ko'tarilishi, burun va ko'z shilliq qavatlarining yengil yallig'lanishi kuzatiladi. Ko'p hollarda tilcha va murtaklar qizarib, yallig'langani seziladi. Periferik limfa tugunchalarining deyarli barchasi kattalashadi, paypaslaganda biroz og'riydn. Bu davr odatda 3 kungacha davom etadi.

Kasallikning o'tkir davrida tana harorati 38-38,5 S gacha ko'tariladi. Konyuktivit, rinit, angina va yo'tal zo'rayadi. Shu davrda kasallika xos bo'lgan toshmalar toshadi. Toshma dastlab yuz va boshning sochli qismida paydo bo'ladi. Bir necha soat yoki 1-2 kun o'tgach, toshma tana va oyoq-qo'llarga tarqaladi. Bunda hyech qanday tartib kuzatilmayda. Kaft va tovon terisida toshma bo'lmaydi. Toshma ko'rinishi dog'ga o'xshaydi, bazan teri yuzasidan bo'rtib turadi. Rangi och pushti yoki qizil, kattaligi turlicha: nuqtasimondan guruch donigacha bo'lada. Shakliga qarab toshma dumaloq yoki ovalsimon bo'lishi mumkin, chetlari keskin ajralib turadi. Toshma ostidagi teri ranga o'zgarmaydi, ba'zan biroz qichishadi. Bu davrda barcha periferik limfa bezlarining kattalashgani yaqqol namoyon bo'ladi. Ayniqsa bo'yinning orqa tomoni va ensa sohasi bezlari kattalashgani o'ziga xos hisoblanadi. Oradan 1-3 kuk o'tgach, toshma yo'qolada. Bu vaqti kelib isitma xam tushadi, ko'z va burundagi yallig'lanish alomatlari yo'qoladi. Bemorning axvoli yaxshilanadi.

Qoramiqda barmoqdan olingan qon tarkibining o'zgarishlari xarakterli. Prodroma davrida leykotsitlar soni deyarli o'zgarmaydi yoki biroz ko'payadi. Kasallik avj olgan davrda leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfotsitoz va monotsitoz kuzatiladi. Plazmatik xujayralar va Tyurk xujayralari deb atalmish elementlar paydo bo'lishi bu kasalikka xos. ECHT o'zgarmaydi yoki biroz tezlashadi.

Odatda kasallik tuzalish bilan yakunlanadi. Katta yoshdagilarda pnevmoniya, artritlar, meningoensefalit asoratlar axyonda uchrab turadi.

Tashxisi. Qoramiqni qizamiqdan farqlash ko'pincha qiyin bo'ladi. Periferik limfa bezlarining kattalishishi, toshmalarning betartib paydo bo'lishi, ular yo'qolganidan so'ng dog' va po'st tashlash kuzatilmasligi, periferik qondagi o'zgarishlarga qarab bu ikkala kasallikni farqlash mumkin.

Laboratoriya tashxisi uchun virusologik va serologik usullardan foydalaniladi. Virusologik tekshirishga taxlilni kasallikning dastlabki kunlarida olinadi. Sterillangan tampon bilan tomoq va burundan surtma olib Xenks muxitiga ekiladi. Uni laboratoriyaga muz solingan idishda olib boriladi. Shu davrda virusologik tekshirish uchun bilakdan 2-3 ml qon xam olib yuboriladi.

Amaliyotda serologik usullardan kengroq foydalaniladi. Bu maqsadda kasallik avj olgan davrda va 2-3 xaftadan so'ng 2 marta qon olib laboratoriyaga jo'natiladi. U bilan neygralizatsiya reaksiyasi, gemagglutinatsiyani to'xtatish, komplementni bog'lash va immun flyuoressensiya reaksiyalari qo'yiladi. Qayta olingan qonda antitelolar titri 4 va undan ortiq marta ortishi kasallik tashxisini tasdiqlaydi.

Davolash. Qoramiqni davolashda maxsus dorilar ishlatilmaydi. Kasallikning o'tkir davrida bemor yotib davolanishi kerak. Bemorga servitamin, to'yimli taomlar buyuriladi. Katta yoshdagi bemorlarni davolashda simptomatik dorilardan analgin, amidopirin, uyqu dorilari, allergiyaga qarshi, yurak tomirlar faoliyatini yaxshilovchi preparatlar qo'llanadi. Vitamin preparatlari kam yaxshi naf beradi. Asoratlari bo'lmasa, antibiotik buyurilmaydi.

Kasallikning oldini olish. Bemor odam atrofidagilardan 3 haftagacha aloxidalanadi. Homilador ayollar bemor bilan muloqotdan saqlanishi zarur. homiladorlarning dastlabki davrlarida qoramiq bilan og'rigan ayollarga, majruh bola tug'ish extimoli yuqori bo'lgani uchun bolani oldirib tashlash tavsiya etiladi.

Maxsus profilaktika maqsadida xozir chet elda qoramiqqa qarshi zardob mavjud. U bilan asosan tug'ish yoshidagi ayollar emlanadi.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin