Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə33/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

ICHAK GELMINTOZLARI

Ichak gelmintozlari guruhiga nematodlardan: enterobioz, askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, trixetellyoz, sestodozlardan: teniarinxoz, tenioz, gomenolepidoz va difillobotriozlar kiradi.



Ichak nematozlari

Engerobioz

Enterobioz - odamlar orasida eng keng tarqalgan, ichakning zararlanishi va orqa ichak (anus) atrofida qichish bilan kechadigan surunkali kasallikdir.

Enterobiozni mayda gijja (ostritsa) lar — Enterobius vermicularis qo'zg'atadi. Ostritsalar bilan 30 % (bolalar uyushgan jamoalarida 90 %) gacha odam zararlangan bo'lib, u yer kurrasining barcha qit'alarida uchraydi.

Etiologiyasi. Ostritsalar — oq rangli mayda dumaloq gijjalardir. Urg'ochisi yirikroq (uzunligi 9-12 mm), dum qismi begazsimok cho'zilgan bo'ladi. Erkagi esa ancha mayda (2-5 mm) bo'lib, uning dum qismi buralgan.

Ostritsalar asosan odam ingichka ichagining quyi va yo'g'on ichagining yuqori qismlarida istiqomat qiladi. Uning invaziya darajasi juda yuqori. Ichakka yetilgan va ichki tuhumlar bilan liq to'lgan (5000-15000) urg'ochi parazitlar ichakdan ko'pincha o'zlari faol ravishda, shuningdek, axlat bilan anus atrofi teri burmalari dumba, son terilari xamda jinsiy a'zolarda tuxum qo'yadi va o'zlari halok bo'ladi. Gijjalarning ichakdan chiqishi va tuxum qo'yishi asosan tunda sodir bo'ladi. Oradan 4-6 soat o'tgach tuxumdan invazion hususiyatga ega bo'lgan yetuk lichinkalar hosil bo'ladi. Lichinkalarning yaxshi rivojlanishi uchun 36°S harorati, 90-100 % namlik talab etiladi. Odam ichagida ostritsalar 3-4 haftadan 3 oygacha yashaydi.

Epidemiologiyasi. Enterobiozning birdan-bir manbai — bemor odam. Yuqish yo'li — najas-og'iz. Gijjalar ichakdan chiqib, tuxum qo'yishi chog'ida orasiga yetuk tuxumlar o'rnashib qolishi tufayli avvalo o'ziga qayta yuqishi, shuningdek, atrofdagi ashyolar vositasida boshqa sog'lom odamlarga yuqtirishi mumkin bo'ladi. Chunonchi gijja tuxumi, nafaqat bemoriing ifloslangan terisi, qo'l, barmoqlari va tirnoqlari ostida, balki ichki kiymlari va o'rin-kurpalarida, shuningdek, uyjixozlari, tuvaklari, o'yinchoqlar, gilamlar va sh.k. larda ham saqlanadi. Ularning tarqalishida pashshalarning ham roli kattadir. Kasallik 7-10 yoshli bolalarda, ayniqsa haftalik (yoki doimiy) bog'cha va maktab-internat bolalari orasida keng tarqaladi. Kasallikning keng tarqalishiga gijja tuxumlarining faqat qo'l orqali og'izga tushishi emas, balki ularning uy jixozlari (ayniqsa o'rin-ko'rpa, yostiqlar, paloslar, kigiz va gilamlar) vositasida keng tarqalishi (o'yinchoqlarda 90% gacha) va ularda ma'lum bir vaqt yashashi (3-12 kungacha) sababli havo-chang yo'li bilan ham tarqalishi sabab bo'ladi.

Ostritsalarning umri qisqa bo'lishiga qaramasdan kasallik davomida bemor o'ziga qayta-qayta yuqtirishi (reinvaziya) mumkinligi tufayli enterobioz yillab davom etishi mumkin. Odamlarda parazitlik qiluvchi ko'plab gijja kasalliklari orasida faqat ikki turi enterobioz va gimenolepidoz — kontaki yo'li bilan (bevosita bemor odamdan- sog'lom odamga) yuqishi mumkin.

Klinikasi. Ko'pchilik bemorlarda anterobioa asosan kechqurun yoki tunda anus atrofining qichishi bilan namoyon bo'ladi. Qichishish 1-5 kun davom etib yo'qoladi, 2-3 haftadan keyin esa yana takrorlanadi.

Invaziya ko'p bo'lgan taqdirda, qichishish doimiy va kuchli bo'lib, faqat tunda emas, kunduz kunlari ham bezovta qiladi. Qichishish faqat anus atrofidagina bo'lmasdan chov soha (yaromejnost'), son va qorin terisi hamda, jinsiy a'zolarda ham kuzatiladi. Qichigan joylarni qashish tufayli ikkilamchi infeksiya rivojlanib piodermiya, sfinkterit va paraproktit alomatlari, qizlarning jinsiy a'zolariga o'rmalab kirishi va chiqishi oqibatida - vulvovaginit yuzaga keladi. Bularning barchasi bemorning umumiy ahvoliga salbiy ta'sir etadi. Uyqusi buziladi, ular tajang, serzarda bo'lib qoladilar, ish qobiliyati pasayadi. Bolalar esa injiq, jaxildor bo'lib ozib ketadilar, ba'zilarida bosh og'riga, bosh aylanishi, xotiraning pasayishi, hamda tirishil tutqanoq, xushdan ketish, tunda siyib qo'yish kabi alomatlar kuzatiladi.

Ayrim bemorlarda ishtahaning pasayishi, ich buzilishi ichining suyuq, tez-tez va shilliq, ba'zan qon ham aralash kelishi, vaqti-vaqti bilan qorni g'ijimlab og'rishi va kuchaniq, meteorizm, og'ir kechganda ko'ngil aynash, qusish kabi belgilar namoyon bo'ladi. Appenditsit, jinsiy azolarda ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishi enterobiozda kuzatilgan asosiy asoratlar hisoblanadi. Ostritsalar ingichka ichakni teshib, qorin boshlig'iga tushishi va peritonit rivojlanishi hollari ham kuzatiladi.

Periferik qonda ba'zan kasallikning boshlangach davrida eozinofiliya kuzatiladi.

Enterobioz bolalarda ko'pchilik ichak infeksiyalariga moyillini ortirishi va ularning kechishiga ta'sir etishi ham aniqlangan.



Tashhisi. Enterobiozni aniqash - kasallikka xos klinik belgilar mavjudligi, ba'zan bemor axlati bilan ostritsalar ajralib, chiqish va asosan anus atrofi burmalaridan olingan surtmadan gijja tuxumi topilishiga asoslanadi. Surtmani tong chog'ida, ich kelishidan oldin, yog'och shpatel, paxtali tampon yoki yopishqoq polietilen lenta yordamida olinadi va so'ngra mikroskop ostida ko'riladi. Surtmani bir marta olish ko'pincha natija bermasligi mumkin. Shuning uchun uni 3-5 kun oralab uch marta olish maqsadga muvofiqdir.

Davolash. Enterobiozni davolashda, hozirda ko'proq pirviniy pamoat (vankin, pokvil va sh.k.), piperazin tuzlari, kombantrin, mebendazol (vermoks) keng ko'llanmoqda.

Vankin — zaharli ta'siri kuchsiz preparat, bir marta berilgandayoq 85-100 % bemorlarda ijobiy natija beradi. Uni ertalab nonushtadan so'ng 5 mg/kg hisobidan bir marta beriladi.

Piperazin tuzlari - piperazin sulfat, piperazin adipimat, piperazin sitrat, piperazin fosfat — bir hil sxemada beriladi. Piperazin bir sutkada, bir yoshgacha bolalarga — 0.4 g, 2-3 yoshli bodalarga — 0.6 g 4-6 yoshda — 1 g, 7-9 yoshda — 1.5 g, 10-14 yoshdagilarga - 2 g va 15 yoshdan kattalarga — 3 g miqdorida (kuklik dozani 2-3 bo'lib) ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin beriladi. Davolash kursi 5 kun bo'lib, 7-10 kuk oralatib 2-3 marta takrorlash mumkin. Surgi dorilar faqat qabziyat bo'lgandagina beriladi.

Anus atrofida qichish kuchli bo'lgan taqdirda, davolash kurslari oralig'ida, tunga sodali klizma (1 stakan suvga 1/2 choy qoshiq soda ko'shib) qilinadi.

Kombantrin (pirantel) — enterobkoznya dazolashda 9 yoshdan katta bolalar va kattalarga 100 mg, kichik bolalarga tana og'irligining 1 kg ga 2.5-3.- mg xisobidan bir marta berish kifoya qiladi.

Profilaktikasi. Enterobiozni davolash samarasi bo'lmog'i uchun uni albatta shaxsiy profilaktik choralar bilan birga olib borilishi kerak. Bu choralar — bemor o'zi-o'ziga ostritsalarni qayta yuqtirmasligi va atrofidagi turli buyumlarga gijja tuxumi tushmasligiga qaratilgan bo'lmog'i kerak. Buning uchun bemor kundalik shaxsiy gigiyena amallaridan (tirnoqlarini kalta qilib olish, qo'l va tirnoqlarini doimo toza tug'ish va ularni og'izga solmasligi va shulardan) tashqari ertalab va kechqurun sovunlab mustaxab qilish (ostini yuvish), ich ko'ylak va ishtonini, o'rin, choyshabini har kuni almashtirish zarur. Tunda kiyib yotadigan ishtonining yuqori va pastki qismlari bo'g'ib boylangan bo'lishi kerak. Yechilgan ishton-ko'ylagi va choyshabi yaxshilab kaynatilib, dazmollash lozim. Bemorning tuvaklarini qaynoq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Bemor xonasini lizol va karbol kislota eritmalari bilan tozalab turish lozim. Bolalar jamoalarida kimyoviy profilaktika utkazish ham yaxshi natija beradi.

Kimyoviy profilaktika 4 siklda o'tkaziladi: bir marta kombantrin (10 mg/kg dozada) va uch marta, 12-14 kun oralatib, ikki kundan piperazin adipinat beriladi. Umumiy kurs 6-7 xafta davom etadi.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin