Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə53/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

O'LAT (TOUN, CHUMA)
Toun o'ta havfli yuqumli kasalliklardan hisoblanib, kuchli iktoksikatsiya, limfa tugunlari, o'pka va boshqa a'zolarning jarohatlanishi bilan shiddatli kechadi.

Toun odamzodga qadim zamonlardan ma'lum. Ilgari vaqti-vaqti bilan toun epidemiyalari uchrab turgan. Epidemiyalar davrida guzar, qishloqlar aholisi yoppasiga qirilib ketgan. Odamlar vahimada uy-joylarini tark etib, yangi joylarga ko'chib ketishgan. Shu tariqa toun epidemiyasi o'lkama-o'lka tarqalib ketgan. Toundan nobud bo'lganlar soni millionlab bo'lgan.



Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi toun mikroblari -iyersiniya pestis. Ularning uzunligi 1-1.5 mikron, eni 0.5 mikron bo'lib, tuxumga o'xshash tuzilishga ega. Mikrob tanasi nozik parda — kapsula bilan o'ralgan. Bo'yalganda mikrob qutblari tuk rangli bo'lib bo'yaladi.

Toun mikroblari oddiy ozuqa muhitlarida ham o'saveradi.

25-30°S harorati va rN 6.9-7.2 bo'lgan muhit qulay hisoblanadi.

Tashqi muhitda toun mikroblari turg'un. Past haroratda oylab saqlanadi. 25-30°S da hatto ko'payishi mumkin. Mikrob bilan ifloslangan kiyim-kechak va ashyolarda, bemor balg'ami yoki undan ajralgan yiringda bir necha oy saqlanib turadi. Lizol, karbol kislotasi, formalin, xloramin kabi dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi. 80°S gacha qizdirilganda 5 daqiqadan so'ng, 100°S da bir necha soniyada o'ladi.



Epidemiologiyasi. Toun tibbiy o'chog'li infeksiyalardan hisoblanadi. Kasallik qo'zg'atuvchilarining tabiatda saqlanib kelishi - ma'lum sharoitda yashaydigan kemiruvchilar orasida doimo uchrab turishi bilan bog'liq. Sichqon, qalamush, yumronqozilar orasida vaqti-vaqti bilan toun epizootiyasi uchrab turada. Bu vaqtda juda ko'plab kemiruvchilar qirilib ketadi. O'zbekiston sharoitida Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'istonning katta qismini egallagan Qizilqum cho'llari tounning tabiiy o'chogi hisoblanadi.

Kasallikniig bir hayvondan boshqasiga o'tishida va hayvonlardan odamga yuqishida burgalar katta rol o'ynaydi.

Uy hayvonlaridan tuya toun bilan kasallanishi mumkin.

Odamga kasallik turli ko'llar bilan yuqadi. Kasal hayvondan va bemorni parvarish: qilganda teri orqali yuqadi. Toun mikrobi tutgan burga chaqqanida ham kasallik teri orqali yuqadi. Tounning O'pka tura bilan og'rigan bemor atrofdagilar uchun g'oyat xavfli hisoblanadi. Uning balg'ami bilan millionlab toun mikroblari ajralib, atrofga tarqaladi. Bunda mikrob sog'lom odam tanasiga nafas yo'llari orqali yuqadi. Taun bilan kasallangan tuyani so'yganda, yoki go'shtini istemol qilganda mikrob teri yoki og'iz orqali odam organizmiga tushadi.



Klinikasi. Toun kasalligida yashirin davr 6 kungacha bo'ladi, ko'pincha — 2-3 kun. Xastalik to'satdan, shiddat bilan boshlanadi. Qaltirash bilan isitma ko'tarilib, qisqa soatlarda tana harorati 40-41°S gacha yetadi. Kuchli intoksikatsiya alomatlari bo'ladi. Bemor jonsarak, halovati yo'qoladi, betinch bo'ladi, vahima bosadi. Alahlash hollari ham kuzataladi. Kasallikning yuqish yo'llariga qarab, turli shakllari rivojlanadi.

Eng ko'p uchraydigan teri bubonli hamda bubonli turlaridir. Ular infeksiya teri orqali yuqqanida yoki zararlangan burga chaqishi natijasida kelib chiqadi. Teri-bubonli turida infeksiya kirgan joyda teri bo'rtadi, ichida gemorragik suyuqlik tutgan pustula paydo bo'ladi. Uning atrofidagi teri qizaradi, qattiq og'riydi. Pustula keyinchalik so'rilib ketishi mumkin. Ko'p hollarda esa, jarohatlangan joydagi to'qima nekrozga uchraydi.

Regionar limfa bezlari kattalashib, og'riq beradi. Ular bubon deb ataladi. Bubon ko'pincha chov bezlarida uchraydi. Uning kattaligi tuxumdan, ba'zan undan xam katta (mushtumdek) bo'ladi. Paypaslab ko'rilganda qattiq, qimirlamaydi, og'riydi. Bubon uzoq vaqtgacha so'rilmaydi, u ko'pincha yumshab, yiring bilan to'ladi va teri teshilib, yiring oqib ketadi. Yring tarkibida toun mikroblari juda ko'p bo'ladi.

Tounning bubonli turida infeksiya kirgan joy terisida o'zgarishlar bo'lmaydi.

Kasallik shu bosqichda to'xtab, asta-sekin tuzalish ro'y berish mumkin. Boshqa xollarda esa xastalik avj olib, ikkilamchi o'pka turi yoki ikkilamchi sepsis rivojlanadi.

Kasallik nafas yo'llari orqali yuqqanida tounning birlamchi o'pka turi rivojlanadi. O'pka turi touning og'ir kechadigan xollaridan xisoblanadi. Unda o'pkada gemorragik pnevmoniya rivojlanadi. Isitma o'zoq vaqt yuqori bo'lib qoladi. Qusish, qattiq bosh og'rishi va mushaklarda og'riq kuzatiladi. Ko'krakda xam kuchli og'riq paydo bo'ladi. Nafas qisadi. Yo'tal qattiq bezovta qiladi. Balg'am qon aralash bo'ladi, ba'zan juda ko'p ajraladi. Og'ir xollarda bemor qon tupuradi. Yurak-tomirlar faoliyati keskin izdan chiqadi. Bemor ko'p alaxlaydi, og'ir axvolda bo'lsa xam, turib qochib ketmoqchi bo'ladi. O'lim xollari ko'p uchraydi. Tounning o'pka turi epidemiologik jixatdan juda xavfli. Balg'am bilan ajralayotgan milionlab toun mikroblari atrofdagilarga nafas yo'llari orqali osongina yuqishi mumkin.

Birlamchi yoki ikkilamchi sepsis tounning eng og'ir turi hisoblanadi. Unda mikrob qon orqali hamma a'zolarga tarqaladi.

Intoksikatsiya haddan tashqari kuchli bo'ladi. Bemor doimo alahlaydi. Nafas qisishi kuchli bo'ladi. Terida turli gemorragik toshmalar paydo bo'lada, teri ko'karib ketadi. Odatda kasallikning bu turi 2-3 kunda o'lim bilan tugaydi.

Infeksiya og'iz orqali tushganda tounning ichak turi rivojlanadi. U kuchli intoksikatsiya, qorinda qattiq og'riq paydo bo'lishi bilan kechadi. Ishtaha yo'qoladi. Bemor to'xtovsiz qusadi. Kusuq massasi dastlabki qon aralash bo'lsa, keyinchalik faqat qon qusadi. Ichidan ham qon ketadi. U ham ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

Tounning barcha turlarida ham til yaxlit, "bo'rsimon" oq karash bilan qoplanishi o'ziga xos hisoblanadi.



Tashxisi. Laboratoriya diagaostikasi maqsadida, kasallik turiga qarab, yaradan, yiringdan yoki balg'am, qusuq massasi, najasdan taxlil olib, sterillangan idishda muxsus laboratoriyaga biksga solib, jo'natiladi. Tekshirish uchun tahlil olayotgan odam kasallik yuqishidan extiyot bo'lishi kerak. Tahlil olayotganda albatta maxsus jomakor va rezina qo'lqop kiyiladi.

Davolash. Toun bilan og'rigan, xatto unga shubha qilingan har bir bemor albatta aloxida shifoxona (gospital) ga yotqiziladi. Bunday binoda boshqa kasallik bilan og'rigan bemorlarning bo'lishi mumkin emas.

Tounni davolashda antibiotklardan streatomitsin yaxshi natija beradi. Uni bemorning ahvoliga va kasallik turiga qarab kuniga 3-4 mln TB gacha muskul orasiga yuboriladi. Uni teng dozalar ga bulib, har 6 soatda yuborib turiladi. Tetrasiklin, sulfanilamid preparatlar ham tayinlanadi. Davolash kursi 7-10 kun. Davolash tugagach, 3 marta qayta taxlil qilib tekshiriladi.

Bemorning umumiy axvolini e'tiborga olgan holda, patogenetik va simptomatik davolash tam olib boriladi. Intoksikatsiyani kamaytirish maksadida gemodiz, peliglyukin, Ringer eritmasi, 5% glukoza. Eritmalaridan kuniga 2-2,5 litr tomir orkaga tomchilab quyib turiladi. Yurak-tomir faoliyatin yaxshilash uchun kordiamin, strofantin, korglyukok, efedrik, sulfokamfokain kabi preparatlar buyuriladi. S vitamin eritmasi tomchi dorilarga qo'shib yuboriladi. Bubon yiringlaganida jarroxlik yo'l bilan davolanadi.

Bemorni davolovchi shifokorlar gospital yopilguniga o'sha shifoxonaning o'zida alohida binoda yashaydilar. Ular avvalo o'zlariga kasallik yuqmaslik chorasini ko'rishlari kerak. Bu maqsadda bemor oldiga kiradigan har bir shifokor maxsus tounga qarshi kiyim (kalta paypoq, rezina etik, pijama yoki kombenizon, peshonabop, uzun tibbiy xalat, konserv-ko'zoynak, maxsus qalin doka-paxtali niqob, rezina ko'lkop va sochiq) kiyib olishi lozim (5-rasm).

Bemor yotgan xonada dezinfeksiyalovchi eritmalar oldindan ko'p miqdorda tayyorlab qo'yilishi kerak. Bemordan ajralayotgan barcha chiqindilar darxol zararsizlantiriladi. Qilingan har bir muolaja, olingan taxlildan so'ng qo'l dezinfeksiyalab turiladi. Ishlatilgan tibbiy ashyolar ham zararsizlantiriladi. Bog'lam materiallari, qimmatbaho bo'lmagan anjomlar dezinfeksiyadan so'ng yoqib yuboriladi. Barcha harakat infeksiyani chetka chiqarib yubormaslikka qaratilgan bo'ladi.

Oldini olish. Tounining profilaktikasi mamlakatimizda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Toshkent, Buxoro, Uchquduq, Nukus shaharlarida maxsus toun (o'latga) qarshi kurashish stansiyalari va ularning bo'limlari mavjud. Bu tashkilotlarning epidemiolog, parazitolog, bakteriolog kabi mutaxassislar har yili bir necha oylab tounning tibbiy o'chog'i xisoblangan xududlarda yashab, mexnat qiladilar. Ular kemiruvchilar orasida tounning tarqalishi darajasini muttasil o'rganib boradilar. Kuzatuv natijalari haqida sog'liqni saqlat organlari xabardor qilib turiladi. Ushbu tadbirlar majmuasi tufayli, tounning xayvonlardan odamga yuqishining oldi olinadi.

Maxsus profilaktika maqsadida tounning tibbiy o'chog'i va uning atrofida yashaydiganlar tounga qarshi vaksina bilan emlanadi. Ular orasida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Kasallik aniqlangan hollarda, bemor bilan muloqotda bo'lgan barcha kishilar darhol maxsus shifoxonaga yotqiziladi. Ular 7 kun mobaynida tibbiy kuzatuvda bo'ladilar. Shu vaqtda shoshilinch profilektika maqsadida 7 kun davomida antibiotiklar (tetrasiklin, streptomitsin) berilada.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin