Tibbiyot institutlari qoshidagi


ZOONOZ YUQUMLI KASALLIKLAR



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə52/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#47700
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

ZOONOZ YUQUMLI KASALLIKLAR

Hayvonlarda uchraydigan va turli mo'ylar bilan yuqib, odam ham kasallanadigan xastaliklar zoonoz kasalliklar deb ataladi.

Ularga brutselloz, toun, kuturish, kuydirgi va botqa kasalliklar kiradi.
BRUTSELLOZ (QORA OQSOQ)
Brutselloz - surunkali kechishga moyil, tayanch-harakat apparati, periferik nervlarni ko'proq jarohatlaydigan, uzoq davom etuvchi isitma bilan kechadigan kasallik. U uy hayvonlari orasida uchrab turadi. Sut soruvchilar, molboqarlar, cho'ponlar, veterinarlar, qushxona xizmatchilari va teri oshlash sohasi ishchilari uchun brutselloz kasb kasalligi xisoblanadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchilari brutsellalar deb ataladi. Odamda kasallikni keltirib chiqaradigan brutsellalar 3 turga bo'linadi.

1. Brutsella melitenzis — mayda shoxli hayvon (qo'y, echki) larda kasallik qo'zg'atuvchi brutsellalar.

2. Brutsella abortus bovis - qoramolda brutselloz qo'zg'atuvchi mikroblar.

3. Brutsella abortus suis — cho'chqalarda brutselloz qo'zg'atadi.

Odamda uchraydigan brutselyoz kasalligini ko'pincha brutsella melitenzis qo'zg'atadi.

Brutsellalar biroz cho'zinchoq yoki ellipssimon shaklda bo'lib, uzunligi 0.3-0.6 mikron. Ular 36-37°S haroratda rN 8.8-7.2 bo'lgan sharoitda yaxshi o'sadi. Brutsellalar sekin o'sadigan mikroblardan hisoblanadi. 4 hafta o'stirilganidan keyingina toza kulturasini olish mumkin.

Quyosh ta'sirida brutsellalar tez nobud bo'ladi. 80-85°S qizdirilganida 5 daqiqada, kaynatilganida — o'sha zahoti o'ladi. Sovuq haroratda yaxshi saqlanadi.

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai brutselloz bilan og'rigan va hayvonlar xisoblanadi. Kasal hayvon yaxshi semirmaydi, ko'pincha chala tug'ib qo'yadi. Brutsellalar kasal hayvon siydigi va go'ngi bilan ajralib, hayvon juni, terisida uzoq saqlanadi. Shuningdek yaylovdagi o't-o'lan, suvga ham tushadi, ostidagi poxol ham zararlanadi. Shu tariqa brutselloz hayvonlar orasida tarqaladi. Brutsellelar kasal hayvon suti bilan ham ajraladi.

Odamga kasallik asosan kasal hayvonlarni parvarish qilish, so'yish va nimtalash vaqtida hamda terisini oshlaganda yuqadi. Bunda infeksiya odamga teri orqali tushadi. Ba'zi olimlarning fikricha, nafas yo'llari va konyuktividan ham kirishi mumkin.

Chorvadorlarga kasallik ko'pincha qo'zilatish davrida yuqadi. Chunki, brutselloz hayvonlarning homilasi yuzasida, atrofidagi suyuqlikda, yo'ldoshda brutsellalar juda ko'p bo'ladi.

Kasal hayvon go'shtini yaxshi pishirmay iste'mol qilganda yoki sutini qaynatilmasdan ichganda, brutsellalar organizmga og'iz orqali tushadi.

Brutselloz ko'proq qishloq aholisi orasida uchraydi, Bahor oylarida kasallik ko'proq qayd etiladi. Shahar aholisi orasida brutselloz asosan kasal hayvon sutini qaynatmay ichishi tufayli kelib chiqadi.

Bemor odamdan brutselloz boshqa sog'lom kishilarga va hayvonlarga yuqmaydi.



Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 1-2 hafta. Klinik kechishga qarab brutsellozning o'tkir (3 oygacha), cho'ziluvchan (6 oygacha) va surunkali (6 oydan ortiq) turlari farqlanadi. Brutselloz organizmning umumiy kasalligi hisoblansa ham, unda tayanch-harakat, yurak-tomir va nerv sistemalari jarohatlanishi yaqqol ifodalanadi.

O'tkir brutselloz qisqa muddatli prodroma davri bilan boshlanadi. Bu davr bir haftagacha davom etadi. Shu vaqtda bemor lohas bo'ladi, tez charchayda, kayfiyati buziladi, ishtahasi pasayadi. Ba'zan biroz bosh og'rishi kuzatiladi.

Bu alomatlar o'sa borib, kasallikning avj olish davri boshlanadi. Uning o'ziga xos belgalari mavjud. Junjikish, qaltirash bilan isitma 38-39°S gacha ko'tariladi, keyin kuchli terlash kuzatiladi. Bu xolat uzoq muddat, ba'zan kuniga 1-2 marta takrorlanib turadi. Kundalik isitma o'tkir brutsellozda remittirlovchi xususiyatiga ega. Isitma egri chizig'i esa to'lqinsimon bo'ladi. Harorat uzoq vaqt yuqori bo'lishiga qaramay bemorda ich terlamaga o'hshash quchli intoksikatsiya kuzatilmaydi. Isitma pasaygan soatlarda bemor o'zini durust xis qiladi.

Bemorni ko'zdan kechirganda, dastlabki kunlarda yuzi biroz qizargai bo'lsa xam, keyinchalik oqish bo'ladi, biroz kerikadi. Teri oqargan, nam bo'ladi. Ayrim hollarda, izsiz yo'qoladigan, qisqa muddatli toshmalar toshadi. Periferik limfa tugunlarining kattalashishi o'ziga xos xisoblanadi. Bo'yin, qo'ltiq osti, chov bezlari kattaligi loviyadek bo'lishi mumkin, paypaslanganda og'rimaydi. Ba'zan teri ostida (ayniqsa orqada) qattiq paypaslaganda og'riydigan tuguncha -fibrozitlar paydo bo'ladi.

Tomir urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. Yurak tonlari sust eishitiladi. Jigar va taloq kattalashishi brutsellozga xos alomatlardan hisoblanadi (4-rasm).

Bu davrda bo'g'imlarda biroz og'riq bo'lsa xam, tayanch-xarakat apparati sezilarli jarohatlanmaydi.

Kasallik to'g'ri davolansa, 2-3 haftadan so'ng alomatlari yo'qolib, bemor tuzalishi mumkin. Lekin, bu kasallikdan to'liq forig' bo'linganini anglatmaydi. Vaqt o'tib, turli stress omillar ta'sirida kasallik qaytalanishi yoki uning surunkali turi alomatlari paydo bo'lishi mumkin. O'z vaqtida davolanmagan yoki noto'g'ri davolangan o'tkir brutselloz doimo surunkali turga o'tadi.

Ko'p xollarda brutsellozning dastlabki namoyon bo'lishi surunkali turi alomatlari bilan boshlanadi. Brutsellozning bu turida turli sistema va a'zolarning jaroxatlanishi yaqqol ifodalanadi.

Surunkali brutsellozda tayanch-harakat apparati jaroxatlanishi birinchi o'rinda turadi. Bo'g'imlar, bo'g'im xaltachasi va muskullar shikastlanishi (artrit, bursit, tendovaginit, miozit) tufayli bemor kuchli og'riq sezadi, bo'g'im shishadi, harakat cheklanadi. Ko'proq yonbosh-dumgaza, son va tizza bo'g'imlari jaroxatlanadi.

Periferik nervlar jarohatlanishi radikulit, ishioradikulit, pleksit alomatlari bilan namoyon bo'ladi.

Surunkali brutsellozda jinsiy a'zolarning jaroxatlanishi xam ko'p uchraydi. Erkaklarda orxit, epididimit oqibatida jinsiy faoliyati susayadi. Ayollarda tuxumdon, bachadon va uning naychasi yallig'lanishi uchrab turadi. Oqibatda chala tug'ish kuzatiladi.

Ayrim hollarda olib borilgan davolash muolajalariga qaramay, kasallik mutlaqo yo'qolmaydi. Tayanch-harakat apparati jaroxatlanishi va nevritlar oqibatida bemor nogiron bo'lib qoladi.



Tashxisi. Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida bakteriologik, sfologik va allergologik usullardan foydalaniladi. Kasallikning o'tkir davrida venadan olingan 10 ml qonni ekib, gemokultura olish mumkin. Natija deyarli bir oydan so'ng olinadi.

Kasallikning surunkali turlariga tashxis ko'yishda asosan serologak reaksiyalardan foydalaniladi. Amaliyotda qon zardobi bilan Rayt reaksiyasi keng qo'llanadi. Uning diagnostik titri 1:200. Unga nisbatan sust gemagglutinatsiya reaksiyasi sezgirroq xisoblanadi. Serologik reaksiyalardan bo'lmish Xeddlson reaksiyasi hususiyati pastroq bo'lgani uchun keyingi vaqtlarda kam ko'llanilmoqda.

Allergik reaksiyalardan Byurne sinovi ilgari keng qo'llanardi. U bilan terisi orasiga 0.1 ml brutsallin yuborib, 24 soat o'tgach paydo bo'ladigan qizarish va bo'rtish hajmiga qarab natijasi belgilanadi. Hozir bu reaksiyadan 35am kam foydalanadi.

Davolash. Brutselloz bilan og'rigan bemor kasallikning o'tkir davrida va surunkali turi zo'rayganida shifoxonaga yotqizib davolanadi. Bemor uchun ijobiy davolash-ximoya rejimi yaratish muxim. Spetsifik davolash maqsadida levomitsetin, streptomitsin, tetrasiklin, doksatsillin kabi antibiotiklar qo'llanadi. Ko'p hollarda surunkali brutsellozni davolashda 2 xil antibiotik bir vaqtda tayinlanadi. Davolash kursi 7-10 kun. Zarurat bo'lganida bir xafta oralatib, antibiotik bilan 2-davolash kursi olib boriladi.

Keyingi yillarda 2-davolash kursini geliy-neonli yoki magnitli lazer nurlari bilan olib borish yaxshi samara bermoqda.

Brutsellozning surunkali davolashda brutselloz vaksinasi xam qo'llanadi. Vaksinani teri ostiga, muskul orasiga, xatto vena tomiriga yuborish mumkin. Oxirgi yillarda brutsellozni davolashda vaksina qo'llash keskin kamayib bormoqda.

Kasallikni davolashda bemorning himoya xususiyatlarini oshirishga qaratilgan dori-darmonlar keng qo'llanadi. Bu maqsadda oqsil tutgan preparatlar (albumin, aminopeptid), platsekta, aloe ekstraktlari, V guruhiga mansub vitaminlar buyuriladi. Og'irlikni qoldirish maqsadida rumolon, indometatsin, brufen kabi preparatlar qo'llanadi.

Kasallik avj olmagan (remissiya) davrida fizioterapevtik muolajalar bemor ahvolini yengillashtiradi.

Oldini olish. Brutselloz profilaktikasi borasida veterinar saniatriya va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari hamkorlikda ishlashi kerak. Jamoat chorvachiligida mollarni saqlash va boqish mavjud talablarga rioya qilgan holda bajariladi. Brutselloz hayvonlar sog'lomlaridan ajratilib, alohida joyda boqilishi lozim. Imkon bo'lmasa, brutselloz hayvonlarning barchasini maxsus talabga rioya qilgan holda so'yib yuborish kerak.

Kasbi chorvachilik bilan bog'liq xizmatchilar ish vaqtida shaxsiy gigayena qat'iy rioya qilishlari lozim. Ular brutsellozga qarshi emlanadi. Davlat yo'li bilan sotilgan sut 80°S da pasterizatsiya qilinib keyin sotiladi. Yakka xo'jalikdan sotib olingan sutka qaynatib ichish kerak.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin