Tibbiyot institutlari qoshidagi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə18/66
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#42691
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovah

A va B PARATIFLARI

Bu kasalliklar ham o'tkir kechadigan yuqumli kasalliklardan xisoblanadi. Respublikamizda asosan ichterlama qayd etiladigai xududlarda uchraydi. Kasallik soni ichterlamadan kamroq qayd etiladi.



Etiologiyasi. Bu ikkala kasallik mikroblari xujayrasidagi antigen tuzilishi, ba'zi fermentativ va biokimyoviy faoliyati bo'yicha ichterlama mikrobidan farq qiladi.

A paratifi qo'zgatuvchisi parativ A mikrobi — Salmonella paratyphi, A, B paratifiniki — parataf B (Shotmyuller) mikrobi - Salmonella paratyphi V. Ularning turli sharoitlarda yashash xususiyatlari ichterlama mikroblaridan farq qilmaydi.



Epidemiologiyasi. Bemor tanasidan chiqish, tashqi muhitda tarqalish, sog'lom odam organizmiga tushish yo'llari ichterlamadagiga o'xshash. Tarqatuvchi omillar, mavsumiyligi, profilaktikask bo'yicha ham bu uchala kasallik bir-biridan kam farq qiladi. B paratifi ba'zi hollarda ovqatdan zaharlanish alomatlari (qusish, ich ketishi va h,k.) bilan o'tadi.

Klinikasi bo'yicha ham bu xastaliklarni farqlash qiyinroq. Ayniqsa kasallik yengil kechgan hollarda bu ancha mushkul ish. Odatda paratiflarda xastalikning yashirish davri 3-4 kun qisqaroq. Boshlanishi ichterlamaga nisbatan o'tkirroq: tumov yoki o'tkir gastroenterit ko'rinishnda boshlanadigan hollar ko'proq uchraydi. Og'ir kechadigan turlari ichterlamaga nisbatan kamroq qayd qilinadi. V paratifida qorindagi rozeola toshmalar ko'proq bo'lishi mumkin. Og'ir asoratlar paratiflarda kamroq uchraydi. Ba'zi olimlar fikricha A paratifida retsedivlar ko'proq uchraydi. Paratiflardan keyin ham bakteriya tashuvchilik holati shakllanishi mumkin. Lekin u ichterlamaga nisbatan kam uchraydi.

Diagnostikasi xuddi ichterlamadagidek. Qon, najas yoki siydikdan topilgan mikrob kulturasining xususiyatiga qarab, kasallikning haqiqiy qo'zg'otuvchisi aniqlanadi. A paratifi mikroblari xususiyati salmonella Yava mikroblaridan kam q qiladi. Ularni farqlash uchun D-tartrat reaksiyasi qo'yilada.

A va B paratiflarida qonda leykopeniyaga nisbatan leykotsitoz ko'proq uchraydi.

Davolash, parxez, parvarish qilish tadbirlari ichterlamaga o'xshash.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin