ona organizmini bog’lab turuvchi omil sifatida xizmat qiladi. Bola ona suti bilan
faqat plastik va energetik moddalrnigina emas, balki fermentlar, vitaminlar,
mineral tuzlar, bir qator fiziologik faol birikmalar, masalan, gormonlarni oladi.
Bolani vaqtidan avval ona ko’kragidan ajratish salbiy oqibatlarga olib keladi.
Bola tugilganidan keyin 2-3 kun davomida onaning sut bezlari og’iz suti
ajratadi. Og’iz sutini emish bolaning rivojlanishi uchun muhim. Og’iz suti
tarkibining bola organizmi tarkibiga rostmana sut tarkibidan yaqinroq bo’lishi
chaqaloqning yo’ldosh orqali ovqatlanishdan laktotrof ovqatlanishga o’tishini
yengillashtiradi. Og’iz suti yetuk sutdan quyuqroq bo’lgani sababli, chaqloq uni
oz
miqdorda emsa ham, yetarli miqdorda oqsil, yog’ va boshqa moddalarni
oladi. Og’iz sutida immun globulinlar va turli himoya omillarining ko’pligidan
hazm tizimida passiv mahalliy immunitet kuzatiladi.
Emish – murakkab harakatlar yig’indisi. Bolaning og’ziga ko’krak so’rg’ichi
kiritilganda, uning lablari so’rg’ich atrofidagi teri bilan jipslashadi. Ayni vaqtda
pastki jag’ va til pastga tushadi. Shu payt so’rg’ich sinusi sutga to’ladi. Bola
tilining uchi bilan so’rg’ichni yumshoq tanglayiga bosadi. Natijada sinus
bo’shlig’idagi bosim simob ustunining 80-100 mm gacha ko’tariladi. Bir
vaqtning o’zida til orqasi va ildizining pastga tushishi og’iz bo’shlig’ida manfiy
bosim hosil qiladi. Ketma-ket keluvchi emish harakatlari natijasida bu manfiy
bosim simob ustunining 40-100 mm ga yetadi. Sinus va og’iz bo’shlig’idagi
bosimlar farqi sutni og’izga oqishini ta’minlaydi.
Lablardagi retseptorlarning mexanik ta’sirlanishi natijasida emish refleksi
yuzaga chiqadi. Refleksning afferent yo’llari uchlik nerv tarkibidan o’tib,
uzunchoq miyadagi emish markazida tugaydi. Efferent impulslar markazdan til,
jag’ va lab muskullariga uchlik, yuz va til nervlaridagi tolalar orqali o’tadi.
Emish va so’lak ajralishida ta’m sezuvchi retseptorlarning qo’zg’alishi katta
ahamiyatga ega. Bu retseptrolar bola tug’ilganidayoq faoliyat ko’rsatish
qobiliyatiga ega bo’ladi. Chaqaloq shirin ta’mni achchiq, sho’r,
nordon
ta’mlardan farqlay oladi. Shirin ta’mli moddalar emish harakatlarini yuzaga
chiqarsa, qolgan ta’mlar manfiy javob chaqiradi – chaqloq yuzini burishtiradi,
ko’zlarini yumib, og’zini ochadi va qiyshaytiradi.
SO’LAK BEZLARI
Emish jarayoni samarali bo’lishi uchun bolaning lablari va ona ko’kragining
terisi oralig’idan og’iz bo’shlig’iga havo kirmasligi kerak. So’lak lablar va
ko’krak terisi yuzasini namlab, jipslikni ta’minlaydi. Bolaning tug’ilish davriga
kelib quloq oldi so’lak bezlari sezilarli darajada yetilgan bo’ladi va ularning
rivojlanishi bolalarda davom etadi. Bezda yangi oxirgi bo’limlar paydo bo’ladi,
sekretor hujayralarda ko’p miqdorda mukopolisaxaridlar aniqlanadi. Bola
hayotining birinchi yili davimida bez parenximasi ko’payadi, bo’lakchalar soni
ortadi, ular kattalashadi. Ikki yashar bolalarda ham quloq oldi bezida shilimshiq
so’lak ajralishiga xos belgilar saqlanadi. Bola to’rt yashar bo’lganida bu
bezlarda oqsilli so’lak ajralishi kuzatiladi. Boshqa so’lak bezlarining rivojlanishi
shunga o’xshash bo’ladi.
Chaqaloqning so’lak bezlari oz miqdorda so’lak ajratadi (emish vaqtida – 0,4
ml/min, chamasida, qolgan paytda – 0,01-0,1 ml/min).
Bola hayotining
to’rtinchi oyidan boshlab ajraladigan so’lak miqdori ko’payadi va bir kunda 150
ml ni tashkil qiladi. Tana massasining 1 kg ga hisoblansa, bu vaqtga kelib so’lak
ajralish tezligi kattalarda kuzatiladigan tezlik bilan tenglashganini ko’ramiz.
Ona sutidan tashqari, bolaga qoshimcha ovqat berish, uni aralash ovqatga
o’tkazish so’lak ajralishini jadallashtiradi. Tish chiqish vaqtida so’lak miqdori
ko’payadi. Og’iz bo’shlig’ini jipslashtirib, emish samaradorligini ta’minlashdan
tashqari, so’lak me’dada sutning ivishini tezlashtiradi,
undagi oqsillarning
parchalanishini yengillashtiradi.
Bolalar so’lagining faol muhiti neytral bo’lib, unda fermentlardan amilaza
aniqlanadi. Ammo uning faolligi chaqaloqlik va emizikli davrlarida
kattalarnikidan sust. Bakteritsid ta’siri bor – lizotsim fermentining faolligi ham
ancha past. Ikki yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan davrda so’lakning amilolitik
faolligi keskin ortadi, chunki bu vaqtda uglevodlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni
iste’mol qilish bir necha marta ko’payadi.
Emizikli davri tugab, bola to’la
aralash ovqatga o’tganida, so’lakda maltaza paydo bo’ladi. O’g’il bolalar
so’lagida fermentlar faolligi qiz bolalar so’lagidagidan yuqoriroqdir.
So’lak ajralishini rag’batlantirishda yuzaga chiqadigan shartsiz refleks
yetakchi rol o’ynaydi. Keyin bu refleks asosida xilma-xil shartli reflekslar
shakllanadi. Endi bola onasini ko’rishi, emadigan vaqt kelishining o’zi so’lak
ajralishini ko’paytiraveradi.
Bolalarda ham so’lak ajralishining ovqat sifati bilan bog’liq xususiyatlari
aniqlangan. Sutga nisbatan qatiqli aralashmalar ko’proq so’lak ajralishiga olib
keladi. Sigir sutiga ajraladigan so’lak miqdori ona sutiga ajraladigan so’lak
miqdoridan ko’p bo’ladi.
YUTISH
Chaqaloqning yutishida katta yoshdagi odamlarga nisbatan farq bor. Bu farq
halqum, qizilo’ngach
va hiqildoqning tuzilishi, hamda ularning joylashishidagi
xususiyatlarga bog’liq. Emizikli bolalarning hiqildog’i ikki umurtqa yuqorida
joylashgan. Qizilo’ngach ham yuqoriroqdan boshlanadi, u ancha keng. Shuning
uchun yutish vaqtida sut nafas yo’llariga o’tmaydi. Bola sut yutish vaqtida
nafasini to’xtatmaydi (katta yoshdagi odamlarda yutish nafas olishni
tormozlaydi).
Bolalarda sut (keyinchalik boshqa ovqatlar) nisbatan ancha uzun bo’lgan
qizilo’ngachdan o’tib, so’ng me’daga tushadi.
ME’DA
Chaqaloqning me’dasi yumaloq shaklda bo’lib, bir yashar bolalarda u ancha
cho’ziqroq shakl oladi. 7-11 yoshda uning shakli kattalarnikidan farq qilmaydi.
Me’daning hajmi chaqaloqlik davrida 5-10 ml bo’lib, birinchi oy davomida 30-
35 ml gacha ortadi, yilning oxirida 250-300 ml ni tashkil etadi.
O’sish jarayonida me’daning hajmi ortishi bilan bir qatorda,
uning shilliq
pardasini yuzasi va shilliq pardadagi bezlar soni ko’payadi. Naysimon bezlar
bolalarda kaltaroq va kengroq bo’ladi. Ularning tarkibida glandulotsitlar soni
kamroq, asosiy va pariyetal hujayralar shakli va o’lchami bilan kattalarnikidan
farq qiladi. Endi tug’ilgan chaqaloq me’dasining sekretor apparati tuzilishi va
faoliyat ko’rsatishi nuqtai nazaridan hali yetilmagan, bu apparat boshqarilishini
ta’minlovchi mexanizmlar to’la shakllanmagan bo’ladi. Bu holat shira tarkibida
o’z aksini topadi.
Endi tug’ilgan bola me’dasidan olingan suyuqlik neytral yoki kuchsiz
kislotali (pH 6,0 atrofida) bo’ladi. Keyingi 12 soat davomida me’dadagi pH
keskin pasayadi va 1,0-2,0 ni tashkil etadi. Birinchi haftaning oxirida kislotalilik
sezilarli
darajada kamayib, pH ko’rsatkichi 4,0-6,0 atrofida tebranib turadi.
Emizikli davrida me’da shirasining pH i 3,0-4,0 ga teng bo’ladi. Demak,
murg’ak bolalar me’dasida kislotalilik kattalarnikidan kam. Bu kislotali muhitni
xlorid kislota emas, sut kislotasi hosil qiladi. Chaqloqlarda xlorid kislota
sekretsiyasi nihoyatda oz. Bu sekretsiyani kuchli rag’batlantiruvchisi gistamin
ham jarayonga deyarli ta’sir qilmaydi. Bola uch oylik bo’lganida HCI
sekretsiyasi sal ko’payadi (22-jadval).
22-jadval
Dostları ilə paylaş: