Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDA MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVINING



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVINING
XUSUSIYATLARI
Organizmda moddalar almashinuvi ikkita jarayondan iborat. Bulardan biri –
assimilyatsiya, ya’ni tashqi muhitdan organizmga kiruvchi moddalarni
o’zlashtirish, oddiy kimyoviy birikmalardan murakkab birikmalarni hosil qilish,
tirik materiyani yaratish. Ikkinchisi – dissimilyatsiya, ya’ni tirik organizm
tarkibiga kiruvchi moddalarni parchalash. Organik birikmalarni sintezlash
jarayonlari
– anabolizm, parchalanish jarayonlari esa katabolizm, deb
nomlanadi. Homila va bolalik davri uchun o’sish sintezi deb nomlangan
jarayonlar xosdir. Ontogenezning bu davrlarida anabolik jarayonlar ustun
bo’ladi, musbat azot balansi kuzatiladi, organizmda erkin energiya to’planadi.
ENERGIYA ALMASHINUVI
Umumiy energiya almashinuvi organizmning asosiy hayotiy faoliyatlarini
ta’minlash uchun sarflanadigan energiya, ya’ni asosiya almashinuv va asosiy
almashinuvga qo’shimchalardan tashkil topadi. Oxirgilariga ovqatning o’ziga
xos dinamik ta’siri – ovqat yegandan so’ng moddalar almashinuvining ortishi,
ishchi qo’shimcha – ish bajarish, harakatlanish, bolalarda qichqirish va yig’lash
uchun sarflanadigan energiya kiradi. Bundan tashqari, bolalarda energiyaning
ko’p qismi o’sish jarayonlari uchun sarflanadi.
ASOSIY ALMASHINUV


Asosiy almashinuv – bu muskullarini bo’shashtirgan, komfort haroratdagi,
ovqatlangandan so’ng 14 soat vaqt o’tgach, uyg’oq odamning energiya sarfidir.
Har bir shaxsning asosiy almashinuv darajasi rivojlanish davomida qonuniy
ravishda o’zgaradi.
Chaqaloqlarda asosiy almashinuvni aniqlab bo’lmaydi. Agar energiya sarfini
bola ovqatlantirilgandan keyin 30-60 minut o’tgach, uyqu vaqtida, metabolik
jarayonlar eng past darajaga tushganida tekshirilsa, u asosiy almashinuvga yaqin
bo’ladi. Bola tug’ilgandan keyin birinchi kunning ikkinchi yarmidan boshlab
asosiy almashinuv ortadi. Bu bola organizmining bachadondagi harorat
muvozanati muhitidan harorati pastroq tashqi muhitga o’tishi bilan izohlanadi.
Asosiy almashinuv dastlab 1,5 yoshgacha ortadi, keyin esa uning pasayishi
kuzatiladi (23-jadval).
23-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin