Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDA AVTONOM NERV TIZIMINING



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA AVTONOM NERV TIZIMINING
XUSUSIYATLARI
Boshqaruv jarayonlari ontogenezning barcha bosqichlarida organizm
moslashishlarining optimal darajada bo’lishini va gomeostatik
dinamik
barqarorligini ta’minlashi zarur. Organizm qancha yosh bo’lsa, uning vegetativ
faoliyatlari somatik faoliyatlardan shuncha ustundir. Shu sababdan erta
ontogenezda avtonom nerv boshqaruvining ahamiyati juda katta.


Ma’lumki, avtonom nerv tizimi simpatik, parasimpatik va metasimpatik
qismlardan iborat bo’lib, hamma ichki a’zolarni, tomirlarni va ter bezlarini,
skelet muskullarini, retseptrolar va MNT ni nervlaydi.
Avtonom nerv tizimining simpatik qismi va organizmda tarqoq joylashgan
xromaffinn to’qimaning kelib chiqiqshi bir. Simpatik nerv tolalari o’zi
nervlaydigan tuzilmalarga qo’zg’alishni katexolaminlar yordamida o’tkazadi.
Xromaffinn hujayralar ham (masalan, buyrak usti bezining mag’iz qismi)
katexolaminlarni sintezlaydi. Katexolaminlarni biri ikkinchisining o’tmishdoshi
bo’lmish dofamin, noradrenalin va adrenalinlar tashkil qiladi.
Embrional kelib chiqishi va sintezlovchi moddalari bir bo’lgani uchun
simpatik tizimni va xromaffinn to’qimani yagona simpato-adrenal tizimga
birlashtiradilar.
Katexolaminlarning biologik suyuqliklardagi miqdoriga qarab, simpato-
adrenal tizimning faoliyat ko’rsatish darajasi to’g’risida axborot olish mumkin.
Chaqaloqlarda 
noradrenalin 
asosiy 
katexolamin 
hisoblanadi. 
Tana
massasining 1 kg ga hisoblaganda, chaqaloq va katta yoshdagi odam siydigidagi
katexolaminlar miqdori teng. Siydik bilan ajraladigan adrenalin va
noradrenalinning umumiy miqdori bola hayotining birinchi haftasi davomida 3-4
marta ortadi.
Yangi tug’ilgan kuchuk qonida katexolaminlar miqdori yetuk itlar
qonidagidan 7 marta ko’p bo’lib, ikki hafta davomida ortib boradi.
Bu ma’lumotlar erta ontogenezda gomeostaz boshqarilishida adrenergik
mexanizmlar ustun turadi, deyishga asos bo’ladi.
Chaqaloqlarda simpatik tugunlarda hijayralar adrenalindan tashqari,
noradrenalinga, atsetilxolinga, geksoniy hamda ezeringa sezgir. Ehtimol, bunday
polivalentlik erta ontogenezda neyronlar membranasi yuqori o’tkazuvchanlikka
ega bo’lishining natijasidir.
Hayvon hayotining birinchi kunlari avtonom nerv tizimi gangliylaridan
qo’zg’alish o’tishi jarayonida atsetilxolin emas, adrenalinsimon modda ajraladi.
O’sish davomida xolinergik mexanizmlarning ahamiyati ortadi va gangliydan
qo’zg’alishni o’tkazishda ular yetakchi bo’lib oladi. Gangliy neyronlarining
mediatorlarga sezgirligida polivalentlik yo’qoladi va ular atsetilxolin va
xolinomimetiklar ta’sirida qo’zg’alishga ixtisoslashadi.
Chaqaloqlik davrida aksariyat faoliyatlar simpatik tizim nazoratida bo’ladi.
Bu tizimning markazlari nervlaydigan a’zolarga tonik ta’sir o’tkazadi. Yurak
faoliyatining boshqarilishi bunga misoldir. Murg’ak bolalarda yurak urish
chastotasining yuqori bo’lishini simpatik markazlarning tonik ta’siri bilan
bog’laydilar. 
Markazlarning 
tonusini 
tonik 
faollikda 
bo’lgan 
skelet
muskullarining proprioretseptorlaridan kelgan afferent impulslar yuzaga
chiqaradi.
Parasimpatik markazlar, xususan adashgan nerv markazining tonusi kechroq
shakllanadi. Vagusning yurakka tonik ta’sirini bola 3-4 oylik bo’lganida yaqqol
ko’rish mumkin. Shu vaqtga kelib, yurak urish chastotasi ancha kamayadi.


Parasimpatik markazlar tonusi shakllanishida ekstero- va interoretseptrolardan
kelgan impulslar oqimining kuchayishi muhim. Bu jarayon bola 3-4 yoshga
to’lganida tugaydi.
Markazining tonusi yo’q bo’lsa ham, adashgan nervning yurak faoliyatini
reflektor boshqarishda ishtirok etishini juda erta aniqlash mumkin. Bola
tug’ilishi bilan Ashner refleksi yaqqol yuzaga chiqadi. Bu refleks adashgan nerv
markazi qo’zg’alishining natijasidir. Oldingi liqildoqqa bosish ham yurak urish
chastotasini keskin (1 daqiqada 150 dan 31 gacha) kamaytiradi.
Shuni aytish kerakki, avtonom nerv tizimining simpatik va parasimpatik
bo’limlari ontogenezda o’z faoliyatini bir butun tizim bo’lib emas, ma’lum
qismlarga bo’linib boshlaydi. Yurak faoliyati boshqarilishini birinchi bo’lib
simpatik tizim o’z nazoratiga olsa, hazm a’zolari faoliyatini boshqarishda
dastlab parasimpatik tizim ishga tushadi. Bola ko’krakdan ajratilganda, hazm
tizimi boshqarilishiga simpatik nervlar qo’shiladi.
Yuqorida chaqaloq hayotining birinchi haftasida katexolaminlarning siydik
tarkibida ajraladigan miqdori keskin ko’payishi to’g’risida so’z yuritilgan edi.
Simpato-adrenal 
tizim 
faollik 
darajasining 
ko’rsatkichi 
bo’lgan
katexolaminlarning qondagi va siydikdagi miqdori organizm stressga
uchraganida ko’payadi.
Tug’ilish vaqtida va tug’ilgandan keyin chaqaloq turli stressor ta’sirotlarga
uchraydi. Birinchi galda, bu – atrof muhit haroratining pastligi. Ona qornida
doimiy va nisbatan yuqori haroratda (37
0
C) bo’lgan homila, harorati 15-18
0
C
past bo’lgan xona sharoitiga o’tadi. Havo haroratining chaqaloqlar uchun
termoindifferent sohadan past bo’lgani fiziologok stressor ta’sir bo’lib, simpato-
adrenal tizimni rag’batlantiradi. Undan tashqari, haroratning nisbatan pastligi
reflektor yo’l bilan muskullar tonusini oshiradi. Tonusi ortgan muskullarning
proprioretseptorlaridan MNT ga o’tuvchi afferent impulslanishning kuchayishi
simpatik markazlar tonusini ko’taradi. Bu markazlar tonusining ortishi va
xromaffinn to’qimadan qonga katexolaminlarning ko’p miqdorda ajralishi
ontogenezning erta bosqichlarida gomeostazni boshqarishda adrenergik
mexanizmlar ustun bo’lishini ta’minlaydi.
Agar murg’ak hayvonlar oladigan stressor ta’sirotlar miqdori kamaytirilsa
(masalan, ular termoindifferent sharoitda o’stirilsa), gomeostazni boshqaruvchi
xolinergik mexanizmlar kuchayadi. Natijada o’sish va rivojlanish sezilarli
darajada sekinlashadi.
Ba’zan bolalar klinikasida kuzatiladigan gipotrofiya va gospitalizm
holatlarining sababi ham shunda. Bola yetarli miqdorda sifatli ovqat yesa ham,
yaxshi rivojlanmaydi, chunki uning atrofidagi fizikaviy va ijtimoiy muhit
adrenergik gomeostazni ta’minlay olmaydi.
Demak, erta yoshlikda bolalarni haddan tashqari avaylash, issiq-sovuq va
boshqa fiziologik stressorlar ta’siridan holi qilish ularning o’sishi va
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin