yoshdagi odamda moddalar almashinuvini 1% ga oshirsa, chaqaloqda 5 % ga
o’zgartiradi. Demak, kichik yoshdagi bolalarda kimyoviy termoregulyatsiya
katta yoshdagi odamga nisbatan ko’proq ahamiyatga ega.
Chaqaloqlarda fizikaviy termoregulyatsiyadan keyinroq ishga tushadigan
kimyoviy termoregulyatsiyaning ham o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyat
harakat bilan bog’liq bo’lmagan termogenezning salmoqli ekanligida. Bir
yoshgacha bo’lgan bolalarda harakat bilan bog’liq bo’lmagan termogenezning
jadalligini qo’ng’ir yog’ to’qimasi faoliyatining faolligi ta’minlaydi. Qo’ng’ir
yog’ni embrional, gormonal yog’ ham deyishadi. Chaqaloq tana massasining 2
% ini qo’ng’ir yog’ tashkil etadi. Bu yog’ hujayralarida mitoxondriyalar juda
ko’p. Efirlanmagan yog’ kislotalari manbai bo’lgan qo’ng’ir yog’ ayni vaqtda
ular oksidlanadigan va issiqlik hosil qiladigan muhim a’zodir. Qo’ng’ir yog’
chaqaloqning bo’yin va ensa sohasida, kuraklar oralig’ida va ichki a’zolar
atrofida joylashgan.
Murg’ak bola organizmiga sovuq ta’sir qilganida, titroqsiz termogenez
faollashadi va bu reaksiya bola 9-10 yashar bo’lgunicha saqlanib qoladi.
Kichik yoshdagi bolalarda termoregulyatsiyaning uyg’un emasligi boshqaruv
mexanizmlarining mekammal emasligi va bu jarayonni tashqi muhit omillariga
bog’liqligidadir.
Yakun yasab shuni aytish mumkinki, chaqaloqlarda haroratning boshqarilishi
katta yoshdagi odamlardagiga nusbatan sust. Shuni nazarda tutib, xonalarda
optimal harorat rejimini ta’minlash, shu bilan birga bolani kichikligidan
chiniqtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: