Keltirilgan ma’lumotlar ontogenezda buyrak morfologik va funksional
jihatdan boshqa a’zolarga nisbatan ertaroq rivojlanishini ko’rsatadi.
SIYDIK TARKIBI VA AJRALISHI
Siydik hosil qiluvchi mexanizmlarning takomillashishi, bir tomondan,
bolaning hayot tarzini o’zgarishlariga, ikkinchi tomondan, o’sish jarayonida
oxirgi siydik miqdori va tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Bunda siydik
ajratish tartibi ham o’zgaradi.
Siydik tarkibining asosiy o’zgarishlari osmotik konsentratsiyaning ortishi,
siydikchil, kreatinin, natriy xlor miqdorining 2-3 baravar ko’payishi, siydik
kislotasi, kaliy va fosfat tuzlari ajralishining kamayishidan iborat bo’ladi.
Olti oygacha bola kuniga 20-25 marta siysa, bir yoshdan keyin siydik
ajratishlar soni kamayadi va 3-5 yashar bolalar 10 marta, 10-12 yashar bolalar 5-
6 marta siyadi. Bola 2 yoshga to’lgandan keyin qovuqni bo’shatish ixtiyoriy
jarayonlar qatoriga o’tadi.
Dostları ilə paylaş: