Tibbiyot institutlari talabalari uchun


Tashxisot va tashxis ( Diagnostika. Diagnoz )



Yüklə 7,49 Mb.
səhifə4/43
tarix12.08.2023
ölçüsü7,49 Mb.
#139224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Tibbiyot institutlari talabalari uchun

Tashxisot va tashxis ( Diagnostika. Diagnoz )
Diagnostika (tashxis) ni rivojlanib borishi
Hozirgi tibbiyotda ko’plab yuqori informativ asbobiy va laborator tekshirish usullarini qo’llash tashxisni aniqligini oshirish bilan birga ko’p kasalliklarni kelib chiqishi sababi va mohiyatini keng va chuqur o’ylashga olib keladi, hamda hozirgi vrachlik qilish harakterini birmuncha o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Rentgenografiya va endoskopiya usulini qo’llash me’da – ichak kasalliklariga aniq va o’z vaqtida tashxis qo’yishga olib keldi. Yurakning ayrim kasalliklarini exiokardiografiya va angiokardiografiya yordamida katta aniqlikda tashxislash mumkin. O’pka va qorin bo’shlig’idagi o’smalarni kompyuter tomografiyada aniqlash mumkin. Jigar va buyrakni hayotiy morfologik tekshirishlar har hil turdagi gepatitlarni va nefritlarni aniqlash bilan birga ularni effektiv davolashga imkon beradi.
Klinik tajribalar shuni ko’rsatadiki, tekshirish usullari har qancha yangi usul bo’lmasin an’anaviy tekshirish usulisiz ularni natijalari kamdan-kam qo’llaniladi. Ko’pincha u so’rab-surishtirishga aloqador va u ba’zan diagnoz qo’yishda hal qiluvchi rol o’ynaydi, hamda ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish va eshitishdan iborat. Kasallik haqida fanni rivojlanib borishi hozirgi etapda, odamni kasalliklarini kelib chiqish me’xanizmlariga, tasnifiga, tashxisiga va davolashga boshqacha yo’nalishda qarash xususiyatiga ega bo’lib qoladi. Turmush sharoitini o’zgarishi, unga har hil tashqi muhit omillarini ta’sir etishi bir hil kasalliklarni paydo bo’lishiga yoki ko’payishiga, boshqa hil patologiyalarni kamayishiga olib kelmoqda. Aniq fanlarni imkoniyati va vujudga kelishi, avvalo genetika va molekulyar biologiya bemorlarni olib borish taktikasini optimal bo’lishiga imkon beradi.
Xozirgi kunda odam geni sirlarini ochilishi ularni ketma-ketligini aniqlanishi juda katta genetik baza vujudga kelganligidan dalolat beradi. Klinisistlarning ayrim genetik anomaliyadan kelib chiqadigan va siyrak uchraydigan kasalliklarni bilishlari amaliy ahamiyatga ega.

Davolashdagi yutuqlar


Klinisist uchun davolash muommosi hamma vaqt muhim bo’lib kelgan. Kundalik faoliyatimizda sistematik yuqori effektli davolash usullarini qo’llash juda ko’p kasalliklarni kechishini o’zgartirishga olib keldi. Ayrim dori preparatlarining yaratilishi fanning eng katta yutug’i hisoblanib, hatto Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Bu vitamin B12 – pernisioz kam qonlikni davolashga muvaffaq bo’lindi, penisillin va streptomisin juda ko’p infeksion kasalliklarni jumladan sil kasalligini ham natijalarini o’zgartirib yubordi. Ko’p dori preparatlarini paydo bo’lishi hozirgi kunda tez rivojlanib borayotgan tibbiyot mutahassislari – klinik farmakalogiyani keltirib chiqardi. Dori preparatlarini faol qo’llash bir tomondan asosiy kasallik rivojlanishini to’xtatsa, 2 chi tomondan u yangi patalogiyani keltirib chiqarib bemorlarni o’limiga sabab bo’lishi mumkinligi aniqlandi, ya’ni – yatrogen vrachlar faoliyati bilan bog’langan. Yatrogeniya keng ma’noda dori vositalarining nojo’ya ta’siri. Ko’p dori preparatlari ichki a’zolarga faqat zaharli ta’sir qilmay, balki immun o’zgarishlarga ham olib keladi.
Masalan, antibiotiklar millionlab bemorlarni hayotini saqlab qoldi, ammo shu bilan birga anafilaktik shokdan minglab kasallarni olib ketdi.
Hozirgi vrachlarimiz dori vositalarining nojo’ya ta’siri to’g’risida maksimal ahborotga ega bo’lishlari kerak, hamda o’z vaqtida nojo’ya ta’sir oldini olishga harakat qilishlari lozim.

Nospesifik dori sindromlari



  1. Harorat

  2. Teri sindromi – dermatit, qizilcha, pannikulit, tugunli eritema, tomir purpurasi

  3. Bo’g’im sindromi

  4. Gematologik sindrom – sitopeniya, agranulasitoz, kamqonlik

  5. Yakka a’zolarni shikastlanish – nefrit, surunkali aktiv gepatit, fibrozlanuvchi alveolit.

  6. Sistemali ko’rinish – SAB,ugunli periarteriit.




Yüklə 7,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin