Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Raxit sabablari. Patogenezi



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə129/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
Raxit sabablari. Patogenezi.

Raxit birinchi bo’lib XVII asrda Angliyada o’rganilgan. O’sha vaqtlarda uning sabablari aniq emas edi, lekin kasallikning paydo bo’lishigada insolyasiyaning yetishmasligi ahamiyatga egaligiga e'tibor berilgan. XX asrning 30-yillarida vitamin D topilgan. Shu vaqtda ultrabinafsha nurlanish sintezi terida yuzaga kelishi xam aniqlangan. Ko’p yillar mobaynida raxitning asosiy sababi vitamin D tanqisligi deb hisoblangan. Lekin oxirgi yillarda qonda vitamin D metabo’litlari konsentrasiyasini aniqlash imkoniyati paydo bo’lgandan song D gipovitaminozi raxit rivojlanishi sabablaridan faqat biri ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda raxitning yetakchi sababi fosfatlar va kalsiy tuzlarining yetishmasligi, lekin bunda gipokalsiemiyaga qaraganda gipofosfatemiya ko’proq uchrashi va katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.

Erta yoshdagi bolalarda fosfat va kalsiy tuzlarining tanqisligi sabablari quyidagilar:


  • Chala tuqilish (homilaga kalsiy va fosfor tushishi homiladorlikning oxirgi oylarida ko’payadi)

  • Noto’g’ri ovqatlantirish natijasida kalsiy va fosforni yetarli darajada organizmga tushmasligi

  • Intensiv o'sish davrida minerallarga bo’lgan talabning yuqoriligi (raxit - osayotgan organizm kasalligi)

  • Oshqozon - ichak trakti, buyrak, suyaklar orqali fosfor va kalsiy transportining buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi rivojlanmaganligidir.

  • Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, stronsiy toplanishi, temir, magniy tanqisligi)

  • Irsiy moyillik (misol uchun, ohil bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar ko’proq kasallanadi)

  • Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi funksiyasining buzilishi)

  • Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.

Vitamin Dning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayo’n. Vitamin Dning boshlang’ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi ergokalsiferrol (vitamin D2) va xolekalsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN ta'sirida ham hosil bo´ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin Dning oraliq metabo’lit shakl 25-gidroxolekalsiferrolga o’tishi bilan kechuvchi birinchi gidroksillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekalsiferrol birlamchi shakllarga qaraganda 1,5 - 2 marta faoldir. Keyin 25-gidroxolekalsiferrolning buyrakka transporti vujudga keladi, u yana gidroksillanishga uchraydi va 1,25-digidroxolekalsiferrol hamda 24-25-digidroxolekalsiferrol deb nomlanuvchi aktiv gormonga oxshash metabo’litga aylanadi. Ushbu metabo’litlar qalqonsimon bez gormonlari bilan fosfor-kalsiy almashinuvida ishtirok etadi.

Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funksiyasining tugma va orttirilgan buzilishi (turli xil malabsorbsiyalar), jigar, buyrak, vitamin D metabolizmining nasliy defekti xam axamiyatga ega. XX-asrning 80-yillarida qonda vitamin D metabo’litlarining aniqlanishi organizmning bu vitamin bilan haqiqiy ta'minlanishini aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan ayollarda, erta yoshdagi bolalarda raxitning turli xil klinik va bioximik belgilari bo’lishigaa qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo´ladi. Gipovitaminoz vitamin D ichgan yo’ki ichmagan bolalarda bir xilda uchraydi. Bundan tashqari, gipovitaminoz D xar doim ham fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi bilan kechmaydi. Klassik gipovitaminoz D qonda fosforni normal miqdori bilan kechadi, tipik raxit - bu gipofosfatemiya. Raxit bilan kasallangan bolalarning 15-20%da qonda vitamin D metabo’litlari pasayishi aniqlangan. Raxit bu kasallik emas, balki, o'tuvchi, chegaradosh, tanqislik holat - diatezdir. Raxitning "fiziologik asosi" bo’lib, bola hayotining birinchi yilida suyak to'qimasining 75-80% intensiv remodellashuvi va suyak tuzilishining elektrostatik boshqarilishini buzuvchi majburiy gipokineziya hisoblanadi.

Shuni ta'kidlash lozimki, qonda fosfor va kalsiy miqdorini ba'zi gormonlar ham boshqaradi.

Raxitda paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida fosfatlar reabsorbsiyasini kamaytiradi, bir vaqtning o’zida buyrakda vitamin D ning gidroksillanishini, ichakda kalsiy sorilishini va suyakdan kalsiy rezorbsiyasini kuchaytiradi va shu yo’l bilan gipokalsiemiyani bartaraf qiladi. Shuningdek qalqonsimon bez aktivligi o’zgarishi, chunki kalsitonin kalsiyning suyakka o’tishini va vitamin D ning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o’tishini kuchaytiradi.

Raxitning ishchi tasnifi 1988 yilda Ye.M.Lukyanova va xammualliflar tomonidan taklif qilingan.



Kasallik davri

Og’irlik darajasi

Kechishi

Boshlang’ich

I daraja - yengil

o’tkir

Avj olish

II daraja – o´rta

Rekonvalessensiya III daraja

og’ir

o’tkir osti

qoldiq belgilar


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin