Kasallikning avj olish davri
Kasallikni avj olgan davri bola hayo’tining birinchi yarim yilligi oxiriga to’g’ri keladi va asab tizimi, tayanch-harakat apparatining yanada kuchliroq o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Raxitning o’tkir kechishida yaqqol namoyo’n bo’luvchi osteomalyasiya jarayo’ni kalla yassi suyaklarining yumshoqlanishiga olib keladi (kraniotabes), keyinchalik, ko’p qo’llarda ensaning yassilanishi kuzatiladi. Ko’krak qafasining yumshashi va deformasiyalanishi korinadi: to’shning pastki qismi siqiladi ("etikdoz kokragi") yoki bo’rtib chiqadi ("tovuq ko’kragi"). Uzun naysimon suyaklarning O-simon (kam qo’llarda X-simon) qiyshiqligi kuzatiladi. Toraygan yassi raxitik tos shakllanadi. qovurg'alarning yumshoqligi natijasida diafragmaning birikkan chizigida chuqurcha hosil bo’ladi (xarrison egatchasi). Raxitning o’tkir osti kechishida ustunlik hiluvchi osteoid toqimalar giperplaziyasi, ensa va peshona domboqlari, kaft sohasida yogonlashish, qovurg'a-tog'ay birikkan joyida va qo’l barmoqlari falangalararo boqimlarida "bilakuzuklar", "raxit tasmalari", "munchoq iplari" bilan namoyon bo’ladi.
Uzun naysimon suyaklar rentgenogrammasida metafizlarning jomsimon kengayishi, dastlabki ohaklanish sohasining o'pirilishi va yaxshi korinmasligi
kuzatiladi.
Gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo´ladi.
Dostları ilə paylaş: |