Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


Raxitning kechishi va og’irlik darajasi



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə133/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226
Raxitning kechishi va og’irlik darajasi

Raxitning o’tkir kechishi uchun barcha simptomlarning tez rivojlanishi xarakterli, nevrologik buzilishlar yaqqol rivojlangan, aniq gipofosfatemiya, osteomalyasiya jarayoni ustunlik qiladi.

Raxitning o’tkir osti kechishida nevrologik buzilishlar qisman rivojlangan yo’ki unchalik rivojlanmagan, qonning bioximik tarkibi kam o’zgargan, osteoid giperplaziya jarayoni ustunlik qiladi.

Qaytalanuvchi (tolqinsimon) kechishida bolada faol raxitning klinik, laborator va rentgenologik belgilari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda raxitning qaytalanuvchi kechishining bo’lishiga gumon bo’lib hisoblanmoqda.



Raxit tashhisi

Tashqis kasallikning klinik manzarasiga asoslanib qo’yiladi va qonning bioximik tahlili bilan tasdiqlanadi (fosfor, kalsiy konsentrasiyasi va ishqoriy fosfataza faolligi aniqlanadi). Bu korsatgichlarning dinamikasi va nisbati kasallik davrini aniqlaydi.

Raxitda fosfor konsentrasiyasi 0,65 mmol/l gacha pasayishi mumkin (bolalarda normada bir yoshgacha 1,3-2,3 mmol/lga teng), kalsiy konsentrasiyasi 2-2,3 mmol/l (normada 2,5-2,7 mmol/lga teng). Ishqoriy fosfataza faolligi ko’tariladi.

Raxit uchun rentgenogrammada suyaklar o’zgarishi xarakterli: metafizar zonada epifiz va diafiz orasidagi yoriq ortadi; epifiz likopcha shaklida bo´ladi, suyaklanish yadrosi aniq korinmaydi, ohaklanish sohasi aniq emas, osteoporoz aniqlanadi.

Rekonvalessensiya davrida ohaklanish zonasi notekis qattiqlashishi natijasida shakli o’zgaradi. O’sish zonasidagi buzilishlar fosfor va kalsiy tanqislikligiga xarakterli. Gipovitaminoz Dda umumiy osteoporoz kuzatiladi.Qiyo’siy tashqis raxitga o'xshash kasalliklar bilan o’tkaziladi. Amaliyotda raxit MNSning perinatal zararlanishi bilan qiyosiy taqqoslanadi. Bundan tashqari ba'zi dori vositalari ko’p miqdorda qo’llanilganda, misol, glyukokortikoidlar (vitamin D antagonisti, kalsiy transportiga ta'sir qiladi), geparin (suyaklarda fosfor-kalsiy to'planishiga to’sqinlik qiladi, furosemid, fosfatlar, magniy, antasidlar - alyuminiy saqlovchi dorilar (gipokalsiemiyani chaqiradi) va boshqalar ikkilamchi raxitni bartaraf qilish kerak.


Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin