Segmentar pnevmoniya
O’choqli pnevmoniya bir yoki bir necha segmentni egallasa segmentar pnevmoniya deb ataladi.
Segmentar pnevmoniyaning uchta varianti aniqlangan.
Birinchi variantda kasallikning kechishi yaxshi tugaydi. Ko’pincha bu variant tashqis xam qilinmaydi, fokal o’zgarishlar bir necha kun saqlanadi, nafas etishmovchiligi, yo’tal, intoksikasiya bo’lmasligi ham mumkin. Tashqis rentgenologik tekshiruv ootkazilganda qo′oyiladi. Segmentar pnevmoniyaning ikkinchi variantida krupoz pnevmoniya klinik ko′rinishiga o′xshash bo´ladi, tosatdan boshlanadi, bezgak va kasallikning siklik kechishi kuzatiladi. Segmentar pnevmoniya belgilaridan biri qorinda, ko’krak qafasida og’riq hisoblanadi.
Uchinchi variantida segmentar soya birdan paydo bo’lmaydi, balki kasallikning birinchi va ikkinchi haftalarida paydo bo´ladi.
Klinik manzarasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ochoqli pnevmoniya klinikasiga oxshash bo´ladi, auskultasiyada sust vezikulyar yo’ki dagal
nafas eshitiladi, bronxofoniya kuchaygan, xirillashlar eshitilmaydi. O’pka to′qimasi qattiqlashuvi to’g’risida ma'lumot beruvchi o’pka tovushi hisqarishi aniq emas. Plevraning zararlanishi va atelektaz ko’p kuzatiladi. Abssess, destruksiya, cho’ziluvchan kechishiga moyillik yuqori bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |