Klinik ko’rinishi: Kasallik to’satdan ORIsiz, tana qaroratining 39-40?S gacha ko’tarilishi bilan boshlanadi, bosh og’rishi, umumiy holatning birdan o’zgarishi, yo’tal "zangsimon" balhamli bo´ladi, ko’krak qafasida og’riq. Prodromal davri bir necha soatgacha davom etadi. Ko’pgina bemorlar kasallikning boshlanish davrida o’ng yo’nbosh sohasida va kindik atrofidagi og’riqdan shikoyat qiladi. Pnevmoniyani bu turdagi kechishi ong o’pkaning pastki bo’lagidagi zararlanishda kuzatiladi va vissero-visseral refleks bilan bog’liq. Bolada hansirash, tomir urishi kuchayishi, tana harorati ko’tarilishi, ko’krak qafasining bir tomoni nafas olishda orqada qolishi kuzatiladi, qorin ekskursiyasi erkin bo’ladi, qorin devori tarangligi bo’lmaydi, bu esa shifokorga to’g’ri yol ko’rsatadi.
Ba'zi maktabgacha bolalarda kasallikning boshlanishida yuqori tana harorati, bosh og’rishi, qusishdan tashqari, alahlash, ensa mushaklari tarangligi, klonik talvasalar kuzatiladi, bu belgilar meningitni klinik ko′rinishini eslatadi. Pnevmoniyaning bu kechishi patologik jarayonni o′ng o’pkaning yuqori bo’lagida joylashganida kuzatiladi.
Bemor ko’rilganda, bosh miya tormozlanishi, teri rangining oqarishi, yonoqlarning qizarishi, ko’zlarining yaltiroqligi, lablari quruq, lablarida va burun qanotlarida gerpes, hansirash, nafas olishda yo’rdamchi mushaklarning ishtirok etishi kuzatiladi. Pnevmoniyaning boshlanish davrida omrov usti chuqurchasi cho′kkanga o′xshaydi, yelka oldinga va yon tomonga chiqqan bo´ladi.
Tekshirib ko’rilganda ko’krak qafasining bir tomoni nafas olishda orqada qoladi va o’pkaning pastki qirralari harakati chegaralangan bo´ladi, ovoz titrashi pasaygan, bronxofoniya kuchaygan, terisi kerishgan, zararlangan o’choq ustida qisqargan timpanik tovush aniqlanadi. Kasallikning birinchi soatlarida nafas olish o’zgaradi, qisqa va og’riqli yo′tal, shilamshiq, oynasimon balham ajralishi bilan xarakterlanadi. Bola chuqur nafas olganda yon tomonda og’riq sezadi. Keyinchalik tana qarorati yuqori darajada ushlanadi, yo′tal kuchayadi, azobli va ogriqli bo´ladi, hansirash kuchayadi, sianoz, yuz va lablar shishi aniqlanadi. 2-3 kundan keyin fizikal tekshirilganda bronxial nafas, perkutor tovush hisqarishi, doimiy bo’lmagan mayin krepitasiyalovchi xirillashlar aniqlanadi. Ba'zida xirillashlar keyinroq eshitiladi.
Krupoz pnevmoniya avj olgan davrida o’pkadan tashqaridagi o’zgarishlar ham kuzatiladi: yurak qon-tomir tizimi (yurak tonlari bog’iqligi, yurak nisbiy chegarasi kengaygan, mayin sistolik shovqin, tomir tonusi pasayishi - gipotenziya); asab tizimi (uyqusizlik, bosh og’rishi, pay va teri reflekslari o’zgarishi); jigarda (kattalashish va og’riq), laborator tekshirishda - zararsizlantirish funksiyasi buzilishi); buyrakda (unchalik katta bo’lmagan albuminuriya, ba'zida eritrosituriya va silinduriya).Klinik qon tahlilida leykositoz, neytrofilez, formulaning chapga siljishi, EChT ortishi kuzatiladi. Rentgenda bolakli o’choqli soyalar aniqlanadi. Kechishi. Bolalarda kasallikning davomiyligi o’tkazilgan terapiya va organizmning reaktivligiga bog’liq. Bemor holati asta-sekin yaxshilanadi, yotal nam bola boshlaydi, ammo kattalarga xos bo’lgan "zangsimon" balhamli yotal bolalarda kam uchraydi. Kasallikning boshida eshitilgan krepitasiyalovchi xirillashlar (crepitatio indux) yo’qoladii, keyin pnevmoniyani tuzalish davrida (crepitatio redux) eshitiladi. Krupoz pnevmoniya atipik kechishi mumkin, yaqqol rivojlanmagan asosiy klinik simptomlari yoki jarayonni ikki tomonlama rivojlanishi bilan kechadi. Kattalarda va bolalarda so’nggi yillarda antibiotiklar bilan erta davolash natijasida klassik krupoz pnevmoniya kam uchramoqda.
Oqibati. Krupoz pnevmoniyada erta boshlangan davoda oqibati yaxshi tugaydi.
Dostları ilə paylaş: |