Tayanch so’zlar Tiflopedagogika- grekcha typlos so’zidan olingan bo’lib, ko’r va pedagogika ma’nolarini anglatadi
Brayl yozuvi-ko’zi ojizlar tomonidan qo’llanuvchi nutq shakli
Dars-o’qitishning vazifalari,maqsadi,mazmunini,nizom va metodlarini o’zida mujassamlovchi o’quv jarayonining asosiy shakli
Darsning turlari-ma’lum bir darslar guruhiga mos bo’lgan belgilar yig’indisi Metod-yunoncha so’zdan olingan bo’lib,yo’l,ahloq,usul ma’nolarini anglatadi
Metodika-biror ishnimaqsadga muvofiq o’tkazish metodlari,yo’llari majmuasi
Dars-o’qitishning vazifalari,maqsadi,mazmunini,nizom va metodlarini o’zida mujassamlovchi o’quv jarayonining asosiy shakli
Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma va keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin. Tug‘ma ko‘rlik homilaning ona qornidagi vaqtida bo‘lgan kasalliklar va shikastlanish oqibatida paydo bo‘lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining nasldan- naslga irsiy o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkin. Odatda qiyinchilik paydo bo‘lgan ko‘rlik ko‘ruv organlarining kasallanishi oqibatida – to‘r parda , shox parda markaziy nerv sistemasining kasalliklari (meningit, miyadagi shish, meningoensefalit) organizmning umumiy kasallanishi oqibatida ( qizamiq, gripp) miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlari rivojlanuvchi va turg‘un turlari mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv nuqsonida patologik jarayonlarning ta’sirida ko‘ruv jarayonining doimiy ravishda yomonlashuvi ro‘y beradi. Masalan, glaukomada ko‘zning ichki bosimi ko‘tarilib ketadi va ko‘z to‘qimalarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sanitar – gigienik normalarga rioya qilinmaganda ( o‘quv va yozuvda) ko‘zning yaqindan ko‘rishi va uzoqdan ko‘rishi sodir bo‘ladi.
Astigmatizm, katarakta singari kasalliklarni ko‘ruv analizatorining turg‘un nuqsonlariga kiradi. Bunday nuqsonlar ba’zibir kasalliklar yoki ko‘z operatsiyalari oqibatida bo‘lishi mumkin. Demak, bolalarda ko‘ruv analizatorining buzilishi homiladorlik vaqtida yoki tug‘ilgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bolalarda ko‘r tug‘ulganlar, juda erta ko‘rmay qolganlar va 3 yoshdan keyin ko‘rmay qolganlar guruhiga ajratish mumkin. Bunday differensialash shunga asoslanadiki, bolaning keyingi rivojlanishi uchun bolaning qaysi yoshdan ko‘rmay qolgani juda katta ahamiyatga ega. Masalan, tug‘ma ko‘rlar xotirasida har xil obrazli tasavvurlar umuman bo‘lmaydi, lekin keyinchalik ko‘rmay qolganlarda obrazli tasavvurlar qandaydir hajmda qisman saqlanadi. Bolaning psixik va jismoniy rivojlanishida ko‘rish nuqsonining boshlanish ya’ni yuzaga kelish muddati muhim ahamiyatga ega. Ko‘rmaslik qancha erta boshlangan bo‘lsa, ikkilamchi nuqsonlar psixofizik xususiyatlar ko‘proq namoyon bo‘ladi. Tug‘ma ko‘rlarning psixik rivojlanishi sog‘lom bolalarga o‘xshash bo‘ladi, lekin ko‘ruv orientirovkasining yo‘qligi ko‘proq harakatlanish doirasida , turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Ko‘rlar uchun tovush signallari o‘ziga xos mo‘ljal o‘rnini egallaydi, ko‘radigan bolalar uchun ham tovushlar muhim rol o‘ynaydi, ammo ko‘rlar uchun tovush signallari mo‘ljal olish uchun asosiy faktor hisoblanadi.
Ko‘rish qobiliyatining yo‘qotilishi bolalarda o‘ziga xos harakter, emotsional iroda doirasida sezgi tajribalarini shakllantiradi. Tug‘ma ko‘r bolalarda oliy bilish jarayonlarining rivojlanishi ( qiziquvchanlik, mantiqiy fikrlash ,xotira, nutq ) normal holatida bo‘ladi. Shuning bilan birga sezgi va intellektual funksiyalar o‘zaro aloqadorligining buzilishi o‘ziga xos fikrlash faoliyatidan mavhum fikrlash faoliyatining rivojlanishi ustunligida namoyon bo‘ladi.
Kech ko‘r bo‘lgan bolalarni tug‘ma ko‘r bolalardan ajralib turishi ko‘ruv jarayonini yo‘qotgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Bola ko‘rish jarayonini qancha kech yo‘qotsa, unda shunchalik ko‘proq ko‘ruv tasavvurlari ko‘proq bo‘ladi va ularni so‘z ifodalarida qaytadan tiklash mumkin. Agar ko‘ruv xotiralarini rivojlantirilmasa asta-sekin ko‘ruv obrazlarining xotiradan yo‘qolib ketishi mumkin.
Ko‘r bolalar yuqori darajada psixofizik rivojlanishga va bolani o‘rab turgan dunyoni to‘liq bilishga bolada saqlanib qolgan analiz qilish tizimiga suyangan holda barcha imkoniyatlarga egadir. Maxsus ta’lim sharoitida, eshituv, teri, hid bilish, vibratsion va boshqa psixik jarayonlarning sensor analizatorlari rivojlanishi asoslarini rivojlantirishning o‘ziga xos usullari shakllanadi. Natijada idrok etishni kompensatsiyalashni, ya’ni bilim protsessi olib formalarini rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi.
Zaif ko‘ruvchilar orasida ranglarni farqlash funksiyalari buzilgan, ko‘ruvning kontrakt sezgirli еtarli bo‘lmagan shaxslar ko‘p uchraydi, ranglarni idrok eta olmaslik patalogiyasining tug‘ma formalari ham uchraydi.
Ko‘zni harakatlantirish funksiyalarining buzilishi narsalarni idrok eti shva ularni tasvirlashga ta’sir o‘tkazadi, ko‘z nigohini ma’lum bir nuqtada ushlab turishga halaqit beradi, dinamik o‘zgarishlarni, chiziqli va shartli kattaliklarni baholashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Shuning uchun korreksion ishlar hodisalar va predmetlarning kuzatishning maxsus usullaridan foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u eshituv, ta’m bilish, hid bilishga asoslangan bo‘lib, u bolalarda real hayotning murakkab sintetik obrazlarni yaratish imkonini beradi.
Zaif ko‘ruvchilardagi saqlanib qolgan ko‘ruv ularning rivojlanishiga, o‘quv, mehnat va ijtimoiy adaptatsiyaga (moslashuviga) muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni avaylab-asrash zarur, buning uchun muntazam tashxis qo‘yish, ko‘z shifokorida davriy konsultatsiya o‘tkazish, tiflopedagogda va psixologda konsultatsiyalar o‘tkazish zarur.
Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarda ularni o‘rab turgan dunyoni idrok eti shva bilishda teri orqali bilish muhim ahamiyatga ega. Taktil idrok etish har xil kompleks sezgilar (qo‘l tekizish, bosim, issiqlik, sovuqlik, og‘riq, materialning fakturasi va boshqalar) orqali ta’minlanadi va bular orqali narsalarning shakllari, o‘lchamlari va har xil proporsional aloqalar aniqlanadi. Ter iva shilimshiq qavatdagi nerv qoldig‘lari tomonidan qabul qilingan har xil sezgilar bosh miya qobig‘ining qo‘l va barmoqlar ishi bilan bog‘liq bo‘limiga yuboriladi. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar xudi shunday qo‘llari va bormoqlari bilan “ko‘rishga” o‘rganadilar.
Shu sababli ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar ta’lim va tarbiya protsessida differensiyaga mashqlar o‘tkaziladi- narsalarning harakterlarini tovush yordamida farqlanadi va bohalanadi, murakkab tovush maydonini analiz va boholash, tovush signallari aniq bir narsalarga, moslamalarga, mexanizmlarga va bu ularda yuz berayotgan protsesslarning yuzaga chiqishidan bo‘ladi.
Ko‘ruv jarayoni buzilgan shaxslarning har xil faoliyat turlarini muvaffaqiyatli egallash (predmetli, o‘yin, mehnat, o‘qish) ko‘rgazmali qurollar bilan yuqori darajada ta’minlanish va rivojlantirish, fazoviy fikrlash fazoviy mo‘ljalga olishni egallash bilan bog‘liq. Fazoviy orientirovka fazoda (maydonda) erkin harakatlanishning muhim qismidir.
Shunday qilib, ko‘rishda nuqsoni bor bolalarni ikki guruhga ajratish mumkin.
1.Ko‘rlar.
2. Zaif ko‘ruvchilar.
Ko‘rlar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi.
Tetal ko‘rlar. 0 ko‘rish o‘tkirligi.
Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0,005 gacha
Kelib chiqish sababiga ko‘ra
1.Tug‘ma ko‘rlar.
2. Orttirilgan ko‘rlar.
Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha turga bo‘linadi.
0,05dan 0,1 gacha
0,1dan 0,2 gacha
0,2 dan yuqori 0,4gacha
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda birlamchi nuqsonlar patologiyasi yuzaga keladi: ko‘rish o‘tkirligi, rang ajratish, ko‘rish maydoni, yorug‘likni sezish va hakozo.