Tiflopedagogika fanining predmeti maqsadi va vazifalari
Reja:
Tiflopedagogika – pedagogik fan sifatida
Tiflopedagogika fanining maqsad va vazifalari
Tiflopedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi uch bosqichdan ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir.
Tiflopedagogika (grekcha typlos so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘r va pedagogika ma’nolarini anglatadi) ko‘rish jarayoni chuqur buzilgan shaxslarni tarbiyalash va o‘qitish muommolarini ishlab chiqaruvchi defektologiya bo‘limi hisoblanadi. U umumiy pedagogikaning pedagogikaning qismi va defektologiyaning bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Umumiy pedagogikaning bo‘limi sifatida dilalektik falsafa , insonparvar tamoyillari asosida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalar rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillarda rivojlanadi. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumoti sanaladi.
Zamonaviy tiflopedagogika rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalarini tugatish va oldini olish yo‘llarini buzilgan funksiyalarni kompensatsiyalash mexanizmlari va shartlari turli yoshdagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish, ularni o‘qitishni nisbatan yuqori pag‘onaga ko‘tarish, ushbu toifa shaxslarni kelgusi hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga muvoffiq, bo‘lishlari muhim. Buning uchun bir qator metodlardan foydalaniladi.
1. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish.
Tiflopedagogikaning muommolaridan biri adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashdir.
Tiflopedagogikadan maxsus adabiyotlar (darsliklar, maqola to‘plamlari, metodika va h.k )
Yangiliklar bilan bilan tanisha borish (ilmiy jurnallardagi maqola)
Maxsus adabiyotlardagi zamonaviy adabiyotlarni o‘rganish. (defektologiya lug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi va h.k)
Tiflopedagogik muassasalarning ishlari (ma’ruzalari, hisobotlar va h.k)
Tiflopedagoglarning adabiyotlar bilan ishlashi, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qtish, tarbiyalash rivojlanish davrlarini o‘rganishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |